LABORATORIYA ISHI №13
METALLARNING KIMYOVIY XOSSALARI
Asbob va reaktivlar:
Probirka, pinset,
chinni kosacha, filtr qog’ozi, spirtli
lampa, fenolftalein, suv, xlorid
kislotasi, 30 % natriy
ishqori, 10% sulfat kislotasi, metallar (litiy, magniy,
alyuminiy, rux, qalay, temir, mis) konsentrlangan
sulfat kislotasi,
mis sulfat, rux sulfat, temir (III)
xlorid, alyuminiy sulfat tuzlari eritmasi.
Ishda maqsad:
Metallarning kimyoviy xossalari bilan tanishish.
Metallarning havo kislorodi bilan o‘zaro ta’siri
a)
Kerosinli bankacha ichidagi litiyning kichik bo‘lakchasini pinset bilan
olib, filtr qog‘ozda artib, pichoq bilan kesiladi. Metalning kesilgan yuzasida
qanday xodisa yuz beradi? Tegishli reaksiya tenglamasini tuzing.
b)
Magniyning kichik bo‘lakchasini pinset bilan ushlab yondiring.
Magniyning yonishiga e’tibor bering. Qilingan
ishlar yuzasidan litiy va
magniy aktivligi to‘g‘risida xulosa chiqaring.
Metallarning suv bilan o‘zaro ta’siri
a)
Litiyning kichik bo‘lakchasini filtr qog‘ozida artib, suv solingan va
unga ikki tomchi fenolftalien tomizilgan chinni kosachaga tashlang.
Kosachaning ustini oyna bilan berkiting. Reaksiya shiddatli borishini va suv
asta-sekin qizarishini kuzating. Litiyning suv bilan bo‘lgan reaksiya
tenglamasini yozing.
b)
10 tomchi suv solingan probirkaga kichik magniy bo‘lakchasini
tashlang. Vodorod ajralib chiqishi sezilarlimi? Reaksiya
tenglamasini tuzing
va metallarning suvga nisbatan aktivligini solishtiring.
Metallarning xlorid va suyiltirilgan sulfat kislotalar bilan o‘zaro ta’siri
6 ta probirkaga 10 tomchidan xlorid yoki suyiltirilgan 10% li sulfat
kislota eritmasidan soling. Har bir probirkaga magniy, alyuminiy, rux, qalay,
mis metallarining kichik bo‘lakchasidan tashlang. Agar kerak bo‘lsa
qizdiring. Hamma probirkada reaksiya boradimi? Tegishli reaksiya
tenglamasini tuzing. Qilingan tajribaga asoslanib
metallarning aktivligi
to‘g‘risida xulosa chiqaring va reaksiya tenglamasini yozing.
Metallarning konsentrlangan sulfat kislota bilan o‘zaro ta’siri
Probirkaga 5-6 tomchi konsentrlangan sulfat kislota soling va bir bo‘lak
mis tashlang, oxista qizdiring. Ehtiyotkorlik bilan hidlang.
Reaksiya tenglamasini tuzing.
Metallarning ishqorlar bilan o‘zaro ta’siri
6 ta probirka olib, har biriga ko‘rsatilgan metallar: magniy, mis, temir,
rux, qalay, alyuminiydan tashlang (har bir probirkaga bittadan metall
bo‘lakchasidan soling). Metallarning ustiga 30% li natriy ishqoridan 10
tomchi soling. Bir oz qizdiring. Hamma probirkada reaksiya boradimi?
Tegishli reaksiya tenglamasini yozing.
Metallarni bir-birini siqib chiqarishi
3 ta probirkaga quyida ko‘rsatilgan 2н. li eritmalardan 5 tomchidan
tomizing: mis sulfat, temir sulfat, rux sulfat. Har bir probirkaga ko‘rsatilgan
metallarning kichik bo‘lakchasidan tashlang: 1-rux, 2-alyuminiy, 3- mis.
Sodir bo’lgan reaksiya tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va
qaytaruvchini ko`rsating. O‘rganilgan metallarning
aktivligi haqida xulosa
chiqaring.
SAVOLLAR VA MASALALAR
1.
Metallarning fizik xossasi nima?
2.
Pb + H
2
O = ; Fe+H
2
O =
3.
Pb + H
2
SO
4(suyul.)
= ; Pb + HNO
3 (suyul)
=
4.
Cu + H
2
SO
4(kons.)
= ; Hg +HNO
3(kons)
=
5.
Cr+ HCl = …; Cr + NaOH=
6.
Metallarni bir – birini siqib chiqarishi nimani anglatadi?