Elektromexanik turdagi asboblarning ishlanishi, xususiyatlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/5
tarix16.09.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#144393
1   2   3   4   5
6-rasm.
O’zgaruvchan magnit oqimi F1 va shu oqim diskni kesib o’tishi natijasida induktivlangan uyurma tokni o’zaro ta’siridan hosil bo’lgan aylantiruvchi momentning oniy qiymati quyidagicha ifodalanadi:
Mt = 1ti12, (21)
bu yerda, s – proportsionallik koeffitsienti. Induktsion mexanizmning qo’zg’aluvchan
qismi aylantiruvchi momentning o’rtacha qiymati ta’siridangina xarakatga keladi, ya’ni
(22)
Ikki oqimli induktsion mexanizmlarning ko’zg’aluvchan qismi F1 va F2 oqimlaridan hosil bo’luvchi ikkita momentlarning summasi ta’sirida aylanadi va u quyidagicha ifodalanadi:
(23)
bu yerda s - proportsionallik koeffitsienti, f – oqimlarning o’zgarish chastotasi; F1, F2 - o’zgaruvchan magnit oqimlar; φ - F1 va F2 oqimlar orasidagi faza farqi.
Yuqorida keltirilgan (8.23) ifoda ikki va ko’p oqimli induktsion o’lchash mexanizmlari uchun umumiy aylantiruvchi moment ifodasi hisoblanadi.
Induktsion mexanizmlarda aylantiruvchi moment hosil bo’lishi uchun kamida ikkita yoki ikki tashkil etuvchidan iborat bitta, faza jahatidan bir-biridan farq qiluvchi va bir-biriga nisbatan uzoqroq joylashgan o’zgaruvchan magnit oqimlari bo’lishi kerak.
O’zgaruvchan magnit oqimlar orasidagi faza farqi 900 ga teng bo’lganida aylantiruvchi moment o’zining maksimal qiymatiga yetadi.
Aylantiruvchi moment o’zgaruvchan tok chastotasiga bog’liqdir.
Induktsion tizimli o’lchash mexanizmlari asosan quvvat o’lchashda - vattmetr, elektr energiyasini hisoblashda – hisoblagich (schyotchik) sifatida ishlatiladi.

Takrorlash uchun savollar.

  1. Turli tizimda ishlaydigan analog o’lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlarini tushuntirib bering.

  2. Elektr zanjiridagi tok kuchining qiymati 50 A. Uni o’lchash uchun qanday asbobdan foydalanish mumkin?

  3. O’lchash asbobining sezgirligi deganda nimani tushunasiz?



Фойдаланилган адабиётлар

  1. Нефедова В.И. «Метрология и радиоизмерения». Учебник. Москва «Высшая школа» 2003.

  2. Раннев Г.Г. Методы и средства измерений. Учебник для ВУЗов Издательство стереотип – М.; Издательство центр «Академия» 2004. 6. Ismatullaev P.R., Qodirova Sh.A. “Metrologiya asoslari”, o’quv qo’llanma, (kirillda) Tafakkur nashryoti, (lotinda) “ExtremumPress” nashryoti, 2012.

  3. Ismatullaev P.R., Abdullaev A.X. va boshq. Fizikaviy-kimyoviy o’lchashlar. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2007. –180b.

  4. Ismatullaev P.R., A’zamov A.A. va boshq. Issiqlik texnikasida o’lchashlar. O’quv qo’llanma, Toshkent, 2007. –90b.

  5. B.E. Muxamedov. Metrologiya, texnologik parametrlarni o’lchash usullari va asboblari.

Toshkent «O’qituvchi» 1991. –320 b.

  1. N.R.Yusupbekov, B.E.Muxamedov, Sh.M.G’ulomov. Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish. Darslik, Toshkent, «O’qituvchi» 1997. –353 b.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin