1-rasm. Magnitoelektrik o’lchash asbobi.
Magnitoelektrik o’lchash asbobi 1-doimiy magnit; 2-magnit qutb uchliklari; 3-o’zak; 4chulg’am (qo’zg’aluvchan ramka); 5, 6-o’q; 7, 8-spiralsimon prujinalar; 9-strelka; 10posongilardan tuzilgan.
Ramkadan o’tayotgan tok bilan doimiy magnit maydonining o’zaro ta’sirida ramkani harakatga keltiruvchi juft kuch F=BIlw hosil bo’ladi. Ifodadagi V-qutb uchliklari va tsilindrsimon o’zak oralig’idagi magnit induktsiyasi; w-ramkaning o’ramlar soni; l- magnit maydonida joylashgan ramka faol qismining uzunligi; I-ramkadan o’tadigan tok. Bu kuchlarning yo’nalishi chap qo’l qoidasiga binoan topiladi va ular hosil qilgan aylantiruvchi moment quyidagicha ifodalanadi:
, (1)
bu yerda b-ramkaning kengligi; s-ramkaning yuzasi.
Aylantiruvchi moment ta’sirida ramka o’q atrofida aylanganida spiralь prujinalar buralib
teskari ta’sir etuvchi moment Mα –hosil qiladi.
Мα= -W ·α,(2)
bu yerda W-solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment bo’lib, spiral prujinaning materiali va o’lchamlariga bog’liq; α- ramkaning burilish burchagi (asbob ko’rsatkichining shkala bo’ylab surilishini ko’rsatadigan burchak yoki bo’laklar soni.)
Ramkaga ta’sir etayotgan ikki moment (aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi) o’zaro tenglashganda (M=Mα) ramka harakatdan to’xtab, muvozanat holatida bo’ladi (yoki bu holatni asbob qo’zg’aluvchan qismining turg’un muvozanat holati deyilali)
BswI =Wα , (3)
bundan
(4)
Oxirgi ifoda magnitoelektrik o’lchash asboblarining shkala tenglamasi deb ataladi. Agar magnit induktsiyasi B ni, ramkaning yuzasi S ni, uning o’ramlar soni w va solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment W larning o’zgarmasligini hisobga olib, Bsw/W=SIdesak, u holda SIni o’lchash mexanizmini tok bo’yicha sezgirligi deyiladi, ya’ni SI=const. SHuni hisobga olib, (8.7) ni quyidagicha yozish mumkin:
α= SII, (5)
ya’ni ramkaning burilish burchagi α o’lchanadigan tokning qiymatiga to’g’ri proportsional, bundan chiqadiki, tokning yo’nalishi o’zgarsa, α ning ham yo’nalishi o’zgaradi. SHu sababli magnitoelektrik o’lchash asboblari o’zgarmas tok zanjirida ishlatiladi va ularning shkalasi bir tekis darajalanadi.
Magnitoelektrik o’lchash mexanizmlari ampermetr, volьtmetr, ommetr va galьvanometrlar sifatida ishlatiladi.
Afzalliklari:
shkalasi to’g’ri chiziqli;
sezgirligi yuqori;
o’lchash xatoligi kichik.
Kamchiliklari:
faqat o’zgarmas tok zanjirlaridagina ishlay oladi; • bevosita katta qiymatdagi toklarni o’lchay olmaydi;