12-Variant 1.WebSum tizimidan foydalanish. 3. WEBSUM orqali to’lovlarni amalga oshirish. WebSum tizimida hamyon ochib, uning hisobini mablag’ bilan to’ldirganingizdan so’ng boshqa WebSum tizimi foydalanuvchilari hamyonlariga pul o’tkazishingiz, yoki kompaniya mahsulot va xizmatlari uchun pul to’lashingiz mumkin. WebSum saytining asosiy interfeysige e’tibor bersangiz, unda ko’plab O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning xizmat va mahsulotlari uchun to’lov qilish imkonini beruvchi bo’limlarni ko’ra olasiz. Misol uchun, Beeline kompaniyasidagi raqamingizga pul o’tkazmoqchi bo’lsangiz, saytning «Uyali aloqa» bo’limida joylashtirilgan «Beeline» bo’limiga kirib pul to’lashingiz kifoya. Kompaniyalarning guruhlari sayt interfeysining chap tomonida roy’xat shaklida ko’rsatilgan.
Eng ko’p to’lov qilinadigan, yoki qaysidir guruhga tegishli bo’lgan kompaniya uchun to’lovga o’tish bo’limi sayt interfeysining o’rta qismida ko’rsatiladi.
WebSumda kompaniyalarga to’lovlardan tashqari WebSum tizimidagi foydalanuvchilarning o’zaro bir-birlariga pul o’tkazishlarining ham imkoni yaratilgan. Bunda bir foydalanuvchi boshqa bir foydalanuvchining maxsus ID raqamini bilgan holda unga o’zi istagan miqdorda pul mablag’larini o’tkazishi nazarda tutilgan.
2.Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini mexanizimlari? . Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. Naqd pulsiz hisob-kitob tizimini kengaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida respublikada 3 mln.dan ortiq plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan, savdo tashkilotlari va xizmat ko’rsatish sohasida 12 mingga yaqin terminallar o’rnatilgan yoki 2004 yilgi darajaga nisbatan 8 barobardan ziyod oshgan. Qaysi bank xizmat ko’rsatishidan qat’i nazar, barcha savdo shoxobchalarida plastik kartochkalarini qo’llagan holda yagona tartibda bank operasiyalarini o’tkazishga imkon yaratuvchi Yagona umumrespublika prosessing markazi tashkil etildi. Respublikaning 18 ta tijorat banklarini o’z ichiga olgan plastik kartochkalar bo’yicha naqd pulsiz hisob-kitob amalga oshiriladigan Banklararo to’lov tizimi yaratildi. Plastik kartochkalarni qo’llash orqali naqd (pulsiz hisob-kitob olib borish uchun zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza shakllantirildi.
Shu bilan birga, naqd pulsiz hisob-kitob tizimi chakana savdo va aholiga xizmat ko’rsatish sohasida hamon yetarli darajada rivojlanmagan. Aholiga servis xizmati ko’rsatishning jahon standartlariga mos keladigan mijozlarni jalb etish, mahsulot sotish va ko’rsatilgan xizmatlar hajmini oshirish uchun shart-sharoit yaratadigan plastik kartochkalardan foydalanishni rag’batlantirish bo’yicha turli xil diskont, bonus va sovrinli loyihalarni joriy etish borasida yetarlicha ish olib borilmayapti.
Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, respublikada bank mikroprosessor plastik kartochkalari va to’lov terminallari ishlab chiqarishni rag’batlantirish maqsadida quiydagilar belgilab qo’yildi:
1. Belgilansinki, bank mikroprosessor plastik kartochkalari va to’lov terminallarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar 2020 yilning 1 yanvarigacha bank mikroprosessor plastik kartochkalari, to’lov terminallari, bankomatlar, infokioskalar va plastik kartochkalar yordamida hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy ta’minotva lisenziyalar import qilinganida bojxona to’lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) to’lashdan ozod etiladi. (1-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2751-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2017 y., 6-son, 72-modda)
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Yagona umumrespublika prosessing markaziga bank plastik kartochkalarining tegishli sifati va uni qalbakilashtirishga imkon bermaydigan yuqori darajadagi himoyasini ta’minlash sharti bilan ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishga ruxsat berilsin.
3. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki «O’zbekneftgaz» MXK hamda bank mikroprosessor plastik kartochkalari va to’lov terminallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy xomashyo va materiallar asosida plastik kartochkalar va terminallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
4. O’zbekiston banklar uyushmasi tijorat banklari bilan birgalikda Bank-moliya akademiyasi va Mintaqaviy bank o’quv markazida kartochka texnologiyalari va elektron to’lovlar bo’yicha qisqa muddatli o’quv kurslarini tashkil etsin, shuningdek muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali aholi uchun plastik kartochkalarning jozibadorligini oshirishga qaratilgan tushuntirish va reklama ishlarini olib borsin.
5. Tijorat banklariga manfaatdor tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda 2006-2007 yillar davomida avtomatlashtirilgan tartibda plastik kartochkalardan foydalangan holda to’lovlarni uzluksiz amalga oshirish imkonini beruvchi ommaviy o’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi keng tarmoqli elektron to’lov-ma’lumot terminallari (infokioskalar)ni tashkil qilish tavsiya etilsin.