Barkamol avlod



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə17/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

Mustaqil ish
1. «Xo‘p bo‘pti, ajab bo‘pti » qo‘shig‘i matnini daftaringizga yozing va tengdoshlaringiz bilan yod oling.
2. Ushbu qo‘shiqning aynan siz tomondan kuylanishi tahlil qiling barqaror taraqqiyot uchun qanday ahamiyati borligini tahlil qiling.
3. Ushbu qo‘shiqqa o‘xshash bo‘lgan qanday qo‘shiqlarni ota-onangiz yoshligida kuylaganligini aniqlang va bu haqda materiallari (matni, audiomusiqasi)ni to‘plang.
4. Darsdan bo‘sh vaqtlaringizda tengdoshlaringizga «Xo‘p bo‘pti, ajab bo‘pti» qo‘shig‘ini kuylashni taklif qiling.

15. “Hay, Bodi, Bodi” qo‘shig‘i


«Hay, Bodi, Bodi» qoʻshigʻi mazmuni so‘zi adabiy tildagi “Bodi” maqtanchoq iborasiga yaqin keladi. Qo‘shiq matni bolalar uchun xos bo‘lmasa-da, shunday matn ga ega bo‘lgan o‘yin qo‘shiqlar bolalar tomonidan kuylab kelingan.


Yosh qizchalarning "xola - xola" o‘yinida kattalarga taqlid qanchalik sezilsa, o‘g‘il bolalarga xos ba'zi o‘yinlarda ham kattalarga taqlid yaqqol ko‘rinadi.
Mazkur qo‘shiq ana shunday taqlid qo‘shiqlaridan biridir. Qo‘shiqning musiqiy matni juda sodda bo‘lib, o‘g‘il bolalar guruhi tomonidan kuylanadigan bo‘laklarning boshlang‘ich qismi musiqiy ifodasiz ijro etiladi.
Naqorat:_O‘g‘il_bola'>«Hay, Bodi, Bodi» qoʻshigʻi matni
Naqorat:
O‘g‘il bola-
Bozorga bordim.
Bodini ko‘rdim.
Qulog‘i shalpang,
Qozini ko‘rdim.
Hamma - Keyin - chi?
O‘g‘il bola
Uyga kelib mayak yedim
Kampirimdan tayoq yedim
Hamma
Hay, Bodi, Bodi,
Boding qani?
Savdogar o‘tgan,
Zoting qani?
Egar qo‘lingda,
Qamchi belingda,
Gijinglab turgan,
Oting qani?
Naqorat:
Hamma
Xumchaday kalla,
Kallaga salla,
Shalpang quloqqa,
Qalami malla.
Meshday qorni bor,
Tomog‘i tekin
Muhrini bossa,
Aqchani to‘la.
Mustaqil ish
1. «Hay, Bodi, Bodi» qo‘shig‘ining hozirgi kunda siz tomon dan kuylanayotgan qo‘shiqlardan farqini aniqlang.
2. «Hay, Bodi, Bodi» qo‘shig‘ining aynan siz tomondan kuylanishi barqaror taraqqiyot uchun qanday ahamiyati borligini tahlil qiling.
3. Ushbu qo‘shiqqa o‘xshash bo‘lgan qanday qo‘shiqni ota onalaringiz yoshligida kuylaganligini aniqlang va uning materiallari (matni)ni to‘plang.
4. « Hay, Bodi, Bodi» qo‘shig‘ini notalar yordamida kuylang .



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin