Biosfera resurslari va undan oqilona foydalanish
Reja:
Biosfera haqida tushuncha.
Biosferada hayotning taqsimlanishi.
Tirik modda.
Tabiatda moddalarning aylanishi.
1.Suvning tabiatda aylanishi.
2.Uglerod elementining tabiatda aylanishi.
3.Azotning tabiatda aylanishi.
1.Biosfera haqida tushuncha.
Erda hayot paydo bo’lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida u rivojlanib kelmoqda. Erning tirik organizmlar va biogen cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik Vernandskiy V.I (1920) Biosfera (grekcha – “bios” – hayot, “sfera”- shar) deb nomlagan.Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig’i hisoblanib, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuasini tashkil qiladi. Biosferaga faqatgina erning qobig’ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmasdan balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo’lgan litosferaning yuqori qismi ham kiradi.
2.Biosferada hayotning taqsimlanishi.
Biosfera o’z ichiga atmosferaning qo’yi qatlamlari, ya’ni troposferaning (10-15 km) gacha balandlikkacha faol hayot mavjud bo’lgan, ba’xi 20 km balandlikdagi strata-sfera qatlamida tinim holidagi organizmlarning chang donachalari va boshqalar uchrashi mumkin. Hamda suv qobig’i gidrosferani oladi. Erning yuzasi qattiq qobiq-litosferadan iborat bo’lib, uning qalinligi odatda 30ғ60, ba’zan 100-200 m va undan ham ortishi mumkin. Hayot belgilar ushbu chuqurlikdan pastda uchrashiga tasodifiy hol deb qarash mumkin. Keyingi yillarda shunisi ma’lumki, 4500 m chuqurlikdagi neftni haydovchi suvlarda mikroorganizmlar uchrashi kuzatilgan.
Atmosfera qatlamida esa hayot chegaralari 25-40 kmni tashkil qiladi. Biosferaning ostida qalinligi 5-6 kmgacha boradigan chukindi tog’ jinslaridan iborat atmosfera qatlami yotadi. Uning hosil bo’lishida tirik organizmlarning roli katta. Chukindi tog’ jinslari gidrosferada hosil bolib, uning kelib chiqishida ham tirik organizmlar, suv, shamol muhim omillardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |