I-bob. Korxonani tashkil etish va boshqarish tushunchasi


II-BOB. KORXONANI FAOLIYATINI TUGATISH TAMOYILLARI VA TARTRIB QOIDALARI



Yüklə 122,4 Kb.
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,4 Kb.
#207302
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bo\'riyev Otabek kurs ishi

II-BOB. KORXONANI FAOLIYATINI TUGATISH TAMOYILLARI VA TARTRIB QOIDALARI.
2.1. Korxonani faoliyatini tugatish tamoyillari
Korxonaning tugatilishi – bu yuridik shaxs faoliyatining to'xtatilishi bo'yicha choralar majmui hamda soliq inspektsiyasida tegishli tekshirishlardan o'tish jarayoni bo'lib hisoblanadi. Bu murakkab jarayon bo'lib, bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi hamda 3 oydan 9 oygacha bo'lgan muddatni o'z ichiga oladi.
Korxonani tugatish usullari:
Firma egasining qarori bo'yicha.Ushbu holatda mulkdor shaxsan firmaning tugatish ishlari bilan shug'ullanadigan tugatish komissiyasini tayinlaydi. Tashkilotingizning tugatilishadi Legalact xodimlari barcha tegishli fondlar va soliq inspeksiyalarida bo'lib o'tadigan tekshirishlarda ishtirok etadilar.
Korxonaning tezkor tugatilishi.Firmaning tezkor tugatilishi – korxona faoliyati tugatilishining eng ko'p tarqalgan shaklidir. Agar korxonangizni qisqa muddatlar ichida tugatilishini xohlasangiz, biz sizni korxona tugatilishiga to'sqinlik qiluvchi ortiqcha tashvishlardan xolos etamiz. Boshqacha qilib aytganda, korxonangizni tugatilishini bir necha kunlarda amalga oshirilishi uchun korporativ huquqlarni sotib olamiz. Ushbu holatda firmaning tugatilishi bo'yicha barcha tashvishlar bizning zimmamizga o'tadi. Sizda esa o'z ishlaringiz bilan shug'ullanish imkoni paydo bo'ladi.
Bankrotlik orqali tugatish.Ushbu jarayonni faqatgina qarzdorning kreditorlari sud orqali boshlashi mumkin. Sud majlisida kreditorlar vakillari qarzdorlikning mavjudligini tasdiqlaydi. Bunday yo'l bilan qarzdorlikning umumiy hajmi aktivlar yoki firmaning tugatilishi orqali belgilanadi.
Korxona faoliyatini to`xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko`rish va to`lov qobiliyatining yo`qolishini korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko`rsatish mumkin.
Korxonani qayta tashkil qilish – bu, uning birlashib ketishi, qo`shilishi, bo`linishi, ajralib chiqish va shaklini o`zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil qilish ta`sischi (ta`sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko`rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko`rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo`lib, ishlab chiqarish va xo`jalik yuritish faoliyatining to`xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat ro`yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin:
• ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)ga bo`lgan talabning pasayib ketishi yoki umuman yo`qolishi;
• ishlab chiqarishning zarar keltirishi;
• ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi qayotiga xavf tug`dirishi;
• korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste`molchilar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi.
Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga korxona tugatilganini xabar qilish, kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini undirish choralarini ko`rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz qolgan xodimlar ish bilan ta`minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi. Korxonani tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi tuzilib, unga tugatilayotgan korxonaning mulki, kreditorlarning talablari va ularni ko`rib chiqish natijalari ro`yxati kiritilishi lozim. Ushbu balans korxonaning ta`sischisi (ta`sischilari) yoki korxonani tugatish to`g`risida qaror chiqargan idora tomonidan tasdiqlanadi. Tugatish komissiyasi uning aybi bilan keltirilgan zarar uchun javobgar hisoblanadi.

Yüklə 122,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin