Nerv to’qimasi. Sinaps va neyrofirbinlar



Yüklə 149,17 Kb.
səhifə3/3
tarix19.09.2023
ölçüsü149,17 Kb.
#145316
1   2   3
Nerv toʻqimasi. Nerv oxirlari sinapslari

3.Nerv oxirlari
Akso-aksonal sinapslar – bu ikkita akson orasida bo‘ladi. Lekin ikki neyrit tanasi orasida, bir – biriga yaqin yotuvchi dendritlar va neyrotsitlar tanalari o‘rtasida ham sinapslar mavjud. Sinapslar presinaptik, oraliq va postsinaptik zonalarni o‘z ichiga oladi; presinaptik zonada sinaptik pufakchalar bo‘ladi. Sinaptik pufakchalarda mediatorlar joylashadi. Neyrotsit o‘ziga xos mediator ishlab chiqaradi. Shunga qarab, sinapslarni xolinergik (atsetiloxolin ajratuvchi), adrenergik (katexolamin ajratuvchi), serotoninnergik (serotonin ajratuvchi), peptidergik (peptid va aminokislota ajratuvchi) xillari mavjud. Mediatorlar kichik molekulyar va oson so‘riluvchi moddalar bo‘ladi. Presinaptik qismda 40-dan 90 nm kattalikdagi sinaptik pufakchalar va mayda mitoxondriylar to‘planadi. Sinaps va undagi siklik o‘zgarishlar sinapslar orqali impulslar bir neyrondan ikkinchi neyronga yoki ichki a'zoga o‘tadi. 33-rasm. (U.R.Nabak va boshqalar) 1.nerv tolalari II. sinaps III.Pre sinaptik qism, 1. mayda naychalar 2. mielin parda 3. sinaptik pufakcha hosil bo‘lishi 4. sinaptik pufakcha membranasining hosil bo‘lishi 5. sinaptik yoriq 6. possinaptik membrana 7. sinaptik pufakdagi mediatorning sinaptik yoriqqa chiqishi 8. sinaptik pufakcha 9. mitoxondriylar. Tigroid yoki xromatofil modda birinchi marta Nisel tomonidan 1889 yilda aniqlangan. yerug‘lik mikroskopi ostida u chegaralari aniq ko‘rinmaydigan tuzilmalar bo‘lib, nerv xujayrasining sitoplazmasi va dendritlarida joylashadi.
Neyritlarda esa bu modda bo‘lmaydi. Uning tuzilishi, shakli va joylashishi barcha xujayralarda bir xil emas. Masalan, orqa miyaning motor hujayralarida xromatofil modda yirik noto‘g‘ri shaklda va yadroning atrofida zichroq, sitoplazmaning chetki qismlarida esa odatda maydaroq va siyrakroq joylashadi. Spinal gangliyning sezuvchi hujayralarida u changsimon donachalar holatida, vegetativ nerv sistemasinint ko‘pgina tugunlarida esa mayda donachalar shaklida bo‘ladi. Xromatofil modda elektron mikroskop ostida sitoplazmaning erkin ribasomalar va donador endonlazmatik to‘r ko‘p joylashgan sohasiga to‘g‘ri keladi. Agar RNK oksil sintezida faol ishtirok etishini nazarga olsak, xromatofil modda neyronlarniig maxsus vazifasi uchun zarur bo‘lgan oqsillarni aktiv sintez qiladi deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, xromatofil modda ribosomalar va donador endoplazmatik to‘rning yorug‘lik mikroskopida ko‘rinshidir. Xromatofil moddaning miqdori va tuzilishi hamma vaqt hujayraning funksional holati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, doimo bir xil bo‘lmaydi. Haddan ortiq zo‘riqqanda (stress xolatida), davomli nerv qo‘zg‘alishida yoki ba'zi bir shikastlanishlarda (nerv o‘simtalarining kesilishida), kislorodning yetishmasligi, zaharlanish kabilarda bu modda avval dendritlarda, so‘ngra yadro atrofida (perikarionda) erib ketadi va yo‘qoladi. Xromatofil moddaning erib ketishiga xromatoliz (tigroliz) deyiladi. Neytronlar normal holatga o‘gganda xromatofil moddalarning qayta tiklanishi ro‘y beradi. Nerv hujayrasiiing sitoplazmasida ko‘p sonli mitoxondriyalar bo‘lib, ular aksonning chiqish joyida, retseptorlar va neyronlararo sinapslar sohasida ko‘proq joylashgan.
Yadroga yaqin sohada kuchli rivojlangan Gol'dji kompleksi elementlari aniqlanadi. U ayniqsa miya po‘stlog‘ining harakatlantiruvchi hujayralarida, orqa miyani oldingi shoxlari va spinal gangliy hujayralarida kuchli rivojlangan. Asab hujayrasining sitoplazmasida ko‘p sonli mitoxondriyalar bo‘lib, ular aksonni chiqish joyida va neyronlararo sinapslar sohasida ko‘proq joylashadi. Yadroga yaqin sohada kuchli rivojlangan Golji kompleksi elementlari kuzatiladi. Asab hujayrasini sitoplazmasida ikki xil segment kiritmalar uchraydi. Melanin turli kattalikdagi donalar sifatida faqatgina qora moddaning neyronlarida va sayyor nervning dorzal yadrosida uchraydi. Lipofussin lipoidlar saqlovchi modda bo‘lib mayda donalar sifatida hamma asab hujayralarida uchraydi. Yosh ulg‘ayishi bilan bu pigmentning miqdori oshadi. (17-rasm) Asab hujayralarining o‘simtalari tuzilishi va funksiyasi jihatidan bir - biridan farq qiluvchi dentrit va neyrit (akson) ga bo‘linadi. Ta'surotlarni qabul qiluvchi va asab impulsini hujayra tanasiga yetkazuvchi o‘simtalar dendritlar (yunoncha denron - daraxt) deb nomlanadi. Dendrit bo‘yicha impuls hujayra tanasi tomon intiladi. Ular unchalik uzun emas va neyron tanasi yaqinida daraxtga o‘xshab shoxlanib tugallanadi. Dendritlar miqdori turli neyronlarda gurlichadir. Ko‘pchilik dendritlar maxsus tuzilishga ega bo‘lgan sezuvchi asab oxirlari (retseptorlar) bilan tugaydi. Ikkinchi xil o‘simtalar neyrit yoki akson (yunoncha aksis - o‘q) asab xujayrasi tanasidan ancha uzoq masofaga davom etadi. O‘simtalar uzunligi bir necha mikrondan- 1-1,5 m gacha bo‘lishi mumkin. Neyritlar asab xujayrasidan chiqqandan so‘ng yon shoxchalar kollaterallar xosil qilishi mumkin. Neyritlar asab impulsini asab xujayrasi yoki ichki organlarga (mushak, bezlarga) o‘tkazadi va ularda effektor asab oxirlarini hosil qilib tugallanadi. Dendritlar butun uzunligi bo‘yicha bir xil yo‘g‘onlikka ega bo‘lmay, ba'zi joylarda bo‘rtib chiqqan do‘mboqchalar hosil qiladi. Elektron mikroskop ostida do‘mboqchalarda parallel joylashgan sitomembranalar ko‘rinib, ular do‘mboqcha yuzasiga perpepdikulyar holatda turadi. Ular xujayra tanasining va denritlar yuzasining 40% ini egallaydi. Do‘mboqchalarda boshqa xujayralarning o‘simtalari kelib tugaydi va neyronlararo kontaktlar hosil qiladi. 33-rasm. Aksonlar butun uzunligi bo‘yicha do‘mboqchalar hosil qilmaydi, lekin oxiri konussimon kengayib akson tepaligi bilan tugaydi. Akson tepaligi tigroid moddadan xoli bo‘lib, shu tufayli uni dendritdan ajratish qiyin emas. Neyrotsitlar sitoplazmasida yuqori darajada sintetik jarayonlar sodir bo‘lib, sintezlangan moddalarning (asosan oqsillarning) xujayra o‘siqlariga transport qilinishi ham kuzatiladi. Bu jarayon sekin (1 sutkada - Zmm) yoki juda tez (soatiga 5-10 mm) kechishi mumkin. Shu bilan birga teskari yoki retrograd transport ham mavjud. Bunda bir qator moddalar neyron o‘qlaridai sitoplazmaga keladi. Moddalar transportida epdoplazmatik to‘r, pufakchalar, donachalar va mikronaychalar ishtirok etadi. Haqiqiy unipolyar neyronlar odamda uchramaydi. Faqatgina kam differeitsiallashgan xujayra - neyroblast unipolyar bo‘lib noksimon shaklga ega va undan bitga o‘simta neyrit chiqadi. Psevdounipolyar hujayralardan ham bitta o‘simta chiqib, asab xujayrasining tanasidan chiqqandan so‘ng «T» shaklida ikkiga bo‘linadi: bulardan biri markaziy asab tizimidan impuls olib ketuvchi neyrit va ikkichisi periferik tomon yo‘nalib, u yerdan sezuvchi asab oxirini hosil qilib tugallanuvchi dendritdir. Bipolyar asab hujayralaridan 2 ta o‘simta chiqadi, ulardan biri neyrit, ikkinchisi dendritdir. Odam organizmida uncha tarqalmagan bo‘lib, ko‘zning to‘r pardasida uchraydi. Multipolyar asab hujayralari - odam va hayvon organizmida eng keng tarqalgan hujayralari turlaridan biri bo‘lib ularda uch va undan ortiq o‘simtalar bor. Bu o‘simtalarning faqat bittasi neyrit bo‘lib, qolgan hammasi dendritdir.
Yüklə 149,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin