Kirish asosiy qism orol fojeasining tuproq qatlamiga ta’siri



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/4
tarix16.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#131299
  1   2   3   4
KURS ISHI222




OROL FOJEASINING TUPROQ QATLAMIGA TA’SIRI
REJA:


  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

    1. OROL FOJEASI

    2. OROL FOJEASINING TUPROQ QATLAMIGA TA’SIRI

    3. TUPROQ QATLAMINI YAXSHILASH BO‘YICHA CHORA TADBIRLAR

  3. XULOSA

  4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Tuproq qoplami yer ustki nurash qobig‘ining, ya’ni litosferani tashkil qilgan magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslarining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarining ta’siri natijasida nurashidan iqlimiy sharoit, relyef, o‘simlik va tirik jonivorlar, vaqt, ona jins hamda inson faoliyatining ta’siri natijasida hosil bo‘lgan tabiiy tanadir. U g‘ovakligi, donadorligi, oziqa moddalar bilan tahminlanganligi, ya’ni unumdorligi bilan ajralib turadi. Tuproq unumdorlik darajasi bilan tog‘ jinslari va ularning qayta ishlangan mahsulotidan tamomila farq qiladi. Tuproq qoplamining shakllanishi, genetik kelib chiqishi, fizik–mexanik hususiyatlari, kimyoviy, mineralogik va biologik tarkibi, planetamizda jug‘rofiy tarqalishi, unumdorligi va uni tabiiy ofatlardan himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan predmet–tuproqshunoslik fanidir. Demak, “Tuproqshunoslik” fanining predmeti va obyekti planetamizda tarqalgan tuproq qoplamini qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositasi va biosferaning tarkibiy qismi sifatida har taraflama o‘rganishdan iboratdir.

Orol fojiasining atrof muhit va tuproq qoplamiga ta’siri

O‘rta Osiyodagi yirik ikki daryo – Amudaryo va Sirdaryo o‘z suvlarini Orol dengiziga quyar edi, ammo keyingi 20-30 yillikda sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanib, lalmikor yerlar o‘zlashtirildi, daryo suvlari kanallarga olina boshladi va respublikaning 61 ta suv omboriga yig‘iladigan bo‘ldi. Orol dengiziga keyingi 30-40 yil ichida deyarli daryolardagi suv yetib bormadi. Natijada, Orol dengizining suv sathi 22 metrga pasayib ketdi, uning suv hajmi 1064 km3 dan 115 km3 gacha kamaydi. Suvining mineralizatsiyasi 72 g/l ga oshib ketdi. Suvdan bo‘shagan yer maydoni 4,2 mln gektarni tashkil qilib, qirg‘oqdan 100-150 km uzoqlashib ketgan .





Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin