O’zbek xalq musiqasi to’plamlari
Reja
1.O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari
2.Mehnat qo’shiqlari
3.O’zbek musiqasida mahalliy musiqiy uslublar
O’zbek xalqining o’z ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramokda. U o’zining xalq ijodi (ya’ni, folьklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlari – dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona – lirik mazmundagi epik asarlar–dostonlar ham muhim o’rin egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyoti va ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrdari ham g’oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.
O’zbek musiqa folьklori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari o’z funktsiyasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |