Turkiy tillar undosh tovushlar taraqqiyoti



Yüklə 53,06 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü53,06 Kb.
#181278
  1   2
Turkiy tillar undosh tovushlar taraqqiyoti


Mundarija


Turkiy tillar undosh tovushlar taraqqiyoti


Reja:



  1. Kirish.

Turkiy tillarning kelib chiqish tarixidan

  1. Asosiy qism.

1.Turkiy tillar tasnifi bo`yicha turkshunos olimlarning izlanishlari.
2.Qadimgi turkiy tillarning o`ziga xos xususiyatlari.
3.Turkiy tillarda undoshlar sistemasining tasnifi
4. Fonetik qarashlar Mahmud Koshg`ariyning nazmida
5. Alisher Navoiy davrida fonetik qarashlarning o`ziga xosligi
6.Jadid olimlarining o`zbek tili tovush tizimida turkiy tillarning ta`siri haqidagi fikrlari.
III. Xulosa
KIRISH
Turkiy xalqlarning moddiy va madaniy hayoti va yozuv tarixi haqidagi tarixiy arxeologik etnografik ma’lumotlar turkiy tilda so`zlashuvchi urug` hamda qabilalar eramizdan oldin mavjudligini, jamiyat bo`lib tashkil bo`lganligini, birgalikda turmush kechirganligini ko`rsatadi. Bu davr ilmiy adabiyotlarda turkiy tillar tarixida ”Oltoy tili davri” deb yuritiladi.
Bu haqida akademik B.Y.Vladimir yozadi: ”Mo`g`ul, turk va to`nguz tillari o`zining umumiy o`tmishdoshiga egaki, uni shartli ravishda oltoy tili deb atash mumkin. Hozir oltoy tili ma’lum emas. Lekin oltoy tillari mo`g`ul turk, to`nguz tillari bilan ular o`sha davr tilining taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan. Oltoy tili davrining oxirida turk va mo`g`ul qabilalari tabaqalanadi.
. Turkiy tillarni o'rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. Turkiyshunoslikni XI asrda Mahmud Qoshg'ariy boshlab berdi. O'zining "Devonu lugo'tit -turk" asarida olim (Qomus Istambulda Ahmad Rif at tomonidan 1915-1917-yillar (III tomlik) da nashr qilingan, shuningdek, Sim Atalay (Divanu Lug'at-it-Turk terkumesi) va C.Bchoskelmann (Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-Kasgaris Divan Lug'at-at-Turk) tomonidan tarjima qilingan) asosan uyg'ur, xakas, qipchoq va o'g'uz tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik tadqiqotlarni yuzaga chiqargan. Asarda qirg'iz, qipchoq, uyg'ur, tuxsi,yag'mo, chigil, igrak, charuk, yemak, boshqird tillari va xalqlari qarindosh deyiladi. Bulg'or va suvar tillarini birmuncha farq qiluvchi, o'g'uz tillarini esa eng oddiy, deb hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, tatar, basmil xalqlari boshqa tilda gaplashishgan. Eng to'g'ri, ya'ni adabiy tilga eng yaqin til - tuxsi va yag'mo tillari bo'lgan.
Mahmud Qoshg'ariy lug'atida so'zlar ulardagi tovushlar sonining o'sib borishiga ko'ra joylashtirilgan.Ismlar va fe'llar farqlanib, turkiy tillarning fonetik - morfologik tasnifi hamda jug'rofiy yoyilganligiga ko'ra xarakteristikasi berilgan. Tillar tabiatini hamda ularning u yoki bu tasnif guruhiga mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M. Qoshg'ariy quyidagilarni ko'rsatadi:

  1. so'z boshida y-j mosligi;

  2. so'z boshida m-b;

v) so'z oxirida y-n;
g) so'z boshida t-d;
d) so'z o'rtasida y-z.
Oltoy tili davrida mo`g`ul qabilalari R-L Tovushlariga ega bo`lgan tilga asoslansa, turkiy qabilalarda esa Z-Sh-X tovushlariga ega bo`lgan tilga asoslanadi. Saz batqoq qaz o`rdak. Oltoy tillari uchta katta til guruhini o`z ichiga oladi. Turkiy, mo`g`ul, to`nguz, manjor tillari. Bu tillarda hozir asosan Osiyo qit’asining Sibir, Mo`g`uliston, Sharqiy Shimoliy Xitoy, O`rta Osiyo, Volga bo`yi, Yaqin sharq, Kavkaz teritoriyalarida yashovchi xalqlar gaplashadilar.
Baskakov turkiy tillani rivojlanish tarixini quyidagi davlarga bo`ladi.
1. Oltoy davri milodgacha III asr. Turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi ilk bosqichi bo`lib, bu davrning muayyan sanalari fan tomonidan aniqlangan emas. Chunki tarixiy hujjatlar yo`q.
2. Xun davri (Milodiy V asrgacha)
3. Qadimgi turk davri (V-X asrlargacha)
4. O`rta turk davri (X-XV asrlar)
5. Yangi turk davri (XIV-XIX asrlar)
6. Eng yangi davr (XIX-XX asrlar)
Klasifikatsiyalar orasida turkiy tillarning ham til xususiyatlarini ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda turkiy tillarning barchasini to`liq qamrab olgan klasifikatsiya Baskakov klassifikatsiyasidir.
Bu tasniflarga ko`ra turkiy tillar dastlab ikkita tarmoqqa ajratiladi.
G`arbiy xun tarmog`i 4 shaxobchaga bo`linadi.

  1. Bulg`or shaxobchasi. Bunga qadimgi bulg`or, xazar va hozirgi chuvash tili kiradi.

  2. O`g`uz shaxobchasi. Bu shaxobchaga qadimgi o`g`uz va hozirgi turkman. Gagavuz, Ozorbayjon, turk tillari kiradi.

  3. Qipchoq shaxobchasi. Bunga qarayin, qumoq, qaram tatarlari, tatar, boshqoq, qoraqalpoq, qozoq tillar kiradi.

  4. Qarliq shaxobchasi. Bu shaxobcha tarixiga qadimgi uyg`ur tili, eski o`zbek tili va hozirgi uyg`ur, o`zbek tillari kiraid.



Sharqiy xun tarmog`i. Ikki shaxobchaga bo`linadi.

  1. Uyg`ur o`g`uz shaxobchasi. Bunga qadimgi o`g`uz tili va hozirgi tuva qaragaz, yoqut hakaz shor tillari kiradi.

  2. Qirg`iz qipchoq shaxobchasi. Bu shaxobchaga qadimgi va hozirgi qirg`iz tili va oltoy tillar kiradi.



Bogorotskiy hozirgi turkiy tillarda ularning geografik joylashi va fonetik xususiyatlari haqida klasifikatsiya qilgan.
Turkiy xalqlar va tillarning tarixiy taraqqiyoti yetarli hisobga olmagan. Bundan tashqari ayrim turkiy tillar, masalan qarayim va mo`g`ay tillar e’tibordan chetda qolgan.
V.Radlov ham turkiy tillarni fonetik xususiyatlari va qisman geografik joylashuvidan kelib chiqib klasifikatsiya qilgan.
Lekin u keltirgan ayrim fonetik xususiyatlar bir guruhga emas, balki bir necha guruhga bo`lingan.
S.E.Malov o`z asarlarida turkiy tillar tasnifiga doir bir qator qiziqarli fikrlarni bayon qiladi. U mavjud tasniflarga qilingan o`zining qo`shimcha va ilovalarda eskirgan xususiyatlarning saqlanishi hamda yangi xususiyatlarni hosil bo`lish jihatidan barcha turkiy tillarni 4 guruhga bo`ladi.
1. Eng qadimgi tillar
2. Qadimgi tillar
3. Yangi tillar
4. Eng yangi tillar.
L.Bensing va K.Menges klasifikatsiyalarida turkiy tillarning til xususiyatlaridan tashqari ularning tarixiy taraqqiyot protsessi ham hisobga olingan.
Samolovich esa turkiy tillarni tasnif qilishda fonetik prinsipga asoslanadi. U turkiy tillarni 6 guruhga bo`lgan.

  1. R guruhi – bu tillarda qadimgi turkiy tildagi Z va keyinchalik Y ga o`tgan tovush R tovushi bilan aytiladi. Azaq-ayaq

  2. D guruhi – bu tillarda Z tovushi D tovushi bilan aytiladi. Bu guruhga uyg`ur, tuva, qaragaz, salor tillari umuman uyg`ur va shimoliy sharqiy turkiy tillar kiradi.

  3. Tau guruhi – bu tillarga tog` so`zi tau tarzida aytiladi. Bu guruhga oltoy, qirg`iz, qumuq, qarachay, balqor yoki umuman shimoliy g`arbiy turkiy tillar kiradi.

  4. Tag`liq guruhi – bunda eski o`zbek tili, hozirgi uyg`ur va janubiy sharqiy turkiy tillar kiradi.

  5. Tag`liq guruhi – bunda xorazm o`zbek tili shevasi qipchoq turkman tillari kiradi.

  6. Ol guruhi – Bu guruhga ozarbayjon, turk, gagaus kabi g`arbiy turkiy tillar kiradi.




Xullas, turkiy tillarini o'rganish bo'yicha qisqacha sharh shulardan iborat bo`lib turkiy tillar, turkiy xalqlar va ularning madaniyati kabilar olimlarni qiziqtirib kelganligini dalillaydi.
2. Qadimgi turkiy tillarning fonetik qurilishiga xos xarakterli belgilaridan biri d-lanishdir. Bu davrda turkiy tillarda tarixiy jihatdan qadimgi r-t/d-s/z undoshlarining y ga o’tish hodisasi paydo bo`ladi va rivojlanadi. Masalan, XI asrda y-s/z mosligi Mahmud Koshg’ariyning devonida sanab o’tilgan tillardan faqat qarluq. qabila ittifoqi tarkibiga kirgan chigil tilida sakqlanib qolgan. Jumladan, chigil tilida k.a-rn tbzti (k.arn tbydi), azak. (ayak.) kabi so’zlar tar-kibidagi «y» undoshi o’rnida «z» qo`llangan. Eng qa­dimgi r mosligi xunn davridan oldingi bosqich uchun xos bo`lib, hozirgi mug`ul tillarida va faqat hozirgi chuvash tilida saqlangan bo`lsa, ancha keyingi t/d va s/z mosligi xunn davrida rivojlanadi. Turkiy tillar­ning o’zida esa t/d va s/z mosligining i undoshiga uti­shi hodisasi qadimgi turkiy va ayniqsa eski turkiy davr uchun xarakterlidir. Xuddi shu davrlarda qadimgi t/d va s/z hodisasi ko`pgina turkiy tillarda asta-sekin y bilan almashadi. Maxmud Koshg`ariy devonida keltirilgan faktlar X—XI asrlarda bir qator turkiy tillarda d-z (t-s) mosligi muvoziy holda ishlatilganligini, keyinchalik ular o`rnida y qo’llana boshlaganligini ko`rsatadi: adaq. — azaq. — ayaq, adrli —azrildi — ayrildi: Turk bodun qan`n bolmayn Tabrachda adrilt —turk xalqi xoni bilan bo`lmayin Tabg`achda ayrildi (Tunyuquq, 2, PDN); azrildi (MK, 1, 245 y) olar ikki ayrshd (MK, 1, 268) tidish (tizish)—tiyish (MK, 1, 386), azig` — ayig` (avchi necha al bilse, azr ancha yol bilir — ovchi qancha xiyla bilsa, ayiq ham shuncha qochish yo`lini biladi. (MK, 1, 94 b) sezrek-siyrak (MK, 1. 442 b).
Turkiy tillarda undoshlar sistemasi.
Qadimgi turkiy tilda b, m n, lab undoshlari mavjud. Sirgaluvchilari undoshi f yo`q, O`rxun yozuvida v uchun maxsus harf yo`q. Uning o`rnida b ni anglatuvchi harf ishlatiladi.
Turkiy tilda undoshlarning har birining o’ziga xos xususiyatlari bo`lishi bilan birga umumiy o`xshash tomonlari ham bor. Masalan, turkiy tillarda undoshlar so`z tarkibida qo`llanish ziddiyati nuqtai nazaridan o’zaro farqlanadi. Sof turkiy so`zlar-sonor" tovush bilan boshlanmaydi. Bunday so`zlar uchrasa, ular bola: tildan-o`zlashgan yoki keyingi taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan bo`ladi. Sonorlar ko`proq so`zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo`lmagan undoshlar esa so`zning boshida ham, oxirda ham kelaveradi. Bu hodisa turkiy tillar tarixida eng qadimgi davrlarida kuchli bo`lgan. Turkiy bobotil va undan keyingi davrlarda xatga jarangli undoshlar ham so`z boshida juda kam qo`llangan. Umuman, turkiy tillar taraqqiyotiga so`z boshida jarangli undoshlarni ishlatishdan qochish xarakterli hol bo`lgan Masalan: prof, A. Shcherbak tiklagan bir bo`g`inli turkiy bobotil o`zaklari ichida na- (nima) uzagidan boshqa birorta sonor yoki jarangli undosh bilan boshlangan o`zak uchramaydi, (bundan y bilan boshlangan o’zaklar mustasno). Hozirgi, turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan o`zaklar fonetik o’zgarishlar natijasida hosil bo`lgan ikkilamchi hodisa.
III. Mahmud Koshg’ariy fonetika sohasida ham qimmatli fikrlar yuritadi. Garchi u bu sodda maxsus asar yozmagan bo`lsa ham, lekin «Devonu lugatit turk» asarida fonetika buyicha juda ko’p materiallar bor.
U, avvalo, hozirgi tilshunoslikda fonema atamasi bilan yuritiluvchi fonologik birlikni, tovush tipini juda yaxshi farqlagan. Shuning uchun ham muallif eng kichik fonetik birlikning fonologik funksiyasiga so`z tarkibida kelib, ma'no farqlash vazifasiga katta e'tibor beradi. Tovush tiplarini belgilashda tovushlarning ma'no farklash vazifasini asosiy mezon qilib oladi. Ana shu mezon asosida turkiy tillarning fonemalar miqdorini aniqlaydi.
Fonemalarning yozuvda ifodalanish darajasi, fone­ma bilan harf munosabati, ularning o`rtasida doimo mutanosiblik bulavermasligi haqida fikr yuritadi. Jumladan, unlini ifodalash uchun qo`llaniladigan harflar birikmasi «qalin-ingichkalik» belgisi bilan farq qiluvchi va so`z ma'nosini farqlash uchun xizmat etadigan bir necha fonemani ifodalashini ko`rsatadi. Masalan, «o`t» so`zida qalinroq talaffuz qilinib, «devorda va taxtada bo`lgan teshik» ma'nosini; yanada ingichkaroq talaffuz etilib, «achchiqlik», «o`t qopchasi» ma'nosini ifodalashi, demak, ular har qaysi ma'noda alohida-alohida lek­sema ekanligini, leksemalarni farqlash uchun esa fone­ma xizmat etayotganini ta'kidlaydi (DLT, I tom, 48-bet). Turkiy fonemalar bilan arab yozuvidagi fafemalar o‘rtasida katta nomutanosiblik mavjudligi, shuning uchun bu yozuv turkiy tillar fonetik (fonologik) tizimini to’g‘ri ifodalay olmasligini ko`rsatib beradi. Xususan, arab yozuvida shunday harflar borki, bu harflar faqat arab tiliga xos bo`lgan fonemalarni ifodalaydi. Mahmud Koshgariy bu haqda shunday yozadi: «Itboq harflari shuningdek bug`iz tovushlari ham turkiy tillarda yo`qdir» (O`sha joyda).
Lekin turkiy tillarda shunday fonemalar borki, bular arab yozuvida maxsus harf bilan ifodalanmaydi. Mah­mud Koshg’ariy ularning miqdori yettita ekanligini ta'­kidlaydi (DLT, I tom, 21-bet).
Yozuvdagi ana shu kamchilikni mavjud harflarga nuqtalar qo`yish orqali to’ldirishga harakat qildi. U shunday yozadi: «Turkiy tillar yozuvida qo`llaniluvchi harflar soni o`n sakkizta emas, ko`pdir. Bu o`n sakkiz harf yetishmaydi. Bulardan boshqa tilda bo`lgan tovushlarni berish uchun yana yetti harf kerak. Lekin u harflar yo`q.. U yetti tovushni ana shu mavjud harflar ustiga maxsus belgi qo`yib yoziladi». (Usha joyda).
Alisher Navoiy o’z davrining ulug’ allomasi sifatida o’zigacha bo’lgan fors va arab tillaridagi ilmiy bilimlarni to`la egalladi. Arab filologiyasi chashmalaridan baxramand bo`ldi. Arablarning boy lingvistik ta'limotidan madad oldi. Xususan, arab tilshunosligida yaxshi ishlangan fonetik ta'limot Alisher Navoiyga kuchli ta'sir qildi. Shuning uchun ham u tovushlarning artikulyasion-funksionad tomoniga katta e'tibor beradi va shu belgiga ko`ra (garchi u fonema atamasini qo`llamagan bo`lsada) Tovush tipini fonemani belgilaydi. Fonema va harf munosabatiga e'tiborni jalb qiladi. Ular bir-biriga doi­mo ham mos kelavermasligi, bir harf bir necha fonemani ifodalash mumkinligini bayon qiladi. Masalan, «ey» harfi to`rt fonemani, «vov» harfi ham to`rt fonemani bildirishini aytadi.
Fonemani so’z va morfemalarni moddiy jihatdan shakllantiruvchi va ularni bir-biridan farqlovchi birlik sifatida tushunadi. Shuning uchun ham so’z tarkibida bir xil fonetik vaziyatda kelgan tovushni boshqasiga almashtirib, ma'no farqlash belgisiga qarab fonologik vazifa bajarishi yoki bajarmasligini aniqlaydi. Bunday usul asrimiz boshlarida Praga lingvistik maktabida va Ame­rika deskriptiv tilshunosligida qo`llanildi va distri­busiya nomi bilan yuritildi.
Alisher Navoiy uzbek tili unlilarining qator belgisi bo`yicha farqlanishi haqida fikr yuritadi va buni u-b, u-u zidlanishi asosida dalillaydi. Masalan, ut «olov», ot «harakat»; to`r «tuzoq», to`r «uyning to`ri»: o`t «yutmoq», o`t «kallami o`tga tutib, tukini kuydirish». Yoki ter «termoq» ter (bunda e nozikroq talaffuz qilinadi) «aroq». Shuningdek, «yoy» harfi i, i (cho’ziq.) va e fonemalarini ifodalashini ko`rsatadi.
Bu bilan Alisher Navoiy o’zbek tilida unlilarning cho’ziqliq-qisqalik belgisiga ko`ra ham farqlanishini aytadi. Masalan, biz «1 shaxs ko`plikdagi olmosh», bi:z «bigiz». Shunday qilib, Alisher Navoiy fonologik oppozisiyalarda qator belgisi, miqdoriy belgi (cho`ziqlik-qisqalik) larni asosiy fonologik qimmatga ega bo`lgan belgilar sifatida e'tirof etadi.
Bundan tashqari, qofiyada fonetikaning ahamiyatiga e'tibor bergan holda turk (uzbek) tilida qofiya imkoniyatlarining kengligini ishonarli misollar orqali ochib beradi. Masalan, aro so`zini saro, daro bilan ham, boda bilan ham qofiya qilish mumkinligini; erur so`zini. hur, dur bilan ham, G`rur, surur bilan ham qofiya qilish mumkinligi, fors tilida esa bunday imkoniyatlar yo`qligini ko`rsatadi.
Fitrat uzbek adabiy tilida 23 ta undosh fonema mavjudligini ko‘rsatadi. Ular quyidagilardan iborat: b, l, t, ch, j, x, d, r, z, s, sh, g, f, k, k, g, n, l, m, n, v, x, y. Ulardan x,x.,f fonemalari asl turkcha so‘zlarda kam uchrashi, shuning uchun ham ular asl turkcha emasligini ta'kidlaydi.
Fitrat o‘zbek tili unlilar tizimi masalasida ikki xil fikr yuritadi. Yigirmanchi yillarning boshlaridagi til-imlo kurultoyida so‘zlagan nutqida o‘zbek tilida oltita unli fonema mavjudligi hakida fikr yuritsa, «Sarf» asarida to‘qqizta unli hakida bahs qiladi.
Fitrat o‘zbek tilini turkiy tillar tarkibidagi bir til sifatida barcha turkiy tillarda u yoki bu darajada mavjud bo‘lgan singarmonizm qonuniyatini aks ettirishini, bu holat esa shahar shevalarida fors-tojik tilining ta'sirida buzilganini, shuning uchun ham umumturkiy fonetik xususiyatini ko`proq saqlab qolgan qishloq shevalariga tayanish juda to`g`ri ekanligini ta'kidlaydi. Ana shu asosda o`zbek tilida unlilarning «yo`g`on» lik va «ingichka» lik belgisi farqlovchi belgi vazifasini bajarishi va shu belgiga ko`ra unlilar ikki qatorga bo`linishini ko`rsatadi:


y o’g‘ o n ingichka
(orqa qator) (old qator)
a e
o` º
y y
i i
Shu bilan birga, yo`g`on-ingichkalik belgisi bo`yicha farqlanishga ega bo`lmagan «e» unlisining ham mavjud ekanligini, jami o`zbek tilida 9 unli fonema borligini bayon qiladi.
Singarmonizm qonuniyati so‘z yasalishi va so‘zlarning morfologik shakliga ham ta'sir etishini, shu qonuniyat ta'sirida qo`shimchalar ham yo’g‘on va ingichka variantlarga ega bo`lishi, yo’g‘on variant yo’g‘on o‘zaklarga, ingichka variant esa ingichka o‘zaklarga qo‘shilishi, shu asosda ohang-doshlikning amal qilishi haqida fikr bayon qiladi.
Masalan, sn- o‘zagi yo’g‘on bo‘lgani uchun unga kushimchalarning ham yo’g‘on varianti ko‘shiladi cuhfoh, sshshos, siiik, kabi; min-uzat ingichka bo‘lgani uchun unga qo‘shimchalarning ingichka varianti qo‘shiladi: mingan, minmak. Fitrat singarmonizmli shevalarga ko‘prok e'tibor berganligidan, o‘zbek tilidagi lablanmagan, keng «o» fonemasini mustaqil fonema sifatida e'tiborga olmaydi. Demak, ota, ona, ona, oz, och singari so‘zlarning oldida kelgan fonema o‘zbek tilining fonemasi sifatida qaralmaydi. Natijada bor—bar, bos—bas singari so’zlardagi unli fonema-larning farqlovchi belgilari amalda rad etiladi.
Fitrat o’zbek tili fonologik tizimidagi fonemalar nutq jarayonida bir qancha variantlar orqali namoyon bo’lishini, nutq jarayonida turli xil fonetik o’zgarishlar ro’y berishini ko’rsatib beradi. «Sarf»da «tovush o`zgarishlari» sarlavhasi ostida fonetik hodisalarning bayon qilinishi o’sha davr tilshunosligi uchun katta voqea edi.
Olim fonetik hodisalarni talaffuz qulayligiga intilish natijasi ekanligini ta'kidlaydi. Har qanday fonetik o`zgarishlar zamirida qulaylikka intilish yotishi yosh grammatikachilar maktabi vakillari va YE. D. Poli­vanov asarlarida alohida ta’kidlanadi.


XULOSA
O`zbek tili turkiy tillarga mansub bo`lib, oltoy nazariyasiga ko`ra mo`g`ul, to`nguz, manjor va yapon tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil etadi.
Shunga ko`ra turkiy tillarning jumladan o`zbek tilining tarixi oltoy tillarining qadimda bir til bo`lgan oltoy davridan boshlanadi.
Shunday ekan O`zbek adabiy tilining taraqqiy etishida turkiy tillar tovush tizimining o`rganilishi ahamiyatlidir.
Bugungi kungacha yetib kelgan o`rxun enasoy bitiklarida Alisher Navoiy asarlarida Mahmud Koshg`ariyning „Devonu Lug`atit turk“ kabi bir qancha asarlarida ham turkiy so`zlarning qanchalik latif til ekanligini isbotlab berganlar va turkiy tillar tovush tizimini chuqur o`rganib chiqishganligi boisdan deb bilaman.
O`zbek tilining turkshunoslikdagi obro`yi keyingi yillarda ortib bormoqda. Bu til hozir Amerikaning ko`pgina universitetlarida Germaniya, Turkiya, Hindiston va Afg`onistonda alohida o`rganilmoqda.
O`zbek tili, uning tarixi va mumtoz adabiyotimizga oid kitoblari ilmiy tadqiqotlarning xorijda nashr qilinishining o`ziyoq fikrimizni tasdiqlaydi.
XV asr olamida ulug` mutafakkir shoir madaniyat va davlat arbobi A.Navoiyning mashaqqatli mehnati izlanishlari hamda Xusayn Boyqaroning homiyligi tufayli turkiy tillar orasida o`zbek tilining mavqei jahon mavqeiga ko`tarilgan edi.


ADABIYOTLAR:

Yüklə 53,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin