Barkamol avlod


“Binafshalar ochildi, oh bolajon” qo‘shig‘i



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə18/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

16. “Binafshalar ochildi, oh bolajon” qo‘shig‘i


«Binafshalar ochildi, oh, bolajon» qoʻshigʻi mazmuni
Tengqur o‘g‘il va qizbolalarning darsdan va ishdan bo‘sh vaqtlaridagi dam olish onlarini ifodalovchi “Binafshalar ochildi, oh, bolajon" qo‘shiqlarining so‘z matni notanish bo‘lmasada, musiqasi hamma uchun tanishdir.
"Binafshalar ochildi-yo, chakangataq, chakanga" so‘z matni bilan hammamizga tanish birinchi qo‘shiq boshqacharoq matn bilan ijro etilgan bo‘lsa, "Yallama yorim" sifatida hammaga tanish bo‘lgan musiqa jo‘rligida" Oh, bolajon" qo‘shig‘i ijro etilgan.
«Binafshalar ochildi, oh, bolajon» qo‘shig‘i matni
Naqorat:
Binafshalar ochildi- yo, tagiga bodom sochildi.
To bodomni terguncha - yo, qanotlarim qayrildi.
Qanot bering uchaylik, ostonadan chiqaylik.
Oq marmarday surp bering (o), yangamga to‘n bichaylik.
Binafshalar ochildi - yo, tagiga bodom sochildi.
To bodomni terguncha - yo, qanotlarim qayrildi.
Naqorat:
Oh, bolajon, deyman, jo‘rajon, deyman.
Unda - la borsang, bunda - la ket, mullojon, deyman.
Xovlingizda rayxonlar, shoxchasida marjonlar
Sizni ko‘rgan sudxo‘rlar, ko‘chalarda hayronlar.
Oh, bolajon, deyman, jo‘rajon, deyman.
Unda - la borsang, bunda - la ket, mullojon, deyman.
«Binafshalar ochildi, oh, bolajon » qo‘shig‘i
Mustaqil ish
1. O‘rtoqlaringizga bo‘sh vaqtlarda «Binafshalar ochildi, oh, bolajon» qo‘shig‘ini notalar yordamida kuylashni taklif qiling.
2. Ota-onangiz tomonidan yoshligida kuylagan qo‘shiq-larini aniqlang va bu haqda materiallari (matni) ni to‘plang.
3. “Binafshalar ochildi, oh, bolajon” qo‘shig‘ining bolajonlarga qanday ta'siri borligini va bu ta'sirning barqaror taraqqiyotga erishishdagi haraqatlar bilan bog‘liq tomonini tahlil qiling.


17. “Mehmonjon, o‘tir birpas” qo‘shig‘i


«Mehmonjon, o‘tir birpas» qo‘shig‘i mazmuni
To‘yga kelgan yangi mehmonga bag‘ishlangan ushbu qo‘shiq bir oz vazminroq usulda ijro etiladi.
Bir qarashda mehmonni choy bilan siylash davomida ijro etiladigan qo‘shiqning Muchal to‘yiga unchalik aloqasi yo‘qday tuyulsa-da, sahna harakatlari bilan boyitilgan, to‘y marosimining lirik chekinishi sifatida qabul qilinishi mumkin. Qolaversa, o‘zbek mehmondo‘stligi, mehmonning hurmatini joyiga qo‘yish kabi odatlarning, ayniqsa to‘y marosimlarida do‘ndirib bajarilishini yana bir bor ko‘rsatish maqsadida ushbu qo‘shiq mazkur dasturga kiritilgan bo‘lsa, ajab emas.
Qo‘shiqning naqorati hamma tomondan kuylanadi, yakkaxon esa qolgan satrlarini yolg‘iz o‘zi cholg‘u ansambli jo‘rligida kuylaydi. Tovush diapazoni imkoniyatidan kelib chiqib yakkaxonlikni o‘g‘il bola ham, qiz bola ham bajarishi mumkin.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin