Birlashish –bu boshlanishdir



Yüklə 2,2 Mb.
tarix23.10.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#159976
muvozanat 2


Qashqadaryo viloyati Muborak tumani
22-maktabning biologiya fani o’qituvchisi
Soibova Nargiza Jo’rayevnaning
8-sinf odam va uning salomatligi fanidan
Muvozanat saqlash,muskul sezish va
tuyg’u organlari” mavzusida 1 soatlik
Dars taqdimoti.
Birlashish –bu boshlanishdir.
Ajralmas bo’lib qolish –bu yuksalishdir.
Birdamlikda ishlash –bu muvaffaqiyatdir!!
Genri Ford.
O’tgan mavzu:
Eshitish organlarining tuzilishi,eshitish gigiyenasi.
55-&.165-168-betlar.
1.Nima sababdan ba’zan qulog’i og’irlashib qolgan keksalar suhbatdoshini yaxshiroq eshitish uchun kaftini quloq suprasiga yaqin tutib turishadi?
Quloq suprasi tovush to’lqinlarini kuchaytiradi va eshitish yo’liga yo’naltirib beradi,qo’l kafti quloq suprasi sathining kengayishiga yordam beradi,ovoz yaxshiroq eshitiladi.
2.Biz ko’zimizni yumib, tovush chiqayotgan manbani aniq aytib bera olamiz. Eshitish analizatori tuzilishi va funksiyasining qaysi xususiyatlari tovush manbasini to’g’ri aniqlashga yordam beradi?
Tovush to’lqinlarini ichki quloq retseptorlari nerv impulslariga aylantiradi,impulslar eshitish nervlari orqali bosh miya yarim sharlarining chakka qismida joylashgan eshitish markaziga boradi.Bu yerda tovush xususiyati kuchi,balandligi,manbasi ham tahlil qilinadi.
Quloq nog’ora pardasini shikastlanmaganligini aniqlash.Ba’zan o’rta quloqning yallig’lanishi yoki ehtiyotsizlik tufayli nog’ora pardada kichik teshik paydo bo’lishi tufayli eshitish pasayishi mumkin.Buni aniqlash uchun quyidagilarni bajaring rasmni diqqat bilan ko’zdan kechirib,eshitish nayini,quloq suprasi,nog’ora parda,eshitish suyakchalari,yarim doira kanallarni toping.O’rta quloq bo’shlig’i eshitish nayi orqali halqum bilan tutashganligiga ishonch hosil qiling.Halqum va eshitish nayi orqali o’tadigan havo o’rta quloq bo’shlig’idagi bosimni tashqi atmosfera bosimi bilan tenglashtirib turadi.
Quloq suprasi
Tashqi eshitish yo’li
Eshitish suyakchalari
Yarim doira kanalchalar
Chig’anoq
Eshitish nervlari
Nog’ora parda
Eshitish nayi
Yangi mavzu:
Muvozanat saqlash,muskul sezish va tuyg’u organlari
56-& 168-170-betlar
Muvozanat organi
Muskul sezgisi
Tuyg’u,teri sezish
R
E
J
A
Muvozanat organi,ya’ni vestibular apparat tananing fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash vazifasini bajaradi.
Vestibulyar apparat ichki quloqda joylashgan.
U 2 ta ovalsimon xaltacha va3 ta halqasimon naychalardan iborat.
Yarim aylana kanallar
Ovalsimon xaltacha
Yumaloq xaltacha
Chig’anoq
Muvozanat apparatining joylashishi va tuzilishi.
Muvozanat apparatining joylashishi va tuzilishi.
Vestibulyar analizator xaltachalar va naychalar ichida suyuqlik va retseptorlar joylashgan.Xaltachalarda otolitlar-muvozanat toshchalari bo’ladi.
Odam harakatlanganida yoki boshini burganida xaltacha va naychalar ichidagi suyuqlik hamda otolitlar holati o’zgarib,retseptorlarda qo’zg’alish paydo bo’ladi.Yarim doira naylar aylanma harakatga sezgir bo’ladi.Nerv impulslari vestibulyar nervlar va miya ko’prigi orqali miyachaga va yarimsharlar po’stlog’iga uzatiladi.
Vestibular apparat sezuvchi retseptorlari ,suyuqlik,va otolitlarining joylashishi.
Vestibular analizator zararlansa
O’zini noxush sezadi
Ko’ngil aynishi
Bosh aylanishi
Yurak tez urishi
Ko’zi tinadi
Hushini yo’qotadi
Muskul sezish.
Muskullar ,paylar ,bo’g;imlarda maxsus retseptorlar joylashgan.Bu retseptorlardan bir xillari muskullar qisqarganda,boshqalari esa muskullar bo’shashganida qo’zg’aladi.
Qo’zg’alish nerv impulslari holatida sezuvchi nervlar orqali bosh miyaning harakat markaziga boradi.U yerda sodir bo’lgan refleks ta’sirida harakat sodir bo’ladi.
Muskul va paylardagi sezgi yashirin sezgi deyiladi.Ular tufayli odam ishonch bilan qadam tashlaydi,ko’zi yumuq holda qo’li bilan aniq harakatlar qiladi.
Lekin muskul va paylarning sezuvchanligini odam payqamaydi.
Tuyg’u, ya’ni teri sezish.
Tuyg’u orqali odam tashqi muhitning organizmga ta’sirini his etadi.Tuyg’u retseptorlari terida joylashgan.
Retseptorlar ayniqsa barmoq uchi,kaft va tilda joylashgan.
Bu retseptorlar orqali odam issiq,sovuq,og’riqni his qiladi.Tuyg’u tufayli ko’z yumuq holda ham buyumlarning og’irligi,katta,kichikligini sezadi.
Teriga biron o’tkir narsa tekkanida bosim ta’sirida unda egilish yuz beradi.Egilish ta’sirida retseptorlarda paydo bo’lgan nerv signallari bosh miyaning teri sezish markaziga uzatiladi.Nerv markazida paydo bo’lgan og’riq ta’sirida muskullarning qisqarishi tufayli odam og’rigan organini tortib oladi.
Og’riq retseptorlari organizmga ziyon keltirishi mumkin bo’lgan har qanday ta’sirga nisbatan nerv impulslarini hosil qiladi.Og’riq kishi e’tiborini bo’lajak xavf-xatarga yashin tezligida jalb qiladi.Sovuq va issiqni sezadigan retseptorlar teri va shilliq pardada joylashgan.Ular tashqi muhit harorati ta’sirida qo’zg’aladi.Bu retseptorlar tana haroratini boshqarishds muhim ahamiyatga ega .
Topshiriqlarga javob bering
Muvozanat organi qayerda joylashgan?
Vestibular apparatning vazifasi qanday?
“Dengiz kasalligi”nima sababdan yuzaga keladi?
Otolitlar nima,qayerda joylashgan?
Vestibular markaz qayerda joylashgan?
Muskul sezgi impulslari bosh miyaning qaysi qismiga boradi?
Tuyg’u retseptorlari qayerda joylashgan?
Og’riqning hayotimizdagi ahamiyati haqida so’zlang.
Uyga vazifa:
” Muvozanat saqlash,muskul sezish va tuyg’u organlari” mavzusini oqib o’rganish savollarga javob yozish.”O’ylab javob bering’’bo’limi savollarini o’ylab ko’ring.
Rasmlarni chizish.
168-171-betlar.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin