1. Og'irlik o’lchov birliklari. Uzunlik o'lchov birliklari


Qo’shimcha o’qish uchun. A.Do‘stov. Metrologiya. T-"Yangi asr avlodi" - 2008



Yüklə 104,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix22.12.2023
ölçüsü104,24 Kb.
#189198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xronologiya 14

 
Qo’shimcha o’qish uchun. A.Do‘stov. Metrologiya. T-"Yangi asr avlodi" - 2008 
Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda yozilgan ”Qutadg’u bilig” asarida o'lchov va o'lchov birliklaridan 
foydalanibgina qolmay, balki o'lchash va iyyor ishlariga tegishli bilimlarni mukammal bilishga chaqirilgan
9

Nemis olimi V.Xints O'rta Osiyo davlatlarida qo'llanilgan o'lchov va o'lchov birliklari boyicha tadqiqod olib 
borgan. U Marokashdan to Hindistongacha bo'lgan hududdagi musulmon davlatlarida qo'llanilgan o'lchov va 
o'lchov birliklarini o'z qo'llanmasida keltirib, katta ish qilgan. Ayniqsa, o'sha vaqt o'lchov birliklarini metrik 
tizimga aylantirib berishi uning fanga qo'shgan katta hissasidir. Biroq u ba'zi noaniqliklarga yo'l qo'ygan. O'rta 
Osiyodagi O'rta asr o'lchov va o'lchov birliklari to'g'risida V. Xintsga nisbatan biroz aniqroq ma'lumotlar E. A. 
Davidovich tomonidan keltirilgan. Lekin E. A. Davidovich ham xatolarga yo'l qo'yilgan manbalardan foydalanib 
yozgan qo'llanmasida bir qancha noaniqliklarga yo'l qo'ygan, masalan uzunlik birligi -olchin to'g'risida so'z 
borganda; bu olchin o'lchov birligi 71,12 sm ga teng bo'lgan rus arshinning o'zi bo'lib, u Xorazmda, Buxoroda va 
O'rta Osiyoning boshqa joylarida ruslarning bosib olishdan ancha burun qo'llanila boshlagan - deb yozadi. Bu 
9
Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. T., 1990. 116-bet. 


noto'g'ri fikr ekanligini N. Axrorov o’zining ”Qadimiy o'lchov birliklari” qisqacha izohli lug'atida ta’kidlab, 
quyidagilarni yozadi: Masalan, Rabg'uziyning ”Qissai Rabg'uziy” asarida arshin ( arshin =65,2-112 sm o'lchov 
birligi keltirilgan. Arshin (1 arshin = 65,2 — 112 sm rus o'lchov tizimiga I. Grozniy tomonidan 1550 - yilda 
kiritilgan. Olchin o'lchov birligida esa ”olchin” to'qmoq deb ataladigan uzun dastali katta yog'och to'qmoq dastasi 
uzunligiga nisbatan olingan; uning uzunligi 71-72 sm ga teng bo'lib, qari, gaz o'lchov birliklariga teng va shu 
o'lchov birliklari bilan bir qatorda amalda qo'llanilib kelgan. Yana shuni aytish kerakki, olchin o'zbek xalqining 
tarkibiga kirgan urug'lardan birining nomi.
10
Rus tadqiqodchisi N. V. Xanikov fikriga ko'ra, 45 ta o'lchov sharq xalqlari (eronliklar, arablar, turkiy 
urug'lar dan rus o'lchovshunosligida o'zlashtirilgan. 
Ajdodlarimiz mahalliy o'lchov birliklariga asos solibgina qolmasdan o'lchovlarni to'g’ri qo'llanishi ustidan 
qat'iy nazorat ham olib borishgan. Tarixiy manbalarda tarozidan yoki gazdan xaridor haqiga xiyonat qilganlar 
qattiq jazolanganligi yozib qoldirilgan.
11
O’rta Osiyoda uzoq o’tmishda barpo etilib asrlar osha o’z salobatini yoqotmagan Sohibqiron Amir Temur 
tomonidan 1380-1404 yillar davomida qurdirilgan Shahrisabzdagi Oqsaroy binosi qadimgi Misr, Gretsiya va 
Rimdagi jahon me'morchilik madaniyatining durdonalari deb tan olingan Parpenon qasrlaridan, Misr exromlaridan 
qolishmaligi, hatto rang barang bezaklarning, naqshlarning mutanosib ravishda yaxlit kompozitsiyani tashkil etishi 
jihatidan ulardan ustun turishi quruvchi mutaxassislar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. 
Mazkur bino zilzilabardoshligi bilan boshqa binolardan ustun turib, bino ajdodlarimizning matematika, 
geometriyaga oid bilimlarini o'zida muhrlab bizgacha yetkazgan jonli timsoldir. Uni geometriyaning ”kichik 
qomusi-annotatsiyasi” deyish mumkin. Bino tarxi, uning qismlari, fasadini chuqur o'rganish jarayonida ularda 
falakkiyot (astronomiya ilmiga oid ma'rumotlar ham borligi ma'lum bo'ldi. 
O’rta ravoq tepasi radiusi 6,36 metrga teng bo'lgan yarim aylana shaklida qurilgan mehrobdan iborat. Bu 
yer shari radiusi ifodasidir. 
Binoning old ko'rinishidagi ikkita yarim aylana shaklidagi minoraning ichki radiusi 3,2 metrga teng bo'lib, 
yerning tabiiy yo'ldoshi-oyning diametriga mos tushadi va bu minora shakli oyning kalendar oy boshlanishidagi 
shaklining ramziy ma'nosi bo'lib xizmat qiladi. Binoning to'rt fasadi dunyoning to'rt tomoni shimol, janub, g’arb, 
sharqni kompas kabi aniq ko'rsatib turibdi. Bosh ravoqning ikki taraf poydevordan boshlab, toqi ravoq mehrobi 
o'rtasigacha 182 tadan chuqur o'yib ishlangan spiralsimon yonalishda yuqoriga intilgan bezaklari bor. Mexrob 
o'rtasidagi bezaklarning umumiy soni 365 taga teng bo'lib, bu yildagi kunlar sonining ramziy ma'nosidir. Binoning 
poydevori esa ikkita katta bir-biriga aynan mos qismdan, har bir qism esa oltitadan kichik qismlardan iborat bo’lib, 
bu yil va oylar sonini bildiradi. 
Yarim aylana shaklidagi minora ichida bino tepasiga chiqish uchun mo’ljallangan spiralsimon yonalishda 
zinalar bo'lib, ular 30 tani tashkil etadi. Bu kalendar oydagi kunlar sonini bildiradi. Bino poydevori 9 metr yer 
qa'ridan ishlab chiqilgan. Oqsaroy Sharq me'morchilik san'atining ijodiy cho'qqisidir.
12
Shuningdek tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy Mirzo Ulug'bek 1420-1429 yillari Samarqand yaqnidagi 
Obi-Rahmat tepaligiga qurdirgan rasadxona haqida quyidagilarni yozib qoldirgan: “Samarqandning shimoliy 
tomonida sal sharqqa og'ishgan joy tanlandi, mashhur munajjimlar bu ishni boshlab yuborish uchun yulduz 
ko'rsatgan xayrli kunni aniqlab berdilar. Bino qudrat asosi, ulug’vorlik negizidek pishiq qurildi. Poydevor va 
ustunlar tog’ asosidek shunday mustahkam qilindiki, ular to mashhar kunigacha na joyidan jilar va na qular edi. 
Baland qurilgan bu muhtasham imorat xonalarining ichiga solingan rasm va beqiyos suratlarda to'qqiz falakning 
daraja, daqiqa, soniya va soniyaning o'ndan bir ulushlari ko'rsatilgan yetti qavat osmon gardishi, yetti sayyora va 
turg'un yulduzlar tasvirlangan osmon gumbazi, iqlimlar, toglar, daryolar, sahrolar, xullas olamga tegishli hamma 
narsalar tasvirlangan edi. Shundan keyin quyosh va sayyoralarning harakatini kuzatish, ko'rganlarni yozish va 
qayd qilishni boshlab yuborishga farmon berildi”.
13
Bir so’z bilan aytganda Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'beklar mahalliy o'lchov birliklaridan 
foydalanib, nomlari abadiyatga muxrlanganligi sir emas. Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Xivaning salobatli 
inson aqlini lol qoldiruvchi minoralari o’tmishda qollanilgan o'lchov birliklari asosida qurilgan edi.
14

Yüklə 104,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin