(Jadval N.Axrorov kitobidan olingan). Shona uchi -uzunlik o'lchovi; Farg'ona viloyatida gaz o'lchov birligini aniqlashda qo'llaniladi.
Qiymati qo'lning 4 ta barmog’i eniga (taxm-6-7 sm ga) teng.
Tanob - O'zbekiston hududida qo'llanilgan uzunlik o'lchov birligi. 17-asrda qiymati 399 m ga teng
bo'lgan; yer maydonini o'lchash uchun qo'llanilgan yuza birligi o’rtacha qiymati 60x60 kv gazga teng.
Tanob o'lchovi qiymatlari o'lkamizning turli joylarida qanday bo'lgan quyida ifodasini topgan: Xorazmda
1 tanob tomonlari 60 gazdan bo'lgan maydonga teng, ya’ni 1
tanob = (60x60) gaz = 3600 kv. gaz.
Qari - uzunlik o'lchovi va o'lchov birligi; Hozirgi vaqtda qari to'g'risida gap ketganda faqat 1 m ga
uzunlik o'lchov birligi tushuniladi.
”Boburnoma” da eng ko'p qo'llanilgan masofa (uzunlik) birliklari ”yig”och”,”kurux”, ” qari”, ”
shar’i” so'zlaridir.
Chaqirim (chaqirmoq so'zidan ) - uzunlik o'lchov birligi. Qadimdan O'rta Osiyo katta masofalarni
o'lchash uchun qo'llanilib kelingan. Qiymati 1200 qadamga teng.. Hozirgi vaqtda esa 1 chaqirim deganda
1 km tushuniladi.
Gaz -1) Uzunlik va masofalarni o'lchashdagi asosiy o'lchov birligi; O'zbekistonning ba'zi joydarida
zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan.
Chorak (fors -tojik ) - 1) O'rta Osiyoda, shu jumladan respublikamizda uzunlik o'lchovi - gaz yoki
olchinning 1/4
ini belgilash uchun ishlatiladigan o'lchov. Agar 1 gaz = 1 olchin = 52 : 107 sm bo'lsa ,u
holda 1 chorak =1/4 oilchin-1/4 x 52-107) =13-26,75 sm bo'ladi;
Qadam -uzunllk o'lchov birligi; odamning uzunasi. Asosan ikki joy orasidad masofani o'lchash
uchun qo'llaniladi. Adabiyotlar (13) da qadam= 15 qari ekanligi yozilgan. Agar 1 qarining 50 sm ligi
hisobga olinsa, u holda 1 qadam o’rtacha 75 sm gat eng bo’ladi.
Z.M. Bobur o’z asarida qadam o’lchov birligidan fodalanib Samarqand haqida:” Temurbek poytaxr
qilib edi. Temurbekdan burun Temurbekdek ulug’ podshoh Samarqandni poytaxt qilg’on emastur,
qo’rg’onni faslning ustidan buyurdumkim, qadam urdilar. O’n ming olti yuz qadam chiqti” , deb yozgan
8
.