Nerv to’qimasi. Sinaps va neyrofirbinlar



Yüklə 149,17 Kb.
səhifə1/3
tarix19.09.2023
ölçüsü149,17 Kb.
#145316
  1   2   3
Nerv toʻqimasi. Nerv oxirlari sinapslari


Mavzu: Nerv toʻqimasi. Nerv oxirlari sinapslari.


Reja:

  1. Nerv to’qimasi.

  2. Sinaps va neyrofirbinlar.

  3. Nerv oxirlari.


1.Nerv to’qimasi
Nerv toʻqimasi — nerv sistemasining asosiy toʻqimasi. Organizmda taʼsirotni qabul qilib, qoʻzgʻalishni oʻtkazib beradi. Nerv sistemasi organizmning funksiyalari va faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. U ikki qismdan iborat: bosh va orqa miyani oʻz ichiga olgan markaziy nerv sistemasi (CNS) va ulardan chiqadigan periferik nervlarni oʻz ichiga olgan periferik nerv sistemasi (PNS). U impulslarni qabul qiluvchi va uzatuvchi nerv hujayralari deb ham ataladigan neyronlardan va nerv impulsining tarqalishiga yordam beruvchi hamda neyronlarni oziq moddalar bilan taʼminlaydigan glial hujayralar yoki glia deb ham ataladigan neyrogliyalardan iborat. Nerv toʻqimasi tarkibiga kiruvchi neyron turlari xilma-xil boʻlib, ularning barchasi oʻzida akson deb nomlanuvchi oʻsimta saqlaydi. Akson bir hujayradan keyingi hujayraga harakat potensialini uzatuvchi "yoʻl" vazifasini bajaradi. Akson toʻplamlari PNSdagi nervlarni va markaziy asab tizimidagi yoʻllarni tashkil qiladi. Nerv toʻqimasi organizmning barcha a’zolarini oʻzaro aloqada boʻlishini hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlanishini ta’minlab turadi.
Vazifalari:
• axborotni qabul qilish
• axborotni saqlash va qayta ishlash
• organizm barcha a’zolari (sistemalarini) aloqada ishlashini ta’minlash
Tarkibi:
Nerv toʻqimasida ikki turli hujayralar (neyron va neyrogliya) farqlanib, ularning yigʻindisidan: MNS va PNS hosil boʻladi. N.T da oraliq modda boʻlmaydi (neyrogliya oraliq modda vazifasini bajaradi)[4]
1. Neyron (nerv hujayrasi)
2. Neyrogliya
• makrogliya
• mikrogliya
Markaziy nerv sistemasida:
Kulrang modda hujayra tanachalari, dendritlar, miyelinsiz aksonlar, protoplazmatik astrositlar (astrotsitlar kenja turi), yoʻldosh oligodendrositlar (miyelinsiz oligodendrositlar kenja turi), mikrogliyalar va juda kam miyelinli aksonlardan iborat.
Oq modda miyelinli aksonlar, tolali astrositlar, miyelinlashtiruvchi oligodendrositlar va mikrogliyalardan iborat.
Periferik nerv sistemasida:
Ganglion toʻqimasi hujayra tanachalari, dendritlar va yoʻldosh glial hujayralardan iborat. Nervlar miyelinli va miyelinsiz aksonlardan, biriktiruvchi toʻqima bilan oʻralgan Shvann hujayralaridan iborat. Har bir nervni oʻrab turadigan uch qavatli biriktiruvchi toʻqimadan iborat pardalar boʻlib, ular quyidagicha:
Endonevrium. Har bir nerv aksoni yoki tolasi endonevrium bilan oʻralgan boʻlib, u endonevrial naycha, kanal yoki qobiq deb ham ataladi. Bu biriktiruvchi toʻqimadan iborat nozik himoya qatlami.
Perineurium. Bir yoki bir nechta aksonni oʻz ichiga olgan har bir nerv tolasini oʻrab turuvchi biriktiruvchi toʻqimali himoya qatlami. Bu qavat nerv tolalarini himoya qilish va mustahkamlik berishda juda muhim rol oʻynaydi.
Epineurium. Epineurium - (periferik) nervni oʻrab turgan zich biriktiruvchi toʻqimaning eng tashqi qatlami.
Nerv toʻqimalaridagi neoplaziyalar (oʻsmalar) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Gliomalar (glial hujayrali oʻsmalar)
Gliomatoz, oligoastrositoma, xoroid pleksus papilloma, ependimoma, astrositoma (pilotsitar astrositoma, multiforma glioblastoma), disembrioplastik neyroepitelial oʻsma, oligodendroglioma, medulloblastoma, primitiv neyromorek
Neyroepiteliomatoz oʻsmalar
Ganglionevroma, neyroblastoma, atipik teratoid rabdoid oʻsimta, retinoblastoma, estezioneyroblastoma
Nerv qobigʻining oʻsmalari
Neyrofibroma (neyrofibrosarkoma, neyrofibromatoz), shvannoma, neyrinoma, akustik nevroma, neyroma
Neyron (neyrotsit/ nerv hujayrasi) tana (perikarion) va turli uzunlikdagi oʻsimtalardan tuzilgan. Neyron oʻlchami 100-130 mkm gacha (bosh miya poʻstlogʻining yirik BETS hujayralari). Neyron shakli bevosita oʻsimtalar soniga bogʻliq va aynan oʻsimtalar soniga qarab bir necha turlarga boʻlinadi: (Bets hujayralari (pyramidal h.) MNS dagi eng katta hujayralar hisoblanadi va yarimsharlar kulrang moddasi 5-qavatida joylashadi).
• bir oʻsimtali (yumaloq, kolbasimon)
• ikki oʻsimtali (duksimon)
• koʻp oʻsimtali (yulduzsimon)
Perikarionda-yaxshi rivojlangan mitoxondriya, golji, ET, ribosomalar, shuningdek yadro va tigroid modda joylashadi. Sitoplazmada shuningdek ikki xil pigment kiritmalar: Melanin va Lipofutsin (barcha nerv hujayralarida) uchraydi. Neyron Yoshi oʻtgan sari mitoxondriya kristalari parchalanadi va lipofutsin miqdori ham ortadi. Neyronlardagi melanin-Neyromelanin (NM) deb nomlanadi. Primatlarga qaraganda odamda koʻproq topilgan bu pigment yosh ortishi bilan hujayrada ortishi aniqlangan. (NM koʻp uchraydigan soha bu substansiya nigra, NM neyronlarni turli “stress”lardan himoyalaydi deb qaraladi.) NM li (pigmentli) neyronlarning kamayishi Parkinson kasalligining asosiy belgilaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Odamda melaninning 3turi farqlanadi:
1) eumelanin (eng koʻp uchraydi; terida)
2) feomelanin (qizil sochlarda)
3) neyromelanin (miyada)
Oʻsimtalar (dendrit,akson), xromatofil substansiya yoki tigroid modda (Nissl moddasi), neyrofibrillalar. Tigroid modda Nissl tomonidan 1889-yilda aniqlangan, hujayraning sitoplazmasi (erkin ribosomalar va DET joylashgan sohalarda koʻproq) va dendritlarida joylashadi. Neyritlarda (aksonda) esa bu modda boʻlmaydi. Tigroid modda maxsus vazifalar uchun zarur oqsillarni sintezlaydi. Tigroid modda miqdori hujayra funksional holati bilan bogʻliq: hujayra zoʻriqib yoki uzoq ishlaganda (stress) va jarohatlarda (butunligi buzilishi, kislorodning yetishmasligi, zaharlanish) modda eriydi (xromatoliz/tigroliz) va yoʻqoladi. Hujayra narmal hayotga qaytsa tigroid modda qayta tiklanadi. Yuqorida aytilgan oʻsimtalar ikki turli bo’ladi: dendrit va akson (neyrit). Dentritlar uzun bo’lmaydi va ta’sirotlarni qabul qilish vazifasini bajaradi. (axborot qabul qilgandan keyin unga ishlov beruvchi qism hamdir.) Dendritlar miqdori turli neyronlarda turlicha bo’lishi mumkin, biz biladigan sezgi retseptorlari aynan dentritlarning maxsus turlaridir. Dentritlar sonining qanchalik koʻp boʻlishi (tarmoqlanishi) hujayraning axborot qabul qiluvchi sathini oshiradi. Aksonlar deyarli butun uzunligi bo’ylab diametri bir xil boʻlsa, dendritlar tarmoqlangan sari ingichkalashadi.
Unipolyar - bir oʻsimtali (faqat neyroblast (faqat aksoni bor))
Bipolyar - ikki oʻsimtali (koʻz toʻr pardasida (hid bilish, eshitish, muvozanat a’zolarida)
Multipolyar - uchdan ortiq oʻsimtali
Eng keng tarqalgani esa Psevdounipolyar (spinal gangliylarda joylashadi) - unipolyar kabi bitta oʻsimta chiqadi, lekin keyinchalik ikkiga tarmoqlanadi. («T» shaklidagi ikki oʻsimtadan biri afferent neyrit, ikkinchisi periferiyaga yoʻnalgan va sezuvchi nerv oxirini hosil qilgan dendritdir).
Anoksonal neyronlarda - akson oʻsimtalari mavjud emas, bu neyronlarning vazifasi qoʻshni neyronlar ion munosabatini ta’minlashdir.
Sezuvchi (retseptor yoki afferent)
Assotsiativ (oraliq yoki interneyron) nerv hujayralarini bog’laydi (99.9%)
Harakatlantiruvchi (effektor yoki efferent)
Alohida sekret funksiyasini bajaruvchi - Neyrosekret hujayralar ham farqlanadi. (gipotalamusda) Sekret mahsulotlari (garmonlar) tigroid modda bilan bogʻliq holda sintezlanadi. (garmonlar aksonlar boʻylab qonga yoki miya suyuqligiga ajraladi). Neyrosekretor hujayralarda DET hamda Golji juda yaxshi taraqqiy etgan. Akson tepalarida ham tigroid modda mavjudligi hamda hujayra kattaligi bilan oddiy neyronlardan farq qiladi. Shuningdek, bu hujayra aksonlari bir xil oʻlchamga ega boʻlmay ba’zi joylarda kengaymalar paydo boʻladi va ayni shu kengaymalarda sekret (ADG, oksitotsin kabi) moddalar yigʻiladi. Bu aksonlar yonida joylashgan qon tomirlar bilan akso-vazal sinapslar (Xerring tanachasi) hosil qiladi va sekretlarini tomirlarga quyadi.



Yüklə 149,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin