Balchiqli vulqonlar va muz-gumbaz tektonikasi



Yüklə 18,72 Kb.
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü18,72 Kb.
#123413
  1   2   3
SIZOT SVLARNING REJIMI VA BALANSI

Iqlim va gidrogeologik sharoitlarning kompleks taʼsirlaridan sizot suvlarining minerallashganligi o‘ta chuchukdan nomokopgacha o‘zgarib turadi (200-300 g/l). Sizot suvlarining yotishi keng diapozonda o‘zgarib turadi. Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi va kimyoviy tarkibi, fasliy, yillik va ko‘p yillik o‘zgarishlarga uchraydi. Sizot suvlarining rejimi va balansi, tabiiy va xo‘jalik omillari taʼsirida shakllanadi.


Har bir iqlim va gidrodinamik mintaqalar doirasida (chegarasida) tabiiy gidrokimyoviy sharoitni murakkablashtiradigan yoki o‘zgartiradigan bir yoki bir necha lokal omillar bo‘lishi mumkin. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
- tog‘ jinslari va sizot suvlarining hozirgi vaqtda sho‘rlanganligi va qoldiq dengiz sho‘rlanishi;
- tarkibida tuz bo‘lgan tub tog‘ jinslari, denudatsiya jarayonlari (parchalanishi, buzilishi, tashilishi, yotqizilishi) va uning mahsulotlarini to‘planishi; sizot suvlarini bosimli yuqori minerallashgan suvlar bilan qo‘shimcha ozuqalanishi;
- tuproqlarni soda bilan sho‘rlanishiga olib keladigan sizot suvlarining yuqori ishqoriyligi;
- balchiqli vulqonlar va muz-gumbaz tektonikasi.
Sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarda gidrogeologik sharoitning turli tumanligi, meliorativ tizimlarni loyiha qilishda va ekspluatatsiya qilishda meliorativ tadbirlarni tabaqalashtirishni zarurligini ko‘rsatadi.
Turli gidrogeologik-meliorativ sharoitli maydonlarni bir-biridan ajratish uchun turlarga bo‘lish va gidrogeologik-meliorativ tumanlashtirish usullari qo‘llaniladi. Bu turdagi ishlar, o‘z tarkibiga tajriba-filtratsion ishlarni, yer osti suvlari rejimi va balansi, filtratsiyani matematik modellashtirish, statistik hisoblarni oladigan gidrogeologik sʼyomka asosida bajariladi. Gidrogeologik sharoitlar turi deganda tabiiy sharoitda yer osti suvlarini shakllanish sharoiti va qonuniyatlarini xarakterlaydigan, kutilayotgan melioratsiya taʼsirini va zaruriy tadbirlar tarkibini qulay gidrogeologik sharoitni taʼminlaydigan kompleks koʼrsatkichlarni tushunmoq lozim.
Orogen guruhdagi sug‘oriladigan tumanlar gidrogeologik sharoitning murakkabgacha o‘zgarib turadi. Ular suv o‘tkazmas qatlamning katta chuqurlikda yotishi bilan va to‘rtlamchi yotqiziqlarni tarkibida suvni yaxshi o‘tkazuvchi mayda va yirik shag‘al (galka va graviy) jinslari mavjudiligi bilan harakterlanadi. Platforma guruhidagi sug‘oriladigan tumanlar, odatda o‘rtacha murakkablik, murakkab va o‘ta murakkab sharoitlar va regional suv o‘tkazmas qatlamlarni
mili bo‘lib - oqim oqish jarayoni sodir bo‘ladigan maydon qabul qilinadi; sarflanish viloyati qilib - asosiy jarayon sizot suvlari sarf bo‘ladigan maydon qabul qilinadi [20].



Yüklə 18,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin