Notiqlik san’ati va pedagogik mahorat



Yüklə 54,5 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#182341
Boshqaruvda notiqlik mahorati

Boshqaruvda notiqlik mahorati


Режа:



  1. Notiqlik san’ati haqida tushuncha.

  2. Pedagogik faoliyatda nutq.

  3. Pedagog nutqining sifat va xususiyatlari.

Insonlar hayotida nutqning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi har bir kishiga ham ma’lum. Chunki odamlar til yordamida fikr almashish, bir-birlarini tushunishdan tashqari, o‘z istaklarini, his-tuyg‘ularini, irodalarini ham izhor etadilar.


Nutq kishilarning bir-birlariga ta’sir etishning qudratli vositasidir. So‘z insonni ishontirishi, mehnat va g‘alabaga chorlashi, yomon yo‘ldan qaytarishi, quvontirishi yoki jahlini chiqarishi, hatto o‘ldirishi ham mumkin.
O‘qituvchi faoliyatida nutq juda muhim funksiyalarni bajaradi. O‘qituvchilar nutq orqali bilim, ishonchga ega bo‘ladilar. Muayyan his-tuyg‘ularga tushunib yetadilar, o‘qituvchining so‘zlari ta’sirida bolalarda muayyan psixik prosesslar va psixik holatlar vujudga keladi, shaxsiy jihatlari shakllanadi.
Nutqning fiziologik asoslari I.P.Pavlov tomonidan tushuntirib berilgan. Uning ta’limotiga asoslanib, sezgilarimiz, idrokimiz va tasavvurlarimizni atrofimizdagi tashqi dunyoning birinchi signallari deb yuritamiz. Nutq va tafakkur esa ikkinchi signal sistemasidan iboratdir. So‘z voqelikdagi narsa va hodisalarni idrok qilish hamda tasavvur etishdan iborat bo‘lgan bevosita signallarning signalidir.
Insondagi ikkala signal sistemasi birgalikda mavjuddir. So‘z asosida doimo aniq narsa, hodisa, voqelik yoki umumlashgan tushuncha tasavvuri mavjud bo‘lmog‘i zarur. Aks holda, nutq ham real hayotni aks ettira olmaydi, hamda tafakkur ham umumlashtirish vositasi bo‘lmay qoladi.
Inson tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan nutq ikkinchi funksiyani: aloqa va ta’sir ko‘rsatishni bajaradi.
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, nutq boshqalar bilan aloqa vositasi bo‘lishi bilan bir vaqtda tafakkurning ham shaklidir. Chunki har birimiz «ichki nutq» deb atalmish «so‘zlar bilan fikr yuritamiz».
O‘zgalarga qaratilgan nutq og‘zaki va yozma ravishda bo‘lishi ham mumkin. Nutqning bu ikkala ko‘rinishi bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, bularning birini egallash ikkinchisiga bog‘liq. Lekin, ba’zan shunday ham bo‘ladiki, og‘zaki nutqni yaxshi o‘zlashtira olmagan odam o‘z fikrini yozma nutqda yaxshi bayon etishi va, aksincha, yozma nutqi yaxshi rivojlanmagan odam yaxshi gapira olmasligi ham mumkin.
O‘qituvchi uchun nutqning ikkala turini bilish, ayniqsa, og‘zaki nutqni yaxshi egallashi zarur. Nutq monolog (o‘qituvchida bu ma’ruza va himoya ko‘rinishida bo‘ladi) va dialogik (bu ikki shaxsning o‘zaro suhbatidan iborat bo‘ladi), turlari bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Pedagog o‘z tajribasida tashqi nutqning ikkala turidan ham foydalanadi.
O‘qituvchining nutqi o‘quvchilarga nimani o‘rgatmoqchiligiga qarab turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin va boshqa nutqlar kabi tuzilaveradi. Lekin faqat pedagogik nutqqagina xos bo‘lgan spesifik belgilarni ham ko‘rsatish mumkin.
O‘qituvchining nutqi, avvalo, yo‘naltirilgan yoki, boshqacha aytganda, undalma nutqdan iboratdir. Bunda gapirilayotgan gapni tinglovchilar qaysi darajada qabul qilayotgani hisobga olinadi. O‘qituvchi materialni turli shaklda bayon qilishi mumkin. Masalan, hikoya qilish, ma’ruza va suhbatlar shular jumlasidandir. Lekin sinf bilan doimiy aloqada bo‘lish zarur.
Har bir odam nutqining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. O‘qituvchilarning o‘quvchilarga o‘quv materiallarini tushuntirishi, ular bilan suhbatlar olib borishiga qarab quyidagi nutq hususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
Ba’zi o‘qituvchilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bunday o‘qituvchilar nutqi his-tuyg‘uga sug‘orilgan bo‘lib, ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadi, ana shundagina o‘quvchilarga ham muayyan kayfiyatini yuqtiradilar.
O‘qituvchining nutqi muayyan mazmuni natijasida bolalarning his-tuyg‘ularini uyg‘otibgina qolmay, balki uni dramalashtirish, to‘g‘ri ifodalash, so‘zlarni aniq, burro talaffuz etish tufayli ham ta’sirchan bo‘ladi.
Boshqa o‘qituvchilarda esa nutq ongga ohista, ifodali, qatiy izchillikka rioya qilingan holda, daliliy va mantiqiy bo‘ladi. Bunda o‘ziga xos nutq bilan hikoya qilgan o‘qituvchilar ilmiy masalalarni qanday hal qilish va o‘quvchilarni bunday aqliy ishlariga qanday jalb etishni rejalashtiradilar. Bunday nutqni «diskursov», ya’ni mulohazali nutq deyiladi.
Nihoyat yana bir xil o‘qituvchilar borki, ularning nutqlari emosional hamda diskursov emas, ammo o‘quvchilar ularning nutqini yaxshi o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z o‘quvchilarida ixtiyorsiz ishonch hosil etadi.
O‘qituvchi o‘z nutqining mukammal bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilishi va bunday nutq uning ishida ishonchli qurol bo‘lib xizmat qilishi lozim. Pedagogik nutq qanday talablarga javob berishi kerak?
Ta’lim-tarbiya ishlarida pedagog nutqi uchun xarakterli bo‘lgan sifatlarni ikki gruppaga bo‘lish mumkin: nutqning turliligini ta’minlovchi sifatlar va ta’lim berish, tarbiyalash vositasi tufayli uni amalga oshiruvchi sifatlardir. Birinchi gruppadagi pedagogik nutq sifatiga nutq leksikasi, uslub fonetikasi, talaffuz etilishi, so‘zlardagi urg‘u jumlalarning benuqson bo‘lishi, shevachilik, arxaizmdan qochish, nutqni buruvchi ortiqcha so‘zlarni ishlatmaslik kiradi. Har bir o‘qituvchining nutqi shunday bo‘lishi lozim.
Ammo nutqi noto‘g‘ri o‘qituvchilar ham uchrab qoladi. Bu kamchiliklar ko‘pincha bilimsizlikdan emas, balki ehtiyotsizlik, ba’zan maktabda dars berayotganda o‘z nutqi ustidan yetarli nazorat qilmasligidan va maktabdan tashqari joyda madaniyati kam kishilar orasida ularga ixtiyorsiz taqlid qilish tufayli sodir bo‘ladi.
Turli odatlar nutq sifatiga ta’sir qiladi, shuning uchun ham boshqalarga qaraganda, o‘qituvchi ko‘proq o‘zini, ayniqsa yashab turgan yerida gap orasida noto‘g‘ri so‘z, jumlalar ishlatilganda o‘zining nutqini ham kuzatib borishi lozim.
To‘g‘ri (grammatika qoidalariga muvofiq) gapirish mumkin, biroq, shunday bo‘lsa ham, nutq chiroyli chiqmaydi, «g‘aliz» bo‘ladi. Silliq, ravon, to‘xtalmay va keraksiz to‘xtalishlarsiz gapirilgan gapni, kerakli so‘zlarni tez topa bilganlar gapini eshitish yoqimli.
Zarur iboralarni tez tanlay olish so‘z zahirasiga, fikrlash jarayonlarining tezligiga, gapiriladigan materialni yaxshi bilishiga, topqirlikka, kishining shu paytdagi umumiy holatiga va boshqa ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir.
O‘z nutqini qulay va to‘gri tuza bilishda badiy adabiyotni o‘qib turish ayniqsa katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda kishidagi lug‘at boyligi ko‘payadi, fikrning obrazliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va odobli bo‘ladi hamda grammatik jihatdan yaxshilanadi.
Tinglovchilarga tegishli ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik xususiyatlar (ikkinchi gruppa) nutq sifatiga taalluqlidir. Bunga dastavval nutqning mazmundorligi, shuningdek, uning ravshan, yengil bo‘lishi, o‘quv materialini tushunarli qilib berishi kiradi. Bir hil ilmiy qoidani ikki o‘qituvchi boshqa-boshqa bayon etishi mumkin. Birining aytganini o‘quvchilar yengil va tez anglab oladilar, ikkinchisiniki esa ular uchun tushuiarli bo‘lmaydi.
Bu yerda bayon qilish bir tekis sistemada bo‘lishi, materialni izchillik bilan tushuntirishi, ya’ni oldingi o‘tilgan materialga asoslanishi, yangisini material asosida o‘tishi, qiyinchiliklarni asta-sekin tugata borishi ham katta ahamiyatga ega.
Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin terminlar bo‘lmasa, u ravshan hamda tushunarli bo‘ladi. Qisqa jumlalar bayon etiladigan murakkab materiallarni tez tushunib olishga yordam beradi.
O‘qituvchi nutqining sodda bo‘lishi uni tor mazmunga aylantirib yubormasligi kerak. Uning sun’iy murakkablashib ketishidan, sohta bilimga aylanib ketishidan qochish lozim. Nomzodlik dissertasiyasini yoqlab, sinfda «olim»lik iboralari bilan ish boshlagan o‘qituvchilar ham yo‘q emas.
Ammo nutq turlaridan eng yomoni pand - nasihat usuli hisoblanadi, ayniqsa, buni o‘quvchilar va o‘smirlar yoqtirmaydi. Holbuki ko‘pchilik o‘qituvchilar pedagogik ishdan nasihat juda zarur, deb hisoblaydilar. Bunday pedagoglar pand-nasihatlarning bolaga hech qanday yaxshi fikr, uning aqli va hissiyotiga hech qanday ozuqa bermasligini unutib qo‘yadilar.
O‘qituvchi, albatta, bolalarni koyiydi, ba’zan esa xayfsan ham beradi. Biroq nasihatgo‘ylik qilish, ya’ni o‘zini uzoq va jonga tegadigan pand-nasihatlar qilishdan qochish lozim. O‘quv materiallarini bayon etish va tarbiyaviy suhbatlar imkoniyat boricha jonli o‘tishi lozim.
Shu o‘rinda notiqlarga berilgan qo‘yidagi maslahatlarni keltirib o‘tish mumkin.
1. Ma’ruzaga puxta tayyorlanish kerak.
Ma’ruzaga taalluqli bevosita yoki boshqa muhim va qiziqarli materiallarni to‘plash lozim,
2. Ovozni fikrga bog‘lab o‘zgartirish, uni ko‘tarish va pastlatish lozim. Bunday ovoz diqqatni o‘ziga tortadi.
Og‘zaki nutqning ayrim qismlari orasida pauza qilishning ahamiyatini ham unutmaslik kerak.
3. Gapirayotganda qo‘l-gavdani harakatlantirish nutqni jonlantiradi, biroq bundan ehtiyotlik bilan foydalanish lozim.
4. Ma’ruzachidan sabotli bo‘lish va har qanday noqulay sharoitda ham o‘zini tuta bilish talab qilinadi.
Shovqin bo‘lganda kishilarni tinch o‘tirishga chaqirib, so‘ngra nutqni davom ettirish lozim.
5. Nutq shakli - oddiy, tushunarli bo‘lsin, ko‘rgazmali taqqoslash, o‘xshatish, ifodalash, epitetlardan foydalanish yaxshi ta’sir etadi.
6. Ma’ruzaning mazmuni auditoriyaga mos bo‘lmog‘i lozim.
7. Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bilan bog‘lash lozim.
Pedagog nutqi haqida gapirganda, shuni qayd qilish kerakki, u ichki nutqning taraqqiy etishi bilan takomillashadi. Jumladan, og‘zaki talaffuzni shakllantirishdan oldin, odatda, miyada yaxshi pishitib olish zarur. Talaffuz etishdan oldin shu onda zarur so‘zlarni miyada tanlash jarayoni ham yuz beradi.
Shunday qilib, pedagogik nutq masalasi o‘quvchilar bilan gaplasha bilish hamda o‘qituvchining o‘z-o‘zini tayyorlashda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning natijasida u o‘quvchilarda zarur his-tuyg‘u hosil qiladi va shu bilan birga, ularga zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, jonli fikr o‘yg‘otadi hamda emosional o‘lchovda, ishonarli hamda tushunarli, yorqin gapirishni shakllantiradi.


ADABIYOTLAR


1. I.A.Karimov. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997.
2. I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. T.: O‘zbekiston, 1998.
3. O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi. T.: O‘zbekiston, 1993.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. / Barkamol avlod – 5. O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997. 20-29 betlar.
6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,- Xalq ta’limi, 1998, 1-son.
7. www.ziyonet.uz
Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin