Mustaqil ish mavzu: Nutqning to’g’riligi,aniqligi,tozaligi,mantiqiyligi,ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi bajardi: Xurramov Lochinbek tekshirdi: toshkent-2022



Yüklə 160,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix17.12.2022
ölçüsü160,06 Kb.
#75963
  1   2   3
Документ 27



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM 
VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 
 
MUSTAQIL ISH 
MAVZU: Nutqning to’g’riligi,aniqligi,tozaligi,mantiqiyligi,ta’sirchanligi, 
maqsadga muvofiqligi 
BAJARDI: Xurramov Lochinbek
TEKSHIRDI: 
TOSHKENT-2022
 
 


 
Reja:
1. Nutqning to’g’riligi. 
2. Nutqning aniqligi. 
3. Nutqning mantiqiyligi. 
4. Nutqning tozaligi.
5. Nutqning ta’sirchanligi.
6. Nutqning maqsadga muvofiqligi. 
 
Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning 
tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga bog’liq hodisa sanalmasdan 
u ham ruhiy, ham estetik hodisadir. Shuning uchun unga namunaviy 
nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko`zda 
tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan muddaoning to`liq borib 
yetishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda tutiladi hamda bu 
vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar 
qo`yiladi. Bu talablar grammatik jihatdan nutqning to`g’ri bo`lishini, 
so`zlar ko`zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va 
ta’sirchan bo`lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyat-
lari sifatida qaraladi. 
Nutqning to`g`ri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati 
hisoblanadi. Nutqning to`g`ri tuzilgan bo`lishi tomonlarning
so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini 
tez va oson tushunishlarini ta`minlaydi. Agar nutq to`g`ri bo`lmasa, u 
aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. 
To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq 
madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning 
ma`lum paytda qabul qilingan me`yorining qat`iy va aniq muvofiq 
kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug`at va grammatik me`yorlarini 
egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak, nutqning to`g`ri bo`lishi 


dastlab uning adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi bo`lib hisob-
lanadi.Nutqning to`g`ri bo`lishi asosan ikki me`yorga urg`u va 
grammatik me`yorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim 
bo`g`inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya`ni ularga urg`uning 
tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek 
tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu 
so`zni alohida, urg`usiz olib qaraganda uning qanday ma`no 
anglatayotganini bilish qiyin bo`ladi. Urg`u esa undagi ma`noning 
reallashuviga ko`maklashadi, ya`ni o*lma tarzida urg`u birinchi 
bo`g`inga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo`g`inga 
tushganda esa mevaning bir turi ma`nosi anglashiladi. 
Nutqning aniqligi 
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar 
to`g`rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi 
sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga 
xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda 
tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. 
Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi 
mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi 

Yüklə 160,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin