Ashtarxoniylar davri siyosiy tarixi manbalarda hamroyeva Dilshoda Ravshan qizi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150238
  1   2
310-314 (1)



WWW.HUMOSCIENCE.COM
310 
ASHTARXONIYLAR DAVRI SIYOSIY TARIXI MANBALARDA 
 
Hamroyeva Dilshoda Ravshan qizi 
Buxoro davlat universiteti, 2-kurs magistranti 
Аnnotatsiya
: Аshtarxoniylar davri Oʼzbekiston tarixining XVIII asr oʼrtalariga 
qadar boʼlgan davrda muhim ahamiyat kasb etadi.Tarixiy manbashunoslikda bugunmi 
kunda ushbu davrga oid turli koʼrinishdagi yozma manbalar nashr etilgan 
bòlib,ularning har biri tariximizni yoritishda oʼz oʼrniga ega. 
Kalit soʼzlar
: Аshtarxoniylar, Buxoro xonligi, Ubaydullanoma, Аbdurahmon 
Toleʼ, Tarixi Muqimxoniy, Dastur ul-muluk, Florio Beneveni, Bahr ul-asror, Matlab 
ut-tolibin. 
Annotation
: The Ashtarkhanid period is important in the history of Uzbekistan 
until the middle of the XVIII century.In the field of historical sources today, there are 
various written treatsises of this period,each of which tekes its place in the coverage of 
our history. 
The key words
: Ashtarkhanids, Bukhara khanate, Ubaydullanoma, Abdurahmon 
Tole, history of Muqimkhaniy, Dastur ul-muluk, Florio Beneveni, Bahr ul-asror, 
Matlab ut-tolibin. 
XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo xonliklarida qarama-qarshi 
va murakkab tarixi jarayonlar ichgan.Ularni o'rganishda bu davr oralig'ida yaratilgan 
manbalar mahalliy muarrixlarning asarlari, Markaziy Osiyo hududiga XVI-XIX 
asrning birinchi yarmida tashrif buyurgan elchilar, sayohatchilar va boshqalarning 
xotiralari muhim o'rin tutadi. 
XVII-XVIII asr boshlari tarixini yorituvchi Muhammad Amin Buxoriyning 
"Ubaydullanoma", Abdurahmon Tole'ning "Abulfayzxon tarixi, Muhammad Yusuf 
Munshiyning "Tarixi Muqimxoniy, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
311 
"Muhit ut-tavorix", Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror do manoqib ul-ahyor" 
(Oliyjanob kishilarning jasorati haqidagi sirlar dengizi), Abulabbos Muhammad Tolib 
"Matlab ut-tolibin, (Toliblar matlabi) asarlari muhim tarixiy manba hisoblanadi. 
Bundan tashqari Hoji Mir Muammad Salimning "Silsilat us salotin" (Podshohlar 
silsilasi), Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-muluk" (Podshohlar uchun dastur), 
Muhammad Vafo Karmanagiyning"Tuhfat ul-xoniy", asarlari ham bu davr tarixini 
yoritishda alohida o'rin tutadi. 
Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-muluk" asari O'zbekiston tarixini 
o'rganishda zòr qimmatga ega. Termiziy Ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645-
1681) va Subhonqulixon (1681-1702) bilan zamondosh bo'lgan. U 1702-yilgacha 
Qarshida raislik lavozimida turgan
1
. Abdulazizxon saroyida tarixchi (voqeanavis) 
lavozimida ishlagan. Shuningdek, Abdulazizxonning Buxoroga kirib kelgan 
xorazmiylarga qarshi yurishida ishtirok etgan. Bundan tashqari Xoja Samandar 
Subhonqulixonning Balxaga 1097/1685, 1104/1693 va 1107/1695-yillarda amalga 
oshirgan 3 ta yurishining ishtirokchisi bo'lgan. Ushbu asar Subhonqulixonga 
bag'ishlangan. Asar uzoq vaqt tadqiqotchilar e'tiborini tortmadi. Bunga sabab asar 
nomi va tuzilishi (boblar ro'yxati) unga etik-didaktik mazmundagi asar sifatida 
qaralishiga olib kelgan. M,A.Salohiddinovaning 
so'zlariga 
ko'ra 
bu 
asar 
tadqiqotchilarni SSSR FA Sharqshunoslik institutining fors va tojik qo'lyozmalari 
qisqa katalogini tuzish vaqtida qiziqtiradi, chunki asarning uchdan ikki qismini tarixiy 
mazmundagi ma'lumotlar tashkil etadi.1694-yil Eron filologiyasi bo'yicha IV 
Butunittifoq ilmiy konferensiyasida "O'rta Osiyo tarixi bo'yicha yangi manba" 
mavzusida ma'ruza o'qildi. Ushbu ma'ruzada "Dastur ul-muluk" muallifi haqida qisqa 
ma'lumotlar berilib, asarning tarixiy manba ekanligini tushuntirishga harakat qilindi.
"Dastur ul-muluk"da quyidagi siyosiy voqealar bayon etilgan: Xiva xoni 
Anushaxonning 
Buxoro 
xonligining 
markaziy 
shaharlariga 
bosqini, 
Subhonqulixonning Balxga 2 marta yurishi, Subhonqulixon qo'shinining Xurosonga 
1
A.Abduramov,G.S.Fuzailova .Tarixiy manbashunoslik.Toshkent:Fan,2006 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
312 
Bolo 
Murg'ob 
qal'asini 
egallash 
uchun 
yurishi, 
isyonkor 
rahbarlarning 
Subhonqulixonga qarshi g'alayoni va shu bilan bog'liq Xiva xoni Anushaxonning o'g'li 
Erengxonning Qorako'l shahrining tumanlariga hujumi. Mazkur voqealar "Muhit ut-
tavorix" va "Tarixi Muqimxoniy tarixiy asarlarida o'z aksini topgan. 
“Matlab ut-tolibin” (Haqiqat izlovchilarning maqsadi) Tojidinning o’g’li 
Abulabbos Muhammad Tolib tomonidan 1663/64-yili yozib tamomlangan. Unda 
mashhur Jo’yboriy xojalaridan xoja Muhammad Islom , xoja Sa’d, xoja Tojiddin 
Hasan, xoja Abdurahim, Abdixoja va Muhammad Yusufxojalarning hayoti va ijtimoiy-
siyosiy faoliyati bayon etilgan, shuningdek, ushbu asarda ular istiqomat qilgan Buxoro 
shahri va hududi, undagi savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yoritiladi hamda Jo’ybor 
shayxlarining faoliyati va vaqf mulklari sanab o’tiladi. “Matlab ut-tolibin” faqat 
biografik asar bo’lib qolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotiga hamda Buxoro xonligi bilan Hindiston o’rtasidagi munosabatlarga tegishli 
o’ta muhim ma’lumotlar mavjud.Shuning uchun ham undan V.I.Vyatkin va P.P.Ivanov 
Jo’yboriy xojalarning yer-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri 
sifatida foydalanishgan. Muhammad Tolib haqida quyidagilar ma’lum
2
. Asarda 
uchragan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, otasi 1608-yil vafot etganda u 39 yoshda
bo’lgan. Shunga ko’ra, muallifning tug’ilgan yili 1579-yil bo’lib chiqadi. “Matlab ut-
tolibin” tarkibi an’anaga ko’ra muqaddima, xotima va 8 bobdan iborat.Asarda 
Abdullaxon soniy bilan uning o’g’li va taxt vorisi Abdulmo’min sulton o’rtasida 
boshlangan ziddiyat haqidagi masalalarda aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb 
etadi.Abdixo’janing XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining 
ichki ahvoli va uning mamlakatning siyosiy hayotida tutgan o’rni va mavqeyi haqida 
quyidagi ma’lumotlarni uchratamiz.So’nggi Shayboniy Pirmuhammad soniy davrida 
mamlakat beqarorlikka yuz tutdi. Shu payt Abdixo’ja Buxoroni tark etib Samarqandga 
bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi Muhammadning omadi yurishib taxtni 
egallaguday bo’lsa, davlatni birgalashib boshqarishga ahdlashdilar. Asarda Boqi 
2
Агзамова Г.А.Сунгги урта Осиё шахарларида хунармандчилик.-Тошкент.2000 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
313 
Muhammadning mana bu so’zlari keltiriladi:”Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga 
muyassar bo’lsak, unda mamlakatni siz, men va Vali Muhammad o’rtasida uchga 
taqsimlaymiz…”Ertasi kuni ertalab , nonushta paytida Abdixoja Boqi
Muhammadxonga murojaat qildi ” Tabriklaymiz, ulug’ ajdodlarimiz sizga poytaxt
Buxoroni in’om qildilar”. Boqi Muhammadxon suyunib ketdi va singlisini Abdixojaga 
xotinlikka berdi. 
Ashtarxoniylar davri tarixini yoritishda rus elchilarining o'z hukumatiga yuborgan 
ma'lumotnomalari ham alohida ahamiyatga ega.Xususan, Rossiya elchilik 
mahkamasining mas'ul xodimi Florio Beneveni ma'lumotnomalari shular jumlasidan. 
Rossiya elchilari Buxoroda 3,5 yil 1721-yil 6-noyabridan to 1725-yil 8-aprelgacha 
turdi va Buxoroning o'sha davrdagi ahvoli haqida muhim ma'lumotlar to'playdi. Uning 
o'z hukumatiga yuborgan ma'lumotnomasida bu haqida mana bularni o'qish mumkin: 
"Uni (komerdiner N.Minerni) savdogar qiyofasida mol bilan Balx va Badaxshonga 
jo'natgan edim. Va ulardan o'tib Lohurgacha borishni buyurgan edim. Lekin yo'lda 
talonchilar ko'pligidan Balxdan orqaga qaytdi."
3
Ushbu ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, xonlik tarixiga oid yaratilgan tadqiqotlar
va nashrlarda asosiy e’tibor Buxoroning siyosiy tarixi, davlat tuzilishi, boshqaruvning 
xususiyatlari, Rossiya bilan munosabatlari kabi masalalarga qaratilgan.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin