1. Og'irlik o’lchov birliklari. Uzunlik o'lchov birliklari



Yüklə 104,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix22.12.2023
ölçüsü104,24 Kb.
#189198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xronologiya 14

Qadoq 
- og'irlik o'lchov birligi. Juda qadimdan qo'llanilib keladi. l qadoq = 409,512 g. Qiymat 
jixatidan 1 funtga teng bo'lgan ;
Kumush toshi
- og'irlik o'lchov birligi; qiymati 250 misqolga teng. Qobul toshi bo'yicha yarim 
serga teng . Agar bir misqol o'rtacha 4,5 g bo'lsa, 1 kumush toshi 1125 g ga teng bo'ladi. l kumush toshi 
-250 misqol =1125 g =1,125 kg. Lekin 1 misqol aslida 4,09512g ekanligi hisobga olinsa, 1 kumush toshi 
=1023,78 g =1024 g = 1,024 kg ga, ya'ni 2,5 qadoqqa teng. 
Oltin toshi
-og'irlik o'lchov birligi; qiymati 500 misqolga teng. Qobul toshi bo'yicha 1 serga teng. 
Agar 1 misqol o'rtacha 4,5 g deb hisoblansa, u holda 1 oltin toshi= 500 misqol = 2255 g= 2,250 kg. 
Bordiyu, misqolning 4,09 g li qiymatidan foydalanilsa, unda 1 oltin toshi =500x4,09=2,045 kg bo'ladi. 
Bu shu kungacha saqlangan 5 qadoqli toshning og’irligiga teng. 
Pud
-og'irlik o'lchov birligi. Qiymati 40 qadoqqa teng. 1 pud = 40 qadoq = 40x0,409512=16,38048 
= 16,3805 kg. 
Chaksa
-og'irlik o'lchov birligi. U asosan, 1 pudning 1/3 yoki ling 1/16 bo'lagiga teng bo'lgan. 
Turli joyda turlicha og'irlikni bildirgan.Namanganda 1 chaksa 5,324 kg
Qafiz
- og'irlik o'lchov birligi. O’rta Osiyoning ba'zi viloyatlarida taxminan 10-asrdan boshlab 
qollanila boshlagan. Og'irligi 1 jaribning o'ndan biriga teng bo'lgan. Agar jarib - 100 kg deb olinsa, u 
holda 1 qafiz =1/10 jarib = l/10 x l00 =10kg bo'ladi. Lekin adabiyotda berilgan ma'lumotga ko'ra, 1 qafiz 
= 17000 g =17,0 kg ekan;) hajm o'lchovi juda qadimdan qo'llanilib kelgan.
Botmon
(o'zbekcha) - l)O'zbekistonning turli yerlarida (Xorazmdan boshqa) ikki puddan 11 
pudgacha (1 pud-16,38 kg) bo'lgan og'irlik o'lchovi. 2). Xiva xonligida bir botmon 4411 misqolga barobar 
keluvchi og'irlik o'lchovi; 3). Taxminan 1 desyatinaga teng bo'lgan
Mann 
- og'irlik o'lchov birligi; Xorazmda qadimdan to 15-asrgacha 1 mann 3 qadoq ya'ni 1,2255 
kg bo'lgan, lekin ba'zi ma'lumotlarga (1 335 y) 1 mann = 1,188 kg. 17-asrda 1 mann 10 va 12 qadoqka 
teng bo'lgan, masalan 1641yildan 1650-60 yillargacha 1 mann =12 qadoq =12x0,409512=4,914kg; 

Yüklə 104,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin