Diqqatsizlik hodisasi va chegaradagi diqqat



Yüklə 5,62 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü5,62 Kb.
#199479
Diqqatsizlik hodisasi va chegaradagi diqqat

Diqqatsizlik hodisasi va chegaradagi diqqat.

Bajardi:9-1PSS-20 guruh talabasi Qodirova Begoyim.

Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikmi jamlay olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy tebranishlarga moyilligini ko’rsatdi. Bunday tebranishlaming davrlari N.N. Lange bo’yicha, odatda, 2-3 soniyaga, ortig’i bilan esa 12 soniyaga teng bo’ladi. Masalan, agar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikmi jamlaydigan bo’lsak, u holda u bir eshitiladi, bir eshitilmay qoladi. Diqqat tebranishi qonunga asoslangan bo’lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo’lib ko’rinadi (8.1 rasm). Hozirda diqqat barqarorligining ahamiyatli sharti bo’lib, u jamlangan jismning yangi tomonlari va aloqalarini ochib berish imkoniyati xizmat qilishi isbotlandi. Diqqat barqarorligini o’lchash uchun alohida harflaming tartibsiz ketma-ketligidan iborat Burdon jadvalidan foydalaniladi, bunda qaytariladigan harflar soni har birsatrdabirxildabo’ladi.

Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko’ra, diqqatni jamlash bosh miya po’stlog’idagi kuchli qo’zg’alish o’chog’i faoliyatining xususiyati bilan bog’liq. Diqqatning chalg’ishi - bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz o’tkazilishi. CHalg’ish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin. Diqqatni ko’proq to’satdan paydo bo’ladigan, o’zgaruvchan kuch va chastota bilan ta’sir ko’rsatadigan jism va hodisalar chalg’itadi. Diqqatning ichki chalig'ishi kuchli kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg’ul ! 8 1 bo’lgan ishiga qiziqish va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo bo’ladi. Chalg’ituvchi ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati to’siqlarga moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to’siqlarga qarshilik ko’rsatishni oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko’plab individual tafovutlar kuzatiladi

Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o’zida bir necha faoliyatlami bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko’ra, odam ongli psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o’zida bir nechtasini bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga o’tish oqibatida yuzaga keladi. Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo’lishi mumkin), murakkabligiga (ruhiy zo’riqishni talab etuvchi darajaga), ma’lumligi va odatiyligi darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) bog’liqdir. Diqqat taqsimlanishini o’rganish maqsadida SHulte (qizil-qora rangli jadvallar)jadvallariqo’llaniladi.

Diqqatning bo’linishi - bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va anglangan holda o’tkazish. Bo’linish bilan ikki turli yo’nalishga ega bo’lgan jarayonlar bog’liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib q o ’y ish . Bo’linish ixtiyoriy bo’lishi mumkin, u holda uning tezligi - bu sub’ektning o’zining idrok qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko’rsatkichi, va diqqatning bo’linishi bilan bog’liq ixtiyorsiz bo’lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilaming paydo bo’lishidan dalolat beradi. Bo’linishning samaradorligi awalgi va keyingi faoliyatni bajarish xususiyatlariga bog’liq bo’ladi (bo’linish ko’rsatkichlari yengil faoliyatdan og’ir faoliyatga o’tishda ancha kamayadi, aksincha bo’lganida esa, oshib ketadi). Bo’linish natijasi insonning awalgi faoliyatga bo’lgan munosabati bilan bog’liq: awalgi faoliyat qanchalik qiziqarli va keyingisi unchalik qiziqish uyg’otmagan bo’lsa, diqqatning bo’linishi shunchalik qiyinroq kechadi. Bo’linishda asab tizimir.ing xususiyatlari, xususan, asab jarayonlarining qo’zg’aluvchanligi tomonidan belgilangan individual tafovutlar mavjud.


Yüklə 5,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin