Balchiqli vulqonlar va muz-gumbaz tektonikasi


Irrigatsion sizot suvlari



Yüklə 18,72 Kb.
səhifə3/3
tarix02.06.2023
ölçüsü18,72 Kb.
#123413
1   2   3
SIZOT SVLARNING REJIMI VA BALANSI

1.2.3. Irrigatsion sizot suvlari
O‘zbekiston sharoitida, sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik sharoit keskin o‘zgarishlarga uchragan. Tabiiy jaryonlar o‘rnini sunʼiy, xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar egallaydi. Sizot suvlari atmosfera yog‘inlari, yer usti oqar suvlari (daryolar), yer osti suvlari oqimlari, irrigatsion suvlar, sho‘r yuvish suvlari, bosimsiz sizot suvlaridan pastda joylashgan bosimli suvlardan kelib qo‘shiladigan suvlar hisobiga ozuqa oladi. Sug‘orish maydonlarida sizot suvlarining ozuqa olishida irrigatsion suvlar va pastdagi bosimli suvlar katta rol o‘ynaydi. Sug‘orishdan bo‘ladigan infiltratsiya hisobiga sizot suvlarining ustida infiltratsion suvlar to‘planadi. Ularni irrigatsion sizot suvlari deb yuritiladi.
Irrigatsion sizot suvlari, xususan sizot suvlaridan faqat hosil bo‘lishi bilan emas, balki harakati bilan farq qiladi. Ular sizot suvlari yuzasida yotadi va ularga bosim bilan taʼsir qiladi. Ular infiltratsiya bo‘layotgan yerlarda sizot suvlari sathini ko‘taradi va pastga qarab tik harakat hosil qiladi. Bu ikki xil suvlar minerallashganligi bilan bir-biridan farq qiladi. Xususan sizot suvlarini minerallashganligi yuqori bo‘lsa, irrigatsion-sizot sizot suvlarining minerallashganligi past darajada boʼladi. Sizot suvlari yuzasida minerallashganligi past bo‘lgan yerlarda ko‘p vaqtlarda (hollarda) chuchuk, turli qalinlikka ega bo‘lgan irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘ladi.
Birinchidan, agar sug‘orish dalalari ostida minerallashganligi past irrigatsion-sizot suvlari hosil boʼlsa, sug‘oriladigan tuproqlarda sho‘rlanish jarayoni deyarli kechmaydi, tuzi yuviladi va qulay meliorativ holat vujudga keladi. Ikkinchidan, hosil bo‘lgan minerallashganligi past irrigatsion-sizot suvlari, suv tanqis yillari sug‘orish suvlarining qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uchinchidan, ayrim hollarda minerallashganligi yuqori suvlar hosil bo‘lishi mumkin, va ular yerlarni qayta sho‘rlanishiga sababchi bo‘ladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan

Tog‘ massivlari Tyanshan burmali sistemasining g‘arbiy chekkasi bo‘lib, ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, uning aksariyat qismi Ural-Oxota, qolgani Alp-Himolay burmali mintaqasiga mansub. Tyanshanning O‘zbekiston hududidagi geologik tuzilishida tog‘ jinslarining ikkita megakompleksi ishtirok etgan. Tog‘ tuzilmalaripi tashkil etgan quyi megakompleks proterozoy va paleozoy yoshidagi murakkab dislokatsiyalangan cho‘kindi, metamorfik va magmatik jinslardan iborat. Yuqorisi mezozoy va kaynozoyning genetik har xil bo‘lgan, aksar tekisliklarda, tog‘ oralig‘i vodiylari, botiqlar hamda kichikroq ko‘tarilmalarda tarqalgan yotqiziqlaridir. O‘zbekiston hududida O‘rta va Janubiy Tyanshan jinslari yer


yuzasiga chiqib qolgan. Ularning qoplama-burmali sistemasida yer po‘stining tokembriydan perm davrigacha bo‘lgan evolyupiyasini aks ettiruvchi turli geodinamik muhitning hosilalari ishtirok etadi [3].
Tyanshanning geologik tuzilishidagi o‘ziga xoslik shundaki, hududning geologik rivojlanishida uning mezozoygacha va mezokaynozoy davri tarixida keskin farq mavjud. Tog‘ inshootlari, asosan, okean havzalari doirasida shakllangan tokembriy va paleozoy yotqiziqlaridan tuzilgan. Keyinchalik takrorlangan bir qancha tektonik jarayonlar natijasida kontinental va okean osti yer po‘sti jinslari, turli davrlarda mavjud bo‘lgan orollar yoyi majmualari jinslarining qorishuvilgan Tyanshanning yer po‘sti qalinligi 55 km. li murakkab geterogen strukturaga aylangan.
O‘rta Tyanshan O‘zbekistonning shimoliy-sharqida joylashgan va Ugom, Sandalash, Piskom, Chatqol va Qurama tizmalarini o‘z ichiga oladi. Quyi toshko‘mir yotqiziqlari Piskom, Ugom, Chatqol tizmalari, Pistalitov, Xonbandi va Nurota tog‘larining shimoliy etaklarida keng tarqalgan.
O‘rta toshko‘mir davrida O‘rta Tyanshan hududida (Mo‘g‘ultov, Qurama, Chatqol, Piskom va boshqa tizmalar) diorit-monsodiorit-granodiorit-adamellit tarkibli intruziyalar shakllangan. Yirik va murakkab strukturali Qurama. Qoramozor, Chatqol va boshqa massivlar aynan shulardan tuzilgan. Keyinroq Qurama hududida vulkanizm rivojlangan.
Tyanshan O‘zbekistan hududida Sulton Uvaystog‘, Bo‘kantov, Tomditov, Ovminzatov-Beltov, Quljuqtov, Nurota, Molguzar tog‘lari, Turkiston va Zarafshon tizmalari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari, Chaqilikalon, Hisor tizmasi, Janubiy Farg‘onani o‘z ichiga oladi. U mazkur hududlarda turli davrlarda mavjud bo‘lgan qadimiy havzalarning okean osti yer po‘sti qoldiqlari va siyalik qobiqchi mikrokontinentlar bo‘laklari, shuningdek, granitoid mintaqalarning vulkaniq-plutonik va kollizion jinslaridan tashkil topgan.
Yüklə 18,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin