1. Og'irlik o’lchov birliklari. Uzunlik o'lchov birliklari



Yüklə 104,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix22.12.2023
ölçüsü104,24 Kb.
#189198
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xronologiya 14



13- Mavzu: O’rta Osiyoda qo’llanilgan og’irlik, uzunlik va 
hajm o'lchov birliklari. 
Reja: 
1.Og'irlik o’lchov birliklari. 
2.Uzunlik o'lchov birliklari. 
3. Hajm o'lchov birliklari. 
Ba'zi manbalarda XIX asr oxiridan kitob va manbalarda metrologiya termini uchrashi qayd etiladi.
O'lchov va o'lchov birliklari to'g’risidagi bir qator ma'lumotlar buyuk olim Abu Abdulloh 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida keltirilgan bo'lsa, ulug’ olim Ahmad Farg’oniy esa 
dunyoda birinchi bo'lib (861 yili) suv sathini o'lchaydigan asbob (Miqyosi Nil) kashf etgan va uni yasab 
amalda qo'llagan.
Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda yozilgan ”Qutadg’u bilig” asarida o'lchov va o'lchov birliklaridan 
foydalanibgina qolmay, balki o'lchash va iyyor ishlariga tegishli bilimlarni mukammal bilishga
chaqirilgan
1

Qadimgi ajdodlarimiz kundalik ishlarida zarur bo'lgan vaqt, uzunlik, yuza, hajm va og'irliklarni 
o'lchash uchun kerak bo'lgan usullarni topib, ulardan amalda foydalanishgan. Eng qadimgi o’lchash 
birliklari antropometrik, ya'ni insonning muayyan a'zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan 
holda kelib chiqqan o'lchash birliklari hisoblanadi. Haqiqatdan ham ular vaqtni o'lchashda erta, kech, 
kun, tun, kun–tun kabi atamalardan foydalanishgan bo'lsa, uzunlikni o'lchashda qadam, qarich, quloch, 
barmoq, tirsak, shuningdek arpa yoki bug'doy donlaridan yoki ot yo’lidan foydalanishgan. Yuza va 
hajmlarni esa boshqa ma'lum yuza yoki hajmga nisbatan qiyoslab o'lchashgan. Og'irlikni o'lchash uchun 
bir narsani vazni ikkinchi narsani vazni bilan solishtirilgan, bunda asosan don (arpa, bug'doy, no'xat va 
h.k.) va meva (danak, yong’oq va h.k.) donalaridan foydalanishgan. O'lchashning mana shunday oddiy
usullari ajdodlarimizning o'sha davrdagi kundalik ishlari uchun yetarli bo'lgan
2

Shuning uchun bo'lsa kerak xalqimiz tomonidan shu sohaga tegishli yuzlab naqllar yaratilgan: 
”Bog'ni boqsang bog' bo'lur, botmon-botmon yog' bo'lur”, ”Yemak tuz bilan, tuz o'lchov bilan”, ”Yetti 
o'lchab, bir kes”, ”Har yerning oz botmoni bor”, ”Har kim o'z qarichi bilan o'lchar”, ”Har yerni qilma 
orzu, har yerda bor tosh –tarozu” va h.k. 
Xalqimiz qadimdan dunyodagi ko'plab mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy va boshqa ko'pgina 
sohalar bo'yicha aloqalar qilishgan, savdo-sotiq bilan shug'ullanishgan. O'sha davrning o'qimishli 
kishilari o'lchash sohasiga tegishli ilmlarning yaratilishiga o'z hissalarini qo'shish bilan birga kishilarni 
shu sohadagi ilmlarni o’ganishga ham chaqirishgan. Natijada yuzlab o'lchovlar va o'lchov birliklarini 
yaratishgan va amalda qo'llashgan. 
O'lchov va o'lchov birliklari to'g'risidagi bir qator ma'lumotlar buyuk Xorazmlik olim Abu 
Abdullox Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy algebraik risolasining geometriyaga doir qismi
”O'lchamlar haqida” deb ataladi va geometriya (xandasa) ga doir qismida keltirilgan. Olim bunda 
uzunlik, yuza va hajmlarni hisoblash va o'lchash usullari bilan topishga katta ahamiyat bergan. Unda 
tanob, gaz, barmoq kabi o'lchov birliklari va o'lchov yog'ochi kabi o'lchash vositalari to'g'risida yaxshi 
ma'lumotlar berilib, ularni amalda qo'llashning yo’l-yo’riqlari ko'rsatilgan. Xorazmiy ”Quyosh soatlari 
to'g'risida risola” asarida ham o'lchash sohasiga munosib hissa qo'shgan. 
Ulug' olim Ahmad Farg'oniy dunyoda birinchi bo'lib (861 yil) suv satxini o'lchaydigan (Miqyosi 
Nil) asbob kashf etgan va uni yasab amalda qo'llagan.
3
U ”Quyosh soatini yasash haqida kitob” asarini 
yozib o'lchovshunoslik sohasining rivojlarishiga munosib hissa qo'shgan. 
Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar tomonidan yaratilgan asarlarda juda 
ko'plab o'lchov birliklari keltirilgan. Ularning ko'pchiligi hozirgi kunda ham o'z kuchini yo’qotmagan. 
Bobokalon shoirimiz Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda 1069-yili yozilgan ”Qutadg'u bilig” asarida 
o'lchov va o'lchov birliklaridan foydalanibgina qolmay, balki o'lchash va iyyor ishlariga tegishli 
bilimlarni mukammal bilishga ham chaqirilgan.
4
Bu iboradagi ”iyyor ishi” atamasi metall sofligini 
sinash, bozordagi tosh va tarozilarning to’g’riligini, muomaladagi oltin va kumush pullarning sofligini 
va og'irligini kuzatib turish kabi ishlarni bajarish ma'nolarini bildiradi. 
1
Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. T., 1990. 116-bet. 
2
A. Do’stov. Qadimgi o’lchov birliklar. ”Ma’rifat” gazetasi. 2002 yil 7 mart 
3
Ahmedov. A. Farg’onalik olim. T, Fan va turmush, 2 -soni, 1990. 
4
Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. T., 1990. 116-bet. 


Suv sathini o'lchashda qo'llaniladigan o'lchov va o'lchov birliklari ham xalqimiz tomonidan 
yaratilgan, ”Quloq” , ”Tegirmon” singari o'lchov birliklari bunga misol bo'la oladi. 
XIX-asrda Rossiya O'rta Osiyoni bosib olganidan so'ng 1894 yili rus o'lchovini Turkistonda so'zsiz 
qo'llash to'g'risida ko'rsatma e'lon qildi. Shundan keyin qadimgi mahalliy o'lchov va o'lchov birliklariga 
oid barcha ma'lumotlar asta-sekin muomaladan siqib chiqarila boshladi. Masalan, 30-yillarda tahlil 
o'rniga analiz, sarjin o'rniga sajen, tanob o'rniga desyatina, chaqirim o'rniga versta kabi o'lchov birliklari 
qo'llaniladi. 
Xalqaro birliklar tizimi (XBT) 1960 yildan boshlab sobiq SSSRda qo’llana boshladi
5

Nemis olimi V.Xints O'rta Osiyo davlatlarida qo'llanilgan o'lchov va o'lchov birliklari boyicha 
tadqiqod olib borgan. U Marokashdan to Hindistongacha bo'lgan hududdagi musulmon davlatlarida 
qo'llanilgan o'lchov va o'lchov birliklarini o'z qo'llanmasida keltirib, katta ish qilgan. O'rta Osiyodagi 
O'rta asr o'lchov va o'lchov birliklari to'g'risida V. Xintsga nisbatan biroz aniqroq ma'lumotlar E. A. 
Davidovich tomonidan keltirilgan. Lekin E. A. Davidovich ham xatolarga yo'l qo'yilgan manbalardan 
foydalanib yozgan qo'llanmasida bir qancha noaniqliklarga yo'l qo'ygan, N. Axrorov o’zining ”Qadimiy 
o'lchov birliklari” qisqacha izohli lug'atida ta’kidlab, quyidagilarni yozadi: Masalan, Rabg'uziyning 
”Qissai Rabg'uziy” asarida arshin ( arshin =65,2-112 sm ) o'lchov birligi keltirilgan. Arshin (1 arshin = 
65,2 — 112 sm ) rus o'lchov tizimiga I. Grozniy tomonidan 1550 - yilda kiritilgan. Rus tadqiqodchisi N. 
V. Xanikov fikriga ko'ra, 45 ta o'lchov sharq xalqlari (eronliklar, arablar, turkiy urug'lar) dan rus 
o'lchovshunosligida o'zlashtirilgan. 

Yüklə 104,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin