Go’shtning morfologiyasi, kimyoviy tarkibi va tovarliligi Reja



Yüklə 273,35 Kb.
səhifə1/6
tarix15.06.2023
ölçüsü273,35 Kb.
#130752
  1   2   3   4   5   6
Go


Go’shtning morfologiyasi, kimyoviy tarkibi va tovarliligi


Reja:

  1. Go’shtni biologik ahamiyati.

  2. Turli hayvonlar go’shtini marfologik tuzilishi.

  3. Go’shtni yetilishi va unga ta’sir qiladigan omillar.

  4. Hayvonlar go’shtini navlarga ajratish.

Odam kunlik hayoti faoliyati davomida harakatlari natijasida katta energiya sarflaydi, sarflangan energiyani o’rnini qoplash maqsadida o’simlik va go’sht mahsulotini iste’mol qiladi. Go’sht tarkibida oldin aytib o’tganimizdek o’simlikka nisbattan ko’p miqdorda oqsil mineral va biologik aktiv moddalar mavjud.


Masalan: 1) Oqsil go’shtda-18,3-21,2 %
2) Bug’doy javdar unida – 10-11; va 6,5-9,5%
70 kg og’irlikdagi odam bir kun davomida 70 gr oqsil iste’mol qilishi kerak.
Shu bilan birgalikda go’sht tarkibidagi oqsil, o’simlik oqsiliga nisbatan tez va yaxshi hazm (97 % go’shtniki, 75-68 % bug’doy va javdar uniniki) bo’lishi ham, go’shtni tarkibiga kiruvchi boshqa moddalar inson hayoti faoliyati uchun juda muhim ekanligi ham, go’shtni biologik jihatdan muhimligini ko’rsatadi.
Go’sht-deganda so’yilgan hayvonning tanasini terisi, boshi, oyoqlarining pastki qismi va ichki organlarini ajratilgandan keyin qolgan qismi nazarda tutiladi. Shunga muvofiq go’sht morfologik tuzilishi jihatidan quyidagi to’qimalardan iborat bo’ladi:
1.Maskul to’qimasi.
2.Yog’ to’qimasi.
3.Pay to’qimasi.
4.Suyak to’qimasi.,
5.Go’shtni ustki tomonini o’rab turadigan pardalar hamda tomirlardan (qon va limfa).
Dastlabki qayta ishlash jarayoniga va sanoatda qayta ishlanishga qarab go’sht quyidagi toifalarga bo’linadi.

  1. Suyakli go’sht – tana go’shti va yarim tana go’shti.

  2. Suyaksiz go’sht – suyaklardan va tanani yumshoq joylaridan ajratilgan go’sht.

  3. Paysiz go’sht – muskul to’qimasining ko’rinarli pay birikmalaridan yog’lar, limfa tugunlaridan va tomirlardan ajratilgan qismi.


Yüklə 273,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin