Kirish asosiy qism orol fojeasining tuproq qatlamiga ta’siri



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/4
tarix16.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#131299
1   2   3   4
KURS ISHI222

orol dengizining oxirgi 50 yildagi o‘zgarishi

Quyi Amudaryo dambasida ko‘llar maydoni 40-50-yillarda 12% ni tashkil qilar edi. To‘qay va qamishzorlar hozirgi paytda avvalgidan 90% gacha kamayib ketgan. Sizot suvlarining sathi pasayib, mineralizatsiyalanish darajasi oshib ketgan. Orol atrofidagi havo harorati yoz oylarida +2 - +3 daraja, qishda esa -2 -4 darajagacha o‘zgarib, qurg‘oqlanish jarayoni rivojlanib ketdi.


Iqlim sharoitining manfiy va musbat tomonga o‘zgarishi natijasida quyi Amudaryo vohasida qurg‘oqlanish jarayonining rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. O‘tloqi-botqoq tuproqlarda namlik kamayib, tuproq tarkibidagi gumus parchalanib, bu tuproqlar yarim avtomorf, so‘ngra esa taqir, sho‘rxok va qumloqlarga aylanib bormoqda.
O‘zbekistonga hududidagi Orol dengizi suvidan bo‘shagan yerlar 1 mln gektarni tashkil qiladi. Bu yerlarda shamol yordamida tuz, chang zarrachalari atmosferaga to‘zon sifatida ko‘tarilib, Orol bo‘yi mamlakatlarining sug‘oriladigan yerlariga har yili 500-750 kg/ga suvda eriydigan tuzlarni olib kelmoqda.
Orol dengizini qayta tiklash to‘g‘risida bir qancha takliflar kiritilgan, ular quyidagilardan iborat:

  • Orol dengizi suvlarini yomg‘ir yordamida to‘ldirish;

  • Orol dengizini Kasbiy suvlari hisobidan to‘ldirish;

  • Orol dengizi suvining yer osti artezian suvlari hisobidan to‘ldirish;

  • O‘rta Osiyo respublikalaridagi kollektor va zovur, oqava suvlari hisobidan to‘ldirish;

  • sug‘orishda ishlatiladigan suvlarni tejash hisobidan Orolni to‘ldirish.

Hozirgi vaqtda eng muhim masalalardan biri Orol dengizi suvi pasayishini to‘xtatish va shu holatda saqlab qolishdir. Bu masalani amaliy hal qilishda SANIIRI tomonidan taqdim etilgan polder sistemasi, ya’ni daryo suvlari bilan Orol dengizidan bo‘shagan yerlarni tabaqalashtirib, bosqichma- bosqich suv bostirishdir. Mo‘ynoq, Jildirbas va Adjibay ko‘rfazlarining dengizdan bo‘shagan joylarida suv bostirib sug‘orish va fitomeliorativ ishlar amalga oshirilmoqda.
Endi Orol muammosi faqatgina O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun fojia bo‘lib qolmasdan, balki Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarining atrof muhit ekologiyasiga salbiy ta’sir etganligi tufayli hammani tashvishga solmoqda.

Tuproq qoplamining shakllanishi, transformatsiyasi, unumdorlik qobiliyatining vujudga kelishi tabiiy sharoitda ma’lum qonuniyatlar asosida yuz berib, tuproq va uni hosil qiluvchi omillar o‘rtasida ekologik muvozanat vujudga keladi. Lekin, tabiatda yuz beradigan antropogen o‘zgarishlar yillar davomida ekotizimlar o‘rtasida vujudga kelgan muvozanatni o‘zgartiradi. Bunday holat biosferaning asosiy komponenti bo‘lgan tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot olamining bio xilma-xilligini, joy relefi, shuningdek iqlim ko‘rsatkichlarini ham o‘zgarishiga olib keladi


Keyingi yillarda Orol bo‘yi hududlarida tabiiy va antropogen ta’sirning kuchayishi, Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik holatning keskinlashuvi natijasida, regionda tuproq komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi va barqarorligigi salbiy tomonga o‘zgarib, tabiiy muvozanat buzilgan, ba’zi hududlarda minerallashgan yer osti suvlari yuzaga yaqin ko‘tarilgan bo‘lsa, qolgan maydonlarda qurg‘oqlanish va sahrolanish jarayonlari faollashib, sho‘rlanish jarayonlarini kuchayishiga olib kelgan. Sho‘rlanish jarayonlarining kuchayishi hududlarda turli sho‘rlanish darajasi, tipi (ximizmi)ni shakllanishi, tuproq qoplamlarida zaharli tuzlar zahirasini keskin oshishi, natijada esa tuproqlar unumdorligi va meliorativ holatini yomonlashishiga sabab bo‘lgan.
Sahrolanish jarayonlari ta’sirida Orol bo‘yi atroflaridagi katta maydonlarda sho‘rxoklar hosil bo‘lgan. Sug‘oriladigan yerlar meliorativekologik holatining keskin yomonlashuvi, tuproqda tuz to‘planish, ikkilamchi sho‘rlanish jarayonlarini faollashuvi, sho‘rlangan yerlar maydonlarini yil sayin ortib borayotganligi ekin maydonlari hajmini kamayishiga, madaniy ekinlar hosildorligining pasayishiga olib kelgan.
Degradatsiya va sahrolanish jarayonlari ta’sirida Orol dengizi tubida to‘planib qolgan zaharli tuzlar, sug‘oriladigan yer maydonlariga defolyatsiya jarayonlari ta’sirida olib borib yotqizilishi natijasida ushbu yer maydonlarining ekologik-meliorativ holatini og‘irlashishiga, oqibatda esa qishloq xo‘jaligining
aylanma fondidagi sug‘oriladigan unumdor yerlar ma’lum darajada ishlab chiqarishdan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan.
Sahrolanishning asosiy bosqichlarida Orol bo‘yi hududlari sug‘oriladigan tuproqlari yuzasi suvda oson eruvchan tuzlardan iborat bo‘lgan qatqaloq bilan qoplanadi va ushbu yerlarda sho‘rsevar galofit o‘simliklar tarqaladi. Kuzatishlarimizga ko‘ra, tuproq qoplamini tipik cho‘l butazorlarni tashkil etuvchi itsigak (Arabasis aphylla), quyruq (Solsola rigiga) o‘simliklari egallagan. Natijada, sahrolanish jarayonlari ta’sirida taqir tuproqlarni o‘zgarganligi, tuproq yuzasi zichlashgan qatqaloqli bo‘lishi, qatqaloq ostida turli mexanik tarkibli qatlamchalarning hosil bo‘lganligi, gumus miqdori kamayganligi, tuproq qoplamini quruqlashishi hamda sizot suvlarining sathi pasayganligi, shuningdek, o‘simliklar atrofida qumlar to‘planishi, asosan bu hududlarni qora saksovullar egallayotganligi kuzatildi
Sahrolanish jarayonlarini salbiy oqibatlari Amudaryoning chap va o‘ng qirg‘oqlaridan tanlangan massivlarini tuproq qoplamlarida, tabiiy va antropogen omillar ta’sirida sodir bo‘layotganligi kuzatildi. O‘tkazilgan tuproq tadqiqot natijalariga ko‘ra, Orol bo‘yi tuproq qoplamlari holatlarini to‘la ochib bera oladigan ya’ni sug‘oriladigan meliorativ holati murakkab bo‘lgan tuproqlarda grunt suvlari sathi 2010 yilda 135-200 sm da turgan bo‘lsa, tadqiqotlar o‘tkazilgan 2016-2018 yillarda grunt suvlari sathi tuproq yuzasiga yaqin (o‘rtacha 120-155 sm) joylashganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli, Shumanay, Amudaryo, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq va Nukus tumanlarida tarqalgan gidromorf tuproqlarida qayd etilgan
Sahrolanish jarayonlari ta’sirida Orol bo‘yi hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati chegarasida)dagi 677,6 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning 84,2 foizi turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, shundan 217,8 ming gektari yoki 32,14 foizi kuchsiz, 188,8 ming gektari yoki 27,86 foizi o‘rtacha, 82,3 ming gektari yoki 12,15 foizi kuchli va 81,7 ming gektari yoki 12,06 foizi juda kuchli sho‘rlangan tuproqlardir (Davergeodezkadastr qo‘mitasi
ma’lumotlari). Bu holat esa kelgusida agromeliorativ va agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri qo‘llamasdan turib qishloq xo‘jalik ekinlar hosildorligini muntazam oshirib borishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham yerlardan samarali foydalanish, tuproqlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirib borish uchun agromeliorativ, agrotexnik va agrokimyoviy tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish hamda qishloq xo‘jalik ekinlarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari, xossa-xususiyatlari va unumdorlik darajasini hisobga olgan holda oqilona joylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Orol bo‘yi hududlarida sahrolanish jarayonlari ta’sirida turli darajada sho‘rlangan tuproqlar shakllangan. Amudaryoning oldingi “tirik” deltasini sezilarli qurishi XX asrning 60-yillaridan boshlangan. Har yili daryo toshqin suvlarining bostirib kelishi natijasida ming yillar davomida Amudaryo suvlari bilan keltirilgan allyuvial yotqiziqlar tuproq paydo qiluvchi ona jinslar sifatida xizmat qilgan. Bu yotqiziqlarning turli xildagi mexanik tarkibga ega bo‘lishi grunt suvlari oqimini sekinlashtiradi shuningdek, haroratning yuqoriligi tuproqning kapilyar tomirlari orqali yuzaga yaqin kelgan grunt suvlarini jadal bug‘lanishiga, natijada hudud tuproq qoplamlarini turli darajada sho‘rlanishiga olib kelgan. Bundan tashqari, Amudaryo suvlarining minerallashganlik darajasi yillar davomida ortib borgan ya’ni, 1950-1963 yillarda o‘rtacha 0,553 mg/l, 1985 yilda 1131 mg/l, 1997 yilda 1148 mg/l, 2008 yilda 1250 mg/l gacha oshganligi qayd etilgan. Sahrolanish jarayonlari ta’sirida dengizning qurigan tubidagi ochilib qolgan yotqiziqlarqumlar, qumloqlar, qumoqlar, loyli jinslar ustida tuproq paydo bo‘lish jarayonlari tubdan o‘zgarish jarayonlari boshlanganligi kuzatildi. Xususan, Shumanay tuman tuproq qoplamining xossa-xususiyatlarida keyingi 50-60 yil davomida turli o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bo‘lib, bu o‘zgarishlar sug‘oriladigan tuproqlarning meliorativ holatida yaqqol aks etgan. Jumladan, 1966 yilda tumandagi kuchsiz sho‘rlangan yer maydonlari tuman umumiy maydonining 33,4% ni, o‘rtacha sho‘rlangan yerlar 22,2% ni, kuchli sho‘rlangan
yerlar 26,6% ni va juda kuchli sho‘rlangan yerlar 14,6% ni tashkil etgan bo‘lsa, mos ravishda 2017 yilda 20,8%; 47,7%; 16,7% va 14,8% tashkil etgan (1-rasm). Ko‘rinib turibdiki, o‘tgan 50 yildan ortiq vaqt mobaynida kuchli va juda kuchli hamda kuchsiz sho‘rlangan yerlar maydoni qisqarib, o‘rtacha sho‘rlangan yerlar maydoni oshgan.
Sug‘orish suvlari tarkibida suvda oson eruvchan tuzlar miqdorining ortib borishi, sug‘oriladigan tuproqlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan, ya’ni yillar davomida uzluksiz sug‘orishlar tuproq tarkibidagi tuzlarni to‘planishiga olib kelgan. Bu esa ushbu tuproqlarda sahrolanish jarayonlarini boshlanishiga birlamchi manba bo‘lgan. Hududdagi sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlaridaning tuzlar tarkibida Cl va SO4 tuzlari doimo ustunlik qilgan. Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda gumus miqdori tuproqdagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga bog‘liq holda organik qoldiqlarning minerallashuviga, namligi va relefiga ham bog‘liq. O‘rganilgan tuproqlar sahrolanish jarayoni ta’sirida degradatsiya va degumifikatsiyaga uchraganligi natijasida gumus miqdorining kamayganligi qayd etildi. Yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarini haydov qatlamida gumus miqdori o‘rtacha 0,968% atrofida bo‘lib, haydov osti qatlamidan boshlab keskin kamayib borishi kuzatiladi. Bu tuproqlar gumus bilan kam darajada ta’minlangan. Yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarining unumdorlik ko‘rsatkichlari bevosita vegetatsiya davrida tuproqga ishlov berish, organomineral o‘g‘itlardan foydalanish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga bog‘liq. Tuproqlarga ogranik va mineral o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qo‘llanmasligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan olib chiqib ketilgan moddalar o‘rnini yetarli darajada to‘ldirib borilmaganligi ushbu tuproqlarni unumdorligida nomutanosiblikni keltirib chiqargan.
1-jadval Sug‘oriladigan tuproqlarning sho‘rlanish dinamikasi, maydoni % hisobida, (Shumanay tumani misolida)
Ko‘p yillik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning haydalma qatlamlari harakatchan fosfor bilan.
1-jadval.
Yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdorining o‘zgarishi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin