Hayvonlar go’shtini navlarga ajratilishi Tana go’shtini maydalashda va navlarga ajratishda, tana qismlarini hayvon tirikligida bajargan ishlari va harakatlari inobatga olinadi. Ya’ni ko’p ish bajargan va harakatda bo’lgan tananing qismlari:bo’yin qorin muskullari va oyoqni pastki muskullarida pay ko’p bo’lib qattiq bo’ladi. Shundan kelib chiqib hayvonlar tana go’shti yumshoq-qattiqligiga qarab navlarga ajratiladi:
Qoramollar go’sht tanasi davlat standariga ko’ra 3 navni o’z ichiga oluvchi to’qqizta bo’lakka bo’linadi.
Birinchi navga –bel tananing orqa qismi ya’ni umurtqa pog’onasi go’shti, son va ko’krak go’shtlari kiradi.
Ikkinchi navga – kurakni pastki muskuli, oldingi yelka qismi va qorin go’shti.
Uchinchi navga – bo’yinni kesilgan joyi, oldingi va orqa oyog’ini pastki qismi.
Qo’y va echkilarda 3ta navni o’z ichiga oluvchi 8 ta bo’lakka bo’linadi.
Birinchi navga – bel - kurak, tananing orqa qismi son bilan birgalikda.
Ikkinchi navga – bo’yin, ko’krak va qorin go’shtlari.
Uchinchi navga – bo’yinni kesilgan qismi, oldingi va orqa oyoqni pastki qismi go’shtlari.
Cho’chqalarda davlat standartiga ko’ra butun tanani, ikkita navni o’z ichiga oluvchi sakkizta, bo’lakka bo’linadi.
Birinchi nav go’shti- bel, ko’krak, umurtqa pog’onasi atrofi va orqa son go’shti.
Ikkinchi navga - bo’yinni kesilgan qismi, oldingi oyoq, yelkadan pasti va orqa oyoq pastki qismi.