Reja: Biosfera haqida tushuncha. Biosferada hayotning taqsimlanishi. Tirik modda. Tabiatda moddalarning aylanishi. Suvning tabiatda aylanishi. Uglerod elementining tabiatda aylanishi. Azotning tabiatda aylanishi. Biosfera haqida tushuncha



Yüklə 23,72 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü23,72 Kb.
#169642
1   2   3   4   5
Biosfera resurslari va undan oqilona foydalanish

4.Tabiatda moddalarni aylanishi.

Ma’lumki tabiatda moddalarning aylanishi uchun uch guruh (elementlarning) organizmlarning bo’lishi shart. Hayotni produstetlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular birlamchi biomahsulotlarni hosil qiladi. Konsumentlar birlamchi va ikkilamchi mahsulotni iste’mol qilgan holda, organik moddalarni bir holdan ikkinchi holga o’tkazadi va hayot xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida turlarning evolyustiyasiga olib keladi. Redustentlar organik moddalarni meneral moddalarga parchalab, sayyoramizda o’lik qoldiqlardan iborat bo’lgan katta “mozor” ning kelib chiqishiga imkon bermaydi.


Erda boradigan har qanday jarayonlarning manbai va boshlanishi quyosh nuri energiyasi hisoblanadi. Yorug’lik ta’sirida boradigan yashil o’simlilardagi fotosintez jarayoni natijasida organik modda to’planadi. Fotosintezning foydali ish koeffestenti nihoyatda past. Er yuziga tushadigan quyush nurlarining atigi bir protstentida foydalaniladi. Foydali qazilmalarida (toshko’mir, neft, trof, gaz va b.q.r.). Quyosh energiyasi konservalangan holda uzoq vaqtlar saqlanib kelmoqda. Ba’zi bir organizmlar organik modda hosil qilishi uchun moddalarning oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Bu jarayon xemosentez deb ataladi.
Energiyaning aylanishi modda aylanishi bilan chambarchas bog’liq. Modda aylanishi ikki tipga bo’linadi.
1.Biologik (kichik doirada) aylanish.
2.Geologik(kichik doirada) aylanish.
Birinchi holda organizmlar o’rtasida, qo’riqlikda tuproq bilan organizmlar o’rtasida, gidrosferada esa organizm bilan dunyo okeani o’rtasida boradigan jarayonlardir.
4.1.Suvning tabiatda aylanishi.

Suv biosferaning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi.U suv havzalaridan tashqari tuproqda, havoda va boshqa tirik organizmlarning 80-90% biomassasini tashkil etadi. Suvni tabiatda aylanishi qo’yidagicha beradi. Suv er yuziga atmosfera yog’inlari tarzida tushib, atmosferaga asosan o’simliklarning suv bug’lanishi va dengizlar yuzasining hisobiga bug’ holatda qaytadi.





Yüklə 23,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin