Balchiqli vulqonlar va muz-gumbaz tektonikasi


Irrigatsion sizot suvlari



Yüklə 18,72 Kb.
səhifə2/3
tarix02.06.2023
ölçüsü18,72 Kb.
#123413
1   2   3
SIZOT SVLARNING REJIMI VA BALANSI

Irrigatsion sizot suvlari
O‘zbekiston sharoitida, sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik sharoit keskin o‘zgarishlarga uchragan. Tabiiy jaryonlar o‘rnini sunʼiy, xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar egallaydi. Sizot suvlari atmosfera yog‘inlari, yer usti oqar suvlari (daryolar), yer osti suvlari oqimlari, irrigatsion suvlar, sho‘r yuvish suvlari, bosimsiz sizot suvlaridan pastda joylashgan bosimli suvlardan kelib qo‘shiladigan suvlar hisobiga ozuqa oladi. Sug‘orish maydonlarida sizot suvlarining ozuqa olishida irrigatsion suvlar va pastdagi bosimli suvlar katta rol o‘ynaydi. Sug‘orishdan bo‘ladigan infiltratsiya hisobiga sizot suvlarining ustida infiltratsion suvlar to‘planadi. Ularni irrigatsion sizot suvlari deb yuritiladi.
Irrigatsion sizot suvlari, xususan sizot suvlaridan faqat hosil bo‘lishi bilan emas, balki harakati bilan farq qiladi. Ular sizot suvlari yuzasida yotadi va ularga bosim bilan taʼsir qiladi. Ular infiltratsiya bo‘layotgan yerlarda sizot suvlari sathini ko‘taradi va pastga qarab tik harakat hosil qiladi. Bu ikki xil suvlar minerallashganligi bilan bir-biridan farq qiladi. Xususan sizot suvlarini minerallashganligi yuqori bo‘lsa, irrigatsion-sizot sizot suvlarining minerallashganligi past darajada boʼladi.

Sizot suvlari yuzasida minerallashganligi past bo‘lgan yerlarda ko‘p vaqtlarda (hollarda) chuchuk, turli qalinlikka ega bo‘lgan irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘ladi.


Birinchidan, agar sug‘orish dalalari ostida minerallashganligi past irrigatsion-sizot suvlari hosil boʼlsa, sug‘oriladigan tuproqlarda sho‘rlanish jarayoni deyarli kechmaydi, tuzi yuviladi va qulay meliorativ holat vujudga keladi. Ikkinchidan, hosil bo‘lgan minerallashganligi past irrigatsion-sizot suvlari, suv tanqis yillari sug‘orish suvlarining qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uchinchidan, ayrim hollarda minerallashganligi yuqori suvlar hosil bo‘lishi mumkin, va ular yerlarni qayta sho‘rlanishiga sababchi bo‘ladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan
maydonlari ostida 24,32 km3 irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari mavjudligi aniqlandi. Ulardan minerallashganligi 0-1,0 g/l bo‘lgan suvlar - 0,6234 km3, minerallashganligi 1-3,0 g/l bo‘lgan suvlar - 15,93 km3, minerallashganligi 3-5,0 g/l bo‘lgan suvlar 4,4 km3, minerallashganligi 5-10 g/l bulgan suvlar 2,8 km3 va minerallashganligi 10-20 g/l bo‘lgan suvlar 0,6 km3 irrigatsion-sizot suvlari mavjud. Jami 24,3 km3 zahiradan iborat [23]. Irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘lishini har doim ham ijobiy hodisa deb bo‘lmaydi. Аyrim hollarda, sug‘orish taʼsirida irrigatsion-sizot suvlarini hosil bo‘lishi, pastki chuqurliklarda to‘plangan (mavjud bo‘lgan) suvda yaxshi eriydigan tuzlarni yer yuziga qarab harakat qilishiga olib keladi va tuproqlarda qayta sho‘rlanishni paydo bo‘lishiga olib keladi Yangi, irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘lishi vaqtida, qishloq xo‘jaligi uchun noqulay sharoit-bu ularning barqaror emasligidadir. Irrigatsion-sizot suvlari xususan sizot suvlarini bosadi va bosimlar farqi hisobiga pastga qarab harakat qiladi va xususan sizot suvlarini pastga va yon atrofga tarqalishiga (bosilib kirishiga) olib keladi. Sizot suvlari bilan o‘simlik qobig‘i o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik turli xil ko‘rinishda amalga oshadi. Sizot suvlari kapillyar g‘ovaklar orqali tuproqning ildiz tizimi rivojlangan chuqurligiga yetib boradi va uni ozuqlantiradi. Bu ijobiy omil hisoblanadi. Аgar sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan bo‘lsa, tuproqdagi g‘ovaklar suvga to‘ladi, ular havoni o‘tkazmaydi va natijada o‘simlikning rivojlanishi susayadi yoki o‘ladi, yoki hosildorlik kamayadi Osma sizot suvlari sugʼorish maydonlarida biror-bir qonuniyatga bo‘ysunmay tarqaladi, va dalalarda turli kattalikdagi maydonchalarning meliorativ holatini buzadi. Qayta sho‘rlanish sodir bo‘ladi. Lekin osma sizot suvlari dalaning hamma yerida, hamma ekinlar ekilganda ham hosil bo‘lavermaydi. Osma sizot suvlari hosil bo‘lishi uchun aeratsiya mintaqasida kichik qalinlikdagi tarqalish maydoni chegaralangan, suvni yomon o‘tkazadigan yoki o‘tkazmaydigan gilli qatlamchalar bo‘lishi shart. Ikkinchidan sug‘orishdan shimilayotgan suvning miqdori (W) qatlamchaning filtratsiya koeffitsientidan katta bo‘lishi kerak (W>>K). Demak, bug‘lanish sizot suvlari yuzasidan sodir bo‘lmaydi, balki kapillyar hoshiya yuzasidan sodir bo‘ladi. Shu sababli zovurlarda sizot suvlar sathini pasaytirayotganda, faqat sizot suvlari
chuqurligiga emas, balki uning tepasida hosil bo‘lgan kapillyar hoshiyaning chuqurligiga eʼtibor qaratish kerak.

omili bo‘lib - oqim oqish jarayoni sodir bo‘ladigan maydon qabul qilinadi; sarflanish viloyati qilib - asosiy jarayon sizot suvlari sarf bo‘ladigan maydon qabul qilinadi [20].



Yüklə 18,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin