Fizika sohasida malakali qadrlar tayyorlashning innavatsion texnalogiyalar



Yüklə 34,5 Kb.
tarix09.12.2022
ölçüsü34,5 Kb.
#73435
Xojaboyeva Sadoqat Abduraxmonovna Solayeva Moxira Amanbayeva


Fizika sohasida malakali qadrlar tayyorlashning innavatsion texnalogiyalar.
Xorazm viloyat Urganch shahar Urdu magstranti
Xojaboyeva Sadoqat Abduraxmonovna
Solayeva Moxira Amanbayeva
Annotatsiya:Ushbu maqolada Fizika fanining o'qitish ishlatiladigan zamonaviy metodlar hamda Fizika sohasida malakali qadrlar tayyorlashning innavatsion texnalogiyalar haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Fizika,zamonaviy kompyuter texnologiyalar,innovatsion metodlar,interfaol metodlar,atom fizikasi.
Fizika (grekcha — „tabiiy“, (physis) — „tabiat“) tabiiy borliq haqidagi fan boʻlib, tabiatning eng keng tarqalgan qonunlari, modda, uning tuzilishi, harakati va o'zgarish qoidalarini oʻrganadi. Fizika bu tabiiy fandir, lekin undagi qonuiyatlar va hisob-kitoblar aniqlikka asoslangan. U quyidagi asosiy qismlardan iborat:
Klassik mexanika
Elektrodinamika va klassik maydon nazariyasi
Kvant mexanikasi
Statistik fizika va Termodinamika
Optika va Spektroskopiya
Molekulyar fizika
Atom fizikasi
Kvant maydonlar nazariyasi
Gravitatsiya va Kosmologiya
Kalibrlangan maydonlar va Supersimmetriya.
Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi.[1]
Oʻrganilayotgan obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, gaz va suyuqliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz ichiga oladi.
Zamonaviy fizika, shuningdek, kvant fizikasi deb ham ataladi. 1900 yilda kvant nazariyasi va 1905 yilda nisbiylik nazariyasi, 20-asrdan boshlab yorug'likning qanday tarqalishi haqida noma'lum narsa hal qilindi va bugungi kunda zamonaviy fizika sifatida biz biladigan narsalar paydo bo'ldi. Klassik yoki Nyuton fizikasi tug'ilishi paytida yorug'lik zarracha yoki to'lqinmi degan bahslar mustahkam poydevor topa olmadi.1900 yilda Maks Plank (1858-1947) kvant atamasini kiritdi (kvant qorong'u tanada joylashgan nurlanishni tushuntirish va o'lchash uchun zarrachadagi minimal energiya sifatida).Fizik Maks Plank yorug'lik energiya paketlarida tarqalishini va har bir paketning energiyasi Plank konstantasida aniqlangan to'lqin uzunligiga teskari proportsional deb da'vo qildi.Boshqa tomondan, Albert Eynshteyn 1905 yilda o'z nisbiylik nazariyasi bilan vaqt va makon nisbiy ekanligini ta'kidlab, yorug'lik tezligi tabiatning asosiy doimiysi ekanligini ta'kidlaydi. Shu tarzda, Eynshteyn Plankning yorug'likning energiya zarralari sifatida tarqalishi haqidagi g'oyasini kuchaytiradi va bu zarralar har doim yorug'lik tezligida harakatlanadigan fotonlar ekanligini tasdiqlaydi. Fotonlar yorug'lik tezligida harakatlanishi uchun ularning massasi har doim 0 ga teng bo'ladi, chunki agar zarracha massiv bo'lsa, harakat qilish uchun cheksiz energiya kerak bo'ladi, chunki Nyutonning klassik fizikaning birinchi qonuni tomonidan e'lon qilingan. Shuning uchun faqat massasiz zarracha yorug'lik tezligida harakatlanishi va cheksiz energiyaga ega bo'lishi, shu bilan elektromagnit maydon kvantini belgilashi mumkin. Kvant mexanikasi deb ham ataladigan zamonaviy fizikaning asosiy postulati shuni ko'rsatadiki, materiyani tashkil etuvchi elementar zarrachalar to'lqin va zarracha xususiyatlariga ega.To'lqin-zarrachalar ikkilikliligi shu tarzda tabiatning atom darajasidagi asosiy xossasi bo'lib, zamonaviy fizikaning asoslarini belgilaydi, atom va subatomik darajadagi xatti-harakatlarini, xususiyatlarini va nurlanishini o'rganish sifatida tushuniladi. nafaqat kundalik narsalar, klassik fizikani o'rganish sohasi.[3] O'qitish texnologiyasi – o`qitishning maqsadiga yetish uchun tanlab olingan metodlarni, vositalarni turli shaklda qo'llash, boshqacha aytganda, talabalarga bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirishning unumli yo`lini ifodalaydi. Bunda xom-ashyo -talaba hisoblanadi. Uni ishlatish – o`qitish jarayonini tashkil qilish.[2]
Bugungi kun fizika o'qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri ta'limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni o'qitish amaliyotida qo'llashdir. Fizika o'qituvchisi o'quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg'ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin. O'qituvchi o'tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o'tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo'lishi kerak. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar:
— axborot vositalaridan foydalanib;
— ko'rgazmali qurollari yordamida;
— interfaol metodlarni qo'llash orqali;
va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o'quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi.[3] O'quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi. An'anaviy ta'limdan farqli zamonaviy ta'limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o'quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash fizika fani o'qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda dunyoning ko'plab rivojlangan mamlakatlarida o'quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta'lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan. Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo'llay bilish bugungi zamon fizika o'qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir. Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natija(samara)ning kafolatlanishi o'qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni to'g'ri baholay olishiga bog'liqdir. Har bir o'tiladigan darsda ta'limning aniq maqsadining belgilanishi o'qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo'yicha o'qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi.Fizika fan sifatida o'tilgan vaqtdan boshlab fanning ma'lumotlar bazasi ko'payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib boryapti. Shu sababdan fizikani o'tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o'quvchining o'zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma'lumotlar hajmini miqdoriy o'lchamga keltirish zarur. Ta'lim tizimida multimediali elektron o'quv adabiyotlar, ma'ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo'ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Ta'lim tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar mavjud bo'lib bunda foydalanuvchi boshlang'ich parametrlarni kiritib bir necha turkum ishlarni (laboratoriya, yong'in xavfsizligi masalalarini tahlil qilishda, taqdimot ma'ruzalarida animatsiyalar) dan keng foydalanishi mumkin.[4] Fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlariga: MatCad, MatLab, Maple, Crocodile, Physics, Electronics Workbench va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda kompyuter modellarini o'quv jarayonlarida foydalanish o'zining samarasini beradi.Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun axborot texnologiyada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, modellashtirishning o'ziga xos muhim tomonlari shundaki, turli xil asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko'rinishda tasvirlash, tajribani oz fursat ichida istal-gan paytda takrorlash, kuzatish qiyin bo'lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo'lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Kompyuter dasturini qo'llash orqali o'tilgan mashg'ulotlar oddiy mashg'ulotlardan ko'ra yaxshiroq samara beradi.
Xulosa:
Fizika fanini o'qitishda kompyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali mashg'ulotlar olib borish o'qituvchi va tinglovchiga qulaylik yaratib, fizik jarayonlarning yuz berish mexanizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi samara beradi. Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma'ruza, amaliy va ayniqsa tajriba mashg'ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga tayangan holda olib borish o'qitish jarayonida tinglovchilarga bilim berish va fan asoslariga doir ko'nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omillari bo'lib hisoblanadi.Fizika fanini o'qitish jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalarini idrok etishga olib keladi, mavzuni o'rganishga qiziqishni uyg'otadi, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini yaxshilaydi. Kompyuter materiallari o'qituvchini to'ldirishi, yangilanishi, turmush tarzi bo'lishi mumkin bo'lgan yagona o'quv vositalarining zarur bir qismidir. An'anaviy ta'lim bilan solishtirganda innovatsion texnologiyalarni birlashtirishning afzalliklari xilma-xil. Ularga, bilimlarni samarali sinovdan o'tkazishdan tashqari, ishlab chiqarish va mantiqiy fikrlashdan va boshqalarni sinab ko'rish va boshqalarga tegishli, uslubiy shakllarning xilma-xilligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. O'quv jarayoniga kompyuter texnologiyasini birlashtirish, siz quyidagilarni ta'minlashingiz mumkin:
Kompyuter bilan aloqaning o'ziga xos xususiyatlari va ixtisoslashtirilgan dasturlar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlari tufayli konstruktiv, algoritmik fikrlash;
Aqlli o'quv tizimlari va modellashtirish dasturlari o'rtasida vazifalarni bajaradigan reproduktiv faoliyatning mazmunini o'zgartirib ijodiy fikrlashni rivojlantirish;
Shu kabi metodlardan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Jo`rayev. M ―Fizika o`qitish metodikasi Toshkent:. ―Abu matbuot konsalt 2015.
2.Jo'raev O.B. Molekulyar fizika. - Samarqand: SamDU, 2004.
3.Mirzaxmedov В.М. va bosliq. Fizika fanini o'qitish metodikasi.-T.. 2010.
4. Baydayev .A ―Klassik statistik fizika– T:. Iqtisod moliya, 2003
Yüklə 34,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin