1-variant savollar


Fanda iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish xususiyatlarini izohlab bering



Yüklə 15,36 Kb.
səhifə4/5
tarix05.12.2022
ölçüsü15,36 Kb.
#72498
1   2   3   4   5
1-VARIANT-WPS Office

4. Fanda iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish xususiyatlarini izohlab bering.
Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.
5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalari fanini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
Iqtisodiyot o‘zini-o‘zi tartibga solish davrida bozor mexanizmi uzoq vaqt mobaynida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizmi bo'ldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurati va uni bozor bilan uyg‘unlashtirish biroz keyinroq yuzaga keldi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivojlanishini ikki yirik bosqichga bo‘lish mumkin: 1. Ikkinchi jahon urushiga qadar; 2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.
Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi: mehnat, soliq, savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. Erkin raqobat davrida davlat harbiy zavodlar va temiryo‘l qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yo‘li bilan xo‘jalik jarayonida ishtirok etishni boshladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalarni tartibga solishni boshlaydi (agrar soha, pul-kredit) va boshqalar.
Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlami rejalashtirishga, milliy va hududiy rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning budjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umumiqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlami ishlab chiqdi. Bu bosqich integratsion ittifoqlar doirasida xalqaro darajadagi o‘rta muddatli umumdavlat kelishuvlari bo‘yicha davlat faoliyatlarini tavsiflaydi. (El, 0 ‘DCT va b.).
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay sharoit yaratishdan to iqtisodiy hamkorlik doirasida o‘rta muddatli umumdavlat dasturini xalqaro kelishuvlar darajasigacha bo‘lgan yo‘li bosib o‘tildi.
Hozirgi kunda davlat iqtisodiy tizimda iqtisodiy indikatorlarga faol ta’sir etuvchi yagona va asosiy tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi markaziga aylanmoqda, iqtisodiy o‘zgarishlarga qulay sharoit yaratmoqda. Bozor iqtisodiyotini barcha jabhalari tartibga soUshda davlat boshqaruviga zaruriy element sifatida qaraladi.Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi:
1. Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish;
2. Bozomi amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish;
3. Iqtisodiy o‘sishning barqarorlik darajasini ta’minlash;
4. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami boshqarish;
5. Ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash;
6. Ekologik va demografik muammolami hal etish hisoblanadi.

Yüklə 15,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin