8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi


Xorazmshohlar va G'uriylar o'rtasidagi munosabatlar



Yüklə 71,32 Kb.
səhifə16/26
tarix25.02.2023
ölçüsü71,32 Kb.
#85518
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
8.Xorazmshohlar javoblar.1

13.Xorazmshohlar va G'uriylar o'rtasidagi munosabatlar
Xuroson bilan bogliq masalalarda Xorazmshohning asosiy raqibi Gor hokimi sulton Giyosiddin al-Guriy edi. Biroq Takash ukasiga qarshi kurashib yurgan paytlarda Giyosiddin bilan yaxshi munosabatni saqlashga intildi, har bir raqib oz maktubida boshqasini birodarim deb murojaat qilardi. Xorazmshohning Giyosiddinga yozgan eng dastlabki maktubiga 576-yil, ramazon (1181-yil, yanvar) sanasi qoyilgan. Shundan bir oy avval Giyosiddin Xorazmga oz amiri Humomiddinni elchi qilib jonatgan, u zimmasiga yuklangan vazifani sharaf bilan bajargan, tomonlar tinch-totuv munosabat haqida shartlashib olgan edilar. Oz navbatida Xorazmshoh ham Giyosiddin saroyiga Humomiddin bilan birga elchi qilib sayyid al-umaro van-nuvvob Faxriddinni jonatgan edi.Faxriddin olib kelgan maktub Xorazmshoh noibi bolgan Nishopur hokimi Togonshohyerlariga Sultonshohning daxl qilishi muammosiga bagishlangan edi. Takashning oz ukasi Sultonshoh bilan raqobatida Giyosiddin al-Guriyning betaraf bolishiga erishish muhim edi. Xorazmshoh bunga muvaffaq boladi. Shundan keyin eng qadrdon ukasi Sultonshohni Xorazmshohlarning xos mulki deb elon qilingan Togonshoh hokimlik qilib turgan yerlarga daxl qilinmasin deb ogohlantiradi. Unga Togonshoh bilan dostona munosabatga kirishish va unga qarshi hatti-harakat fikrida bolmaslikni uqtiradi. Takash korgan choralarga Giyosiddin qarshilik korsatmaganidan uning mavqei balandligi sezilib turibdi.Ammo, Хurosondagi bunday holat Xorazmshohning o‘zini qanoatlantirmasdi. Sultonshoh tomonidan doimiy xavf-xatar borligi Takashning qo‘lini bog‘lab turardi. U esa Xuroson yerlarini bosib olish bilan bog‘liq murakkab masalalarni hal qilishga intilardi.Xorazmshoh dostlik haqida vadalar berib Giyosiddinni xotirjam qilgach, Sultonshoh bilan bolgan yarashishni buzib, Saraxs ustiga qoshin tortadi. Bu safar Xorazmshoh qoshinlari tarkibida Jand, Barchinligkent va Mangishloq askarlari bor edi. Ularga yolda Jurjon, Dehiston, Obivard, Niso va Nishopur askarlari kelib qoshilishi kerak edi.Takash Saraxs ustiga qoshin tortganini malum qilib, 578-yil muharram oyida (1182-yil, may) Giyosiddinga maktub yollaydi. Maktubni ikkala mamlakatga tinchlik omonlik tilashdan boshlagan Xorazmshoh Giyosiddinga ozaro tuzgan shartnomalarini eslatib, Gor hokimini Saraxs hujumida ishtirok etishga taklif qiladi. Agar Giyosiddinning ozi qatnashish imkoniga ega bolmasa, chegara viloyatlari qoshinlarini yuborishini pisanda qiladi. Giyosiddinga shu yurishda shaxsan ishtirok etishini takrorlab, Xorazmshoh ortasidagi dostlikka suyanib, qoshinlarni jonatishni kechiktirmaslikka chaqiradi.Shunday qilib, Xorazmshoh Takash qoshinlari bir yola ikki yonalishda harakat boshlaydi. Sirdaryoning ong sohilida Alp Qora ogli Qiron qol ostidagi qipchoqlar bilan hamkor qoshinlar va Xurosondagi qoshinlar Saraxs bosib olingandan keyin Takash Movarounnahr ishlariga togridan togri aralasha boshlashi kerak edi.Bu safar kutilgan yordamni ololmagan Xorazmshoh Saraxs qamalini bir yilga kechiktiradi.Buvaqtda Xurosondagi vaziyat ham murakkablashib ketadi. Amirlarning turli bolinma guruhlari, Sultonshbhning qoshinlari ham Xorazm yerlarigagina emas, Goriylar zaminiga ham bostirib kira boshladilar. Shu sababli Giyosiddinning ozi hujumga otadi, uning qoshinlari Saraxs va Xayaron viloyatlari yerlariga bostirib kiradi. Giyosiddin atrofdagi qalalar hokimlarini tor-mor keltirib, bu yerlarda osoyishtalik ornatib, Xorazmshohga xabar yuboradiTakash ham shu maqsadda 10 ming kishilik ilgor qoshinni Xuroson ustiga otlantirgan edi. Ammo Giyosiddin al-Guriy elchilaridan Xurosonda tartib ornatilganligi xabarini eshitib, oz qoshinlarini orqaga qaytaradi. Buning ustiga qattiq qish va oziq-ovqatning kamligi qoshinga katta talafot yetkazishi mumkin edi.Bahor kelishi bilan Xorazmshoh Saraxs ustiga yangi yurishga tayyorlana boshlaydi va yana Giyosiddin al-Guriydan yordam soraydi.Xorazmshohning 578-yil ramazon (1183, yanvar) sanasidagi maktubidan korinadiki, bu gal Saraxsni qamal qilishga harakat bolmagan, Xorazmshoh qoshini uning hududiga yaqin bormagan. Xorazmshoh oz niyatini ozgartirib, qoshinni Movarounnahr tomonga buradi, avval xabar berilgandek, Buxoroni bosib oladi. Bu ishni Takash ozi uchun foydaliroq deb biladi. Giyosiddinga oz oldiga qoygan vazifani bajarganligini yozib, Xurosonga emas, Xorazmga qarab obro bilan qaytadi. Chunki, otlar haddan ortiq toliqqan, sovuq va tinimsiz yomgirli qish kirib kelgan edi.Xorazmshoh endi asosiy etiborni qoraxitoylar va Movarounnahrga qaratishni ozi uchun eng muhim masala deb biladi. To Movarounnahrda uning tasir doirasi kuchayguncha, Xurosonga nisbatan sabr qilish, kutish yolini tutdi. Xorazmshohning Giyosiddin al-Guriyga yozgan xatlari qancha ustomonlik, fasohat bilan yozilgan bolmasin, unda dostlik va hamkorlik qilishga har qanday urinishga vadalar berilmasin, Takash Xorazmning sharqiy va janubiy chegaralari masalasida oz oldiga qoygan vazifalarga sodiq turardi. Ammo, Xuroson ishlariga, undan keyin Iroqi Ajam ishlariga ham aralashish, Saljuqiylar bilan kurash - bular hammasi bir bolib Xorazmshoh uchun oziga xos maksimum dastur edi. Hozircha uning butun etibori faqat Movarounnahrga qaratilgan edi.579-yil rabial oxir oyi (1183-yil, avgust) sanasida Obivarddan Giyosiddin al-Guriyga yuborilgan maktubda aytiladiki, Xorazmshohning vazifasi allaqachon unnng himoyasiga otgan. Togonshoh ogli” tasarrufidagi yerlarni mudofaa qilishdir. Xorazmshohga qarashli 50 ming turk himoyachisi Xurosonga kelgandan beri uning noibiga daxl qilganlarini tor-mor qilish bilan shugullanadi.1185-yil aprelda Togonshoh vafot etgandan keyin uning ogli Sanjarshoh Nishopur hokimi bolib qoladi. Uning davrida (yoki aniqrogi otabek Mengli-Tegin amalda hokimlik qilgan davrda) Xurosondagi ahvol shu darajaga yetgan ediki, Xorazmshoh Takash oxir-oqibatda bu mulklarni Xorazmga qoshib oladi.Bu davrda Xorazmshoh Takash bilan Mozandaron va Gilon hokimi ispahbod Husayn ad-Davla Ardasher (1171-1205) ortasida yaxshi qoshnichilik munosabatlari yolga qoyiladi. Ikki hukmdor muntazam ravishda bir-biriga elchilar almashib, sovga-salom yuborib turdilar. Ularning dostlik munosabatlari Xorazmshoh qizi Shoh xotunni Ardasherga turmushga bergandan keyin yana ham mustahkamlanadi. Xorazmshoh Mengli-Teginni tor-mor qilish uchun jang olib borayotganida ispahbod Ardasher unga yordam tariqasida ikki ming kishilik qoshin yuboradi. Shu munosabat bilan Xorazmshohning ispahbod Ardasherga yuborgan maktubi nspahbodning qaram noib (ispahbod muazzam farzand) ekanligidan darak beradi.

Yüklə 71,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin