boshlang'ich sarmoya, deb ataladi va quyidagilarni qoplash uchun zarur:
• dastlabki xarajatlar yoki investitsion sarmoya sifatida;
• birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital sifatida.
Dastlabki xarajatlar — bu tadbirkor korxona ish boshlagunga qadar tortadigan xarajatlardir (savdo, ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish sohasida). Bu xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladigan mablag'lar investitsion sarmoya, deb ham ataladi. Yer sotib olish, sex qurish, uskunalar, asboblar, texnika, idora mebeli sotib olish -- bularning hammasi dastlabki xarajatlardir. Ro'yxatga olishda to'lanadigan har xil to'lovlar va yig'imlar, vodo-provod, elektr o'tkazish, telefon aloqasi o'rnatish, korxonaning ochilganligi haqidagi reklama xarajatlari va hokazolar ham shu guruhga kiradi.
Birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari korxona ish boshlashi bilan paydo bo'ladi. Ma'lum mablag'lar sotuvdan daromadlar korxonaga qaytib tushish bosqichi boshlangunga qadar, joriy xarajatlarni qoplashga yo'naltiriladi. Bu bosqichning uzunligi biznesning ixtisoslashuviga bog'liq. Qoida tariqasida, savdo sohasida u bir oydan kam davom etishi mumkin, ishlab chiqarish sohasida esa, korxona ishga tushganidan mablag'larning bankdagi hisobga yoki kassaga tushgunigacha bo'lgan vaqt bir necha oyga cho'zilishi mumkin (bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt, mahsulotning taqsimlash tizimida turgan davr, masalan, tayyor mahsulotning korxona omborida turishi, ulgurji sotuvchigacha, chakana sotuvchigacha yoki pirovard xaridorgacha yo'lda bo'lgan davri hisobga olinadi). Tadbirkorning bu davrdagi xarajatlari birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital, deb ataladi.
U yoki bu to'lovni amalga oshirish vaqtiga bog'liq holda amaliy operatsiyalar boshlangungacha yoki boshlangandan key in biz uni xarajatlarning ikki guruhidan biriga kiritamiz. Guruhlar o'rtasidagi tafovut ham ana shundadir.
Korxona tuzish uchun boshlang'ich sarmoya -- bu dastlabki investitsion xarajatlar va aylanma kapital yig'indisi. Boshlang'ich sarmoyaning umumiy miqdoridan kelib chiqib, bo'lg'usi tadbirkor o'z manbalaridan ishga solish uchun qancha pul zarurligini va qanchasini qarzga olish kerakligini hal qiladi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi uning mol-mulkining o'z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.
Jamiyat oddiy aksiyalarni, shuningdek, bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqlidir. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati 'jamiyat ustav fondining yisirma foizidan oshmasligi lozim.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanada O'zbekiston Res-publikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha ellik ming AQSH dollariga teng bo'lgan summadan kam bo'lmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori esa, jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam bo'lmasligi kerak. Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo'li bilan ko'paytirish va jamiyat ustaviga tegishli o'zgar-tishlar kiritish to'g'risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan yoki agar jamiyat ustavida, yoxud aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga muvofiq, Jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan bo'lsa, Jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Qo'shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e'lon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashti-rilishi mumkin.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi bilan uning tarkibiy qismi sifatida kichik biznes taraqqiy eta boshladi. Kichik biznesni tashkil etishni qo'llab-quwatlash va yanada rivojlantirish tizimi ham uni doimiy takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan, mablag'lari yetishmayotgan, xo'jalik faoliyati yuritish uchun yetarli malaka va tajribaga ega bo'lmagan tadbirkorlar uchun davlatning qo'llab-quwatlovchi tadbirlari g'oyat muhimdir.
Tadbirkorlik iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yangi-yangi ishchi o'rinlarini yaratuvchi, bozorni tez va zarur, sifatli mahsulotlar, . xizmatlar bilan ta'minlovchi hamda shaxsiy farovonlik'omili sifatida iqtisodiyotning muhim sektoriga aylandi. Ayni vaqtda, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, kichik biznes tizimida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag'larni yetishmasligi birmuncha qiyin muammodir. Chunki ko'pchilik tijo-rat banklari kichik biznes faoliyatida tavakkalchilik darajasi yuqori, garov majburiyatlari esa ishonchsiz ekanligi sababli, ularni kredit -lashda birmuncha ehtiyotkor bo'lishadi.