Ma`ruza №10. Ikkilamchi moddiy resurslarning kayta ishlanishi ammiakli usuldagi soda ishlab chikarishda ikkilamchi moddiy resurslarning kayta ishlanishi
Ammiakli usuldagi kal`tsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish texnologik tsiklidan qattiq shlam va tindirilgan suyuqlikga ajratilgan distillerli suspenziya, namokob tazolash jarayonida hosil bo`lgan kattiq shlamlar; gazsimon moddalar chiqarilib yuboriladi.
Agar gaz chiqindilar tarkibida mumkin bo`lgan normalarda zarar moddalar bo`lgan holda, ular atmosferaga chiqarib yuboriladi. Ammo lekin, tindirilgan distillerli suspenziya va kattiq shlamlarni foydali maxsulotlarga qayta ishlash zarurdir.
Shu munosabat bilan tindirilgan distillerli suspenziya va shlamlarni chiqindilar deb emas, ikkilamchi moddiy resurslar deb ko`rilish kerak. Kam chiqindisi ratsional texnologiyalar yaratishda tabiy resurslarnimg (moddiy va energetik) to`liq ishlatish hisobiga olingan mahsulotga talabini ta`minlash zarur, ya`ni atrof muxitga issiqlik yo`qolishlar maksimal ravishda kamayishi hamda zarur chiqindilarini atrof muxitga chiqarib tashlashini yo`qotish bilan ikkilamchi moddiy resurslarning kayta ishlanishini tashkil qilinadi.
Ekologik ratsional texnologik jarayonlarni yaratilishida hozirgi kunda quyidagi asosiy yo`nalishlar paydo bo`lgan:
1. Berilgan regioi uchun mumkin bo`lgan chegaralarda zarar gazlar va suyuq chiqindilar chiqarishi bilan suv aylanma tsikl va texnologik sxemalar yaratish.
2. Ikkilamchi moddiy resurslarni foydali maxsulotlarga kayta ishlash.
3. Ikkilamchi energoresurslarni ishlatish orqali atrof muhitga issiklik yo`qolishlarni kamaytirish.
4. Kompleks ichida chiqindi va xomashyo moddiy okimlarning tsiklyk strukturasi bilan territorial-sonoat komplekslarni yaratish.
Shuni hisobga olish kerakki, ohirgi yillarda kal`tsiy xloridga talab kal`tsinatsiyalangan soda talabiga nisbatan ekvivalent mikdorda bo`lmokda. Ikkilamchi qattiq moddiy resurslardan ishlab chiqarilayotgan mahso`lotlarga bulayotgan talab ikkilamchi resurslarning bir yillik mikdoridan oshib ketgan.
Soda ishlab chiqarishning kamchiqindili kompleksi 2 ta suv aylanma tizimiga ega va kuyidagi mikdorda moddalarni talab qiladi:
- 1 t soda ishlab chiqarish uchun 18 m3 yangi suv;
- distillerli suspenziyadagi shlamni filtrlash uchun 2m3suv sarflanadi;
- boshqa texnologik talablarga 18 m3 suv sarflanadi (hammasi bo`lib 38 m3 suv 1t sodaga).
Yangi suvning sarflanishi quydagilar hisobiga kamaytirilishi mumqin:
- foydali maxsulotlar olish uchun 8% xlorid ionlar kontsentratsiyasi bilan distillyatsiya shlamlarini qo`llash, ya`ni filtrlash stadiyasida yuvilish bo`lmagan holda. Bu holda gidroksid kal`tsiy olish uchun yuvish suvlarning o`rniga kamminerallangan tushimlar yuboriladi (1t sodaga suvning sarflanishi 2 m3 kamayadi);
- tuzni eritish uchui soda ishlab chiqarish va maxsus tozalash uchun kal`tsiy xlorid suv aylanma tizimlaridan tushimlarni yo`qotish hisobiga. Bu holda 1t sodaga suvning sarflanishi 2 m3 kamayadi;
- ohakli tsexdan keyingi kamminerallangan tushimlarni uglerod oksid, uglerod dioksid va kattiq mayda moddalardan tozalash.
Bu tushim qayta foydalanishga yuborilishi mumkin va buning hisobiga 1t sodaga suvning sarflanishi 8,5m3 kamayadi:
- 1t sodaga suv sarflanishi 6m3 kamaygan holda kal`tsiy xlorid suv aylanma tizimida shartli toza kondensatdan foydalanish.
Tuz eritish uchun soda ishlab chikarish suv aylanma tizimidan keyin tushim berilishi, kal`tsiy xlorid suv aylanma tizimidan keyin tushimining tozalanishi va kal`tsiy xlorid suv aylanma tizimiga shartli toza kondensat berilishlari amalga oshirilishi uchun qo`shimcha tadqiqot ishlari o`tkazishni talab qiladi.
Ohak o`choqlarining tushimini tozalash TETsga yuborilgan kondensat tozalanishi texnologiyalari va 8% kontsentratsiya bilan xlorid-ionlar shlamlar qo`llanilishi esa hozirgi kunda joriy etilishi mumkin. Ishlab chiqilgan ishlar joriy etilgandan keyin yangi suvning sarflanishi 25 m3 hajmda kamayishini kutish mumkin.
Hozirgi paytda bajarilgan tadqiqot ishlar yakunlaridan keyin chiqindisiz ishlab chiqarish sxemasini amalga oshirilgan holda kutish mumkin. Bu sxyomada ishlab chiqarish yomg`ir suvlari bilan ta`minlanishi rejal ashtiril gan.
Yangi yillarda tushimsiz quruq gradirnalar yaratilishi kutilmoqda. Kammminerallangan suvlarning oqimini kamaytirishni tarkibida 2% dan kam bo`lgan xlorid ionlar bilan shlam yuvish sxemasini yaratishga imkon beradi. Hosil bo`lgan shlam tsement ishlab chiqarishida ishlatilishi mumkin. Filtrda shlam yuvilganidan keyin paydo bo`lgan kamminerallangan suvlar tuzni eritish uchun ishlatilishi mumkin.