Xonadon xo'jaligi va oila: umumiy jihatlari va farqlari
Jahonning rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati markazida aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish masalalari turadi. Bugungi kunga qadar shakllanib kelgan nazariyalar umumiy holda tadbirkorlikning rivojlanishi aholi farovonligi darajasining oshishiga imkon yaratadi, degan g‘oyani ilgari suradi. Shunga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga e’tibor qaratiladi
Jahonning etakchi ilmiy markazlari va mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik faoliyatining aholi farovonligiga ta’siri borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatining innovatsion shakllarini rivojlantirish, tadbirkorlikning ijtimoiy funktsiyasining kuchayishi, ijtimoiy tadbirkorlik kengayishining aholi farovonligiga ta’siri, aholi farovonligi tushunchasi mazmunidagi o‘zgarishlar, aholi farovonligi darajasini baholashda ko‘p omilli yondashuvlar, iqtisodiyotning drayver soha va tarmoqlarini rivojlantirish orqali farovonlikni oshirish kabi yo‘nalishlarda tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti ko‘rsatadiki, butun dunyoda savodxonlik masalasiga katta e’tibor berilgan. Savodxonlik aholi savodxonligi, savodxonlikni oshirish, savodsizlikni tugatish va boshqa tushunchalar bunga misol bo‘la oladi. Ammo ba’zi pedagog olimlarning e’tirof etishlaricha, keyingi yillarda ayrim guruhdagi yoshlarning savodxonlik darajasi biroz bo‘lsa-da pasaygan. Pomir davlat universiteti dekani, filologiya fanlari doktori Yelina Kotsovaning e’tirof etishicha, «bugungi yoshlar - vedeoavlodlardir». Bunga u videokliplarni, ommaviy axborot vositalarida yo‘l qo‘yiladigan xatolarni, haqiqiy savodxon o‘qituvchilarning kamayganligi va ayrim ota-onalarning farzandlari o‘qishiga unchalik e’tibor bermasligini sabab qilib ko‘rsatadi. Uning nazarida savodxonlikni oshirish yo‘llaridan biri bu - mashq (trening)dir.
Savodxonlik, xususan, iqtisodiy savodxonlik qadimda nafaqat savdogarlarga, jamiyatni boshqaruvchilarga, din ahillariga, balki xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan barcha shaxslarga o‘ta zarur bo‘lgan. Buni qadimgi yodgorliklar, obidalar, qo‘lyozmalar va boshqa manbalar tasdiqlab beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish mamlakat aholisi va ayniqsa, yoshlarning iqtisodiy bilimini oshirish hamda insonparvarlik g‘oyalari asosida yangicha fikrlaydigan shaxs tadbirkorlarni rivojlantirish masalasni qo‘ydi.
Zero, mamlakatni rivojlantirish uchun iqtisodiy ta’lim-tarbiyaning tarixiy ildizlarini, zamonaviy iqtisodiyot, biznes, marketing asoslarini yoshlarga chuqur o‘rgatish zarur.
A.Navoiyning savdogarlar to‘g‘risidagi ushbu so‘zlari xuddi bugungi kundagi tijoratchilar uchun aytilgandek tuyuladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asoslanib, iqtisodiy ta’lim jarayonida talabalarga quyidagi xulosalarni bayon etish mumkin: