Barkamol avlod


«Mehmonjon, o‘tir birpas» qo‘shig‘i matni



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə19/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

«Mehmonjon, o‘tir birpas» qo‘shig‘i matni
Naqorat:
Hamma:
Umring ziyoda bo‘lsin.
Dushman piyoda bo‘lsin.
Mehmonjon, o‘tir birpas,
Qo‘lda piyola bo‘lsin.
Yakkaxon:
Choyga soldim kiyik o‘t.
Suyganingni suyib o‘t.
Bir piyola choy beray,
Islariga to‘yib o‘t.
Naqorat:
Hamma:
Umring ziyoda bo‘lsin.
Dushman piyoda bo‘lsin.
Mehmonjon, o‘tir birpas,
Qo‘lda piyola bo‘lsin.
Yakkaxon:
Choyimga soldim rayhon.
Dardingga bo‘lsin darmon.
Bir piyola choy beray,
Ichib yayra oshnajon.
Mustaqil ish
1. «Mehmonjon, o‘tir birpas» qo‘shig‘ini sizga nima uchun o‘rgatilayotganligi haqida tengdoshlaringiz fikrini o‘rganing va tahlil qiling.
2. Ushbu qo‘shiq bilan barqaror taraqqiyot o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini tahlil qiling.
3. «Mehmonjon, o‘tir birpas» qo‘shig‘i matnini o‘qib takrorlang va audio musiqasini tinglang.
4 “Mehmonjon, o‘tir birpas” qo‘shig‘ini audio musiqasi yordamida mustaqil kuylang.
18. Toshkent, Farg‘ona folklor qo‘shiqlari.

Toshkent, Farg‘ona folklor qo‘shiqlari asosan yalla va laparlardan iborat. “Jamalagi tillo qizgina” hamda “Yalla jonim, yalla” qo‘shiqlarini Toshkent, Farg‘ona ijro yo‘lida ijro etish uslublari shakllantiriladi. Qo‘shiq matni, qo‘shiqdagi o‘z shevasiga xos so‘zlar o‘rni va ularning ishlatilishi, audio tasma orqali eshittirilib ko‘nikma hosil qilinadi. Toshkent, Farg‘ona folklorlarini, unga xos bo‘lgan raqslarni ijro etish orqali bilimlari yanada mukammallashtiriladi.




Yallolashaylik


R. Avezov she’ri (Toshkent-Farg‘ona mahalliy uslubi)

Yallama-yorim yallola, yallolashaylik.


Uchtami-to‘rtta bir bo‘lib, xandonlashaylik.
Keldi bahor jo‘ralar, o‘lkam yashnaydi bu kun.
Xandon otib yigit-qizlar, xursandlashaylik.


Naqorot.
Jamalagin tortmangiz, qizlar xafa bo‘lmasin.
Noxush so‘zlar aytmangiz, ko‘ngli g‘amga to‘lmasin.


Naqorot.
Keling qizlar, qalbimiz nurga to‘lsin, o‘ynaylik,
Koshonamiz-uyimiz gulga to‘lsin, kuylaylik.


Naqorot.
Mehr- vafo andisha shiorimiz-va’damiz.
Qo‘lni qo‘lga beraylik gullolashaylik.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin