Reja: Biosfera haqida tushuncha. Biosferada hayotning taqsimlanishi. Tirik modda. Tabiatda moddalarning aylanishi. Suvning tabiatda aylanishi. Uglerod elementining tabiatda aylanishi. Azotning tabiatda aylanishi. Biosfera haqida tushuncha



Yüklə 23,72 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü23,72 Kb.
#169642
1   2   3   4   5
Biosfera resurslari va undan oqilona foydalanish

3.Tirik modda.

Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan.


Organizmlar tirik massasining 99,9% i 14 ta ximiyaviy element tashkil qiladi va er sharining tuzilishini tarkibini ham 98,9% i shu elementlarga to’g’ri keladi. Shunday qilib hayot bu er sharining ximiyaviy ishlab chiqarish mahsuludur. Tirik organizmlarda Mendeleev davriy sistemasidagi barcha elementlar uchraydi.
Tirik moddalar bir tekis tarqalgan joylar, suv qatlami-litosfera va troposferalar chegarasi, ya’ni tuproq va uning qatlamidagi o’simlik ildizlari, zamburug’lar, mikroorganizmlar, tuproqda hayot kechiruvchi boshqa organizmlar, shuningdek troposferaning tuproq yuzasidagi qismi, joylashgan qatlam hisoblanadi. Bu erda o’simliklarning sporalari, chang donachalari va urug’larning asosiy massasi ham uchib yuradi. Ushbu qatlam fitosfera deb yuritiladi va biosferada energiya to’plovchi organizmlar asosan o’simliklar hisoblanadi.
Biosfera uchun faqat tirik moddaning bo’lishi harakterli bo’lib qolmay, balki u qo’yidagi xususiyatlarga ham ega bo’ladi: suvning bo’lishi (suyuq holatda), juda ko’p miqdordagi quyosh nurlari oqimining tushishi: biosfera moddalarining uch agregat holatida bo’lgan chegarada ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon fazalarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham biosfera uchun uzluksiz holatdagi moddalar va energiya aylanishi harakterlidir. Bundan tirik moddalar faol ishtirok etadi.
Boisferadagi tirik moddalar miqdori haqida aniq ma’lumotlar bo’lmasa, ham ularda o’simliklar biomassasi hayvonlarnikidan bir necha marta oshiq ekanligi haqida ma’lumotlar bor. I.A.Suetovaning ma’lumotlariga ko’ra quruqlikdagi tirik modda 6,4 1018 g, okeanda esa 29,9 1015 gni tashkil etadi. Hayvonlarniki 0,006 1018 gni.Atmosferaning yuqori chegaralarida quyosh energiyasining o’rtacha oqimi sutkasida 7000 kkalg’sm kv. Ni tashkil etadi. Bizni planetamizga ko’zga ko’rinadigan nurlardan yiliga 55 kkalg;sm kv. Kaliy tushadi va organizmlar tomonidan o’zlashtiriladi. Biosferadagi mahsuldorlik yashil o’simliklar va qisman ximosentizlovchi bakteriyalar hisobiga mahsuldorlik 1,7 1017 gni tashkil etadi.



Yüklə 23,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin