“Buxoro mavrigisi”ning
o‘zbekcha varianti
Dilbarim uyg‘onmadi deb shubhalanma ko‘zlarim,
Uyg‘onib yupqa tomoqqa
boqsa marjondan.
Sen ey Laylidek, Ra’nodek
Ajoyib dilravo derlar.
Mani Majnuni shaydodek
Ko‘yingda bir gado derlar.
Kecha-kunduz eshigingda,
Firoqu nolalar qilsam.
Ki har chi ne navo qilsam,
Hanuzam be navo derlar.
Yurib so‘rdim tabiblardin,
Bu dardimga davo bormi
Tabib ayturki, ey nodon,
Bu dardni bedavo derlar.
Qani Layli, qani Majnun,
Qani Shirin bilan Farhod,
Ular o‘tdi bu olamdin,
Bu olamni bedavo derlar.
|
Hey, yoring mani yoring mani,
Yori vafodoring mani ey.
Xasta g‘uloming bo‘layin,
Sochingga bandi bo‘layin.
Soching belingga tushgan ey,
Belbog‘ing yerga tushgan ey.
Qoshing kamonga tushgan ey,
Jonim nishonga tushgan ey.
Chaq chaqi dandonat zanad,
Baq baqi dandonat zanad.
Hamto‘ ravam da peshaton,
Chaq chaqi dandonat zanad.
Az g‘amaton muram mani,
Baq baqi dandonat zanad...
(Buxoro. G‘ijduvon shahri, folklor shaydolari Baqoev Nasriddin va Baqoeva Istat opa yordamida yozib olindi)
|