Gistologiya (gisto va logiya) odam va hayvonlar organizmining toʻqimalari haqidagi fan. "G." terminini birinchi boʻlib nemis olimi K. Mayer taklif etgan. G



Yüklə 18,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü18,5 Kb.
#43366
Gistologiya


Gistologiya (gisto... va ...logiya) — odam va hayvonlar organizmining toʻqimalari haqidagi fan. "G." terminini birinchi boʻlib nemis olimi K. Mayer taklif etgan. G. toʻqima va aʼzolarning evolyutsiyasi, rivojlanishi (gistogenez), mikroskopik va oʻta nozik tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi (gistofiziologiya), shuningdek, ularning tuzilishi bilan faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishni oʻrganadi.

G. odam va hayvonlar anatomiyasi, fiziologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, biokimyo, embriologiya va bir qancha klinik fanlar bilan chambarchas bogʻlangan. G.ning asosiy boʻlimlari: hujayralar haqidagi fan — sitologiya; toʻqimalar haqidagi fan — umumiy G.; aʼzolarning mikroskopik tuzilishi haqidagi fan — xususiy G. Zamonaviy G. maqsadlari va tekshirish usullariga qarab bir necha tarmoqqa boʻlinadi: hujayra, toʻqima va aʼzolar hamda ulardagi ayrim strukturalar (mas, kollagen, elastik tolalar), hujayra organoidlari (mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalar va h.k.)ning funksiyasi haqidagi taʼlimot — gistofiziologiya , hujayra va toʻqimalar rivojlanishining turli bosqichlarida hamda hayot faoliyati davrida roʻy beradigan biokimyoviy jarayonlarni oʻrganadigan sitokimyo vagistokimyo, hujayra va toʻqimalarning eng nozik (submikroskopik) tuzilishi haqidagi taʼlimot — elektron mikroskopiya shular jumlasidandir. Bundan tashqari, normal toʻqima va aʼzolarning mikroskopik tuzilishini oʻrganadigan tasviriy G., tajriba (eksperiment) vaqtida hayvon toʻqimalarida roʻy beradigan morfologik oʻzgarishlarni tekshiradigan eksperimental G., patologik holatdagi toʻqima va aʼzolarning morfologik oʻzgarishlarini oʻrganadigan patogistologiya ham bor. G. fanining shakllanishi mikroskop takomili bilan uzviy bogʻlangan. Birinchi eng oddiy mikroskopni golland olimi Gene Yansen va oʻgʻli Zaharias 1591 y. kashf etgan.

17—18-asrlarda G.ga oid maʼlumotlar qisman anatomiyaga, qisman fiziologiyaga ayrim bob boʻlib kirdi. G. 19-asrdagina mustaqil fan boʻlib maydonga keldi. 19-asrning 30-y.larida nemis biologi T. Shvann G. fanida erishilgan yutuqlar hamda oʻzi yasagan axromatik mikroskopdan foydalanib, hayvon va oʻsimliklar hujayralardan tuzilgan va hujayralardan rivojlanadi, degan nazariya (hujayra nazariyasi)ni asosladi. Shundan keyin G. tez rivojlana boshladi. Toʻqimalarni organizmdan tashqarida undirish, ayrim toʻqimalarda jarroxlik operatsiyalari oʻtkazish usullarini joriy qilish tufayli G.ning tadqiqot koʻlami boyidi. Sitofotometriya, radioavtografiya, ultrabinafsha nurlar bilan oʻtkaziladigan mikroskopiya, interferension mikroskopiya, differensial sentrifugalash, elektron mikroskopik gistokimyo va b. zamonaviy usullarning qoʻllanilishi tekshirilayotgan birikmalarning joylashuvinigina emas, balki ularning miqdorini organizmning normal hayot faoliyati jarayonida va patologik jarayonlarning taraqqiy etishini oʻrganishga imkon berdi. G. yuksak nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan fanlar qatoriga kiradi. Soʻnggi vaqtda elektron mikroskop yordamida toʻqima, hujayralarning oʻta nozik tuzilishini oʻrganish usuli keng rivoj topdi. Toshkent davlat tibbiyot instituti (1-ToshTI) olimlari (Oʻzbekistan FA ning akad. KL.Zufarov, prof.lar V.M. Gontmaxer, A.Y. Yoʻldoshev va b.) samarali ilmiy izlanishlar olib borib, 1987 y.da muhim ilmiy kashfiyot qildilar. Ular dunyoda birinchi marta goʻdak bolalarda ichak orqali soʻrilgan ekzogen oqsil moddalar buyrakda parchalanishini va qayta soʻrilishini isbotlab, pediatriya, diyetologiya, nefrologiya, fanlarining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshdilar.

G. tibbiyot, chorvachilik va veterinariyaning dolzarb muammolari bilan uzviy bogʻlangan holda rivojlanmoqda.



Ld.: Zufarov K. A. i dr., Atlas "Elektronnaya mikroskopiya organov i tkaney", T., 1971.
Yüklə 18,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin