Mavzu:“Iqtisodiy savodxonlik”ning jamiyatdagi o‘rni Reja Sovodxonlik tushunchasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/2
tarix29.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#104894
1   2
1 mavzu iqtisodiy savodxonlik

Birinchidan, savdo, bozor, tijorat, mahsulot ishlab chiqarish, muomala jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi, tovarlar taqchilligini tugatishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, savdo-sotiq davlat byudjeti daromadining manbai, mamlakat iqtisodiy qudratining tayanchlaridan biridir. Zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-xiroj to‘lab turishlari bilan moliyaviy munosabatlarda muhim o‘rin tutadilar.
Uchinchidan, ulug‘ shoir savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish tutmasligini talab qiladi.
Albatta, Sobiq sho‘rolar ittifoqi davrida ham vatanimiz iqtisodiy ta’limi ancha rivojlandi. Lekin bunda iqtisodiyotni boshqarish buyruqbozlikka asoslangan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat reja asosida va markazlashtirilgan holda olib borilardi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy g‘oya mutlaqo yangi mazmun kashf etdi. Bu mamlakatimining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbek modeli»ning besh asosiy tamoyilida yorqin namoyon bo‘ladi. Unda O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud muammolarni bartaraf etishning yo‘llari batafsil ifodalab berilgan. Bular:
-iqtisodning siyosatdan xoli bo‘lishi;
-davlat – bosh islohotchisi va tashabbuskor ekanligi;
-qonun ustuvorligini ta’minlash –iqtisodiy islohotlarning asosi;
-kuchli ijtimoiy siyosat –iqtisodiy islohotlar kafolati;
-bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish –
O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish modelining asosi.
O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishning «O‘zbek modeli»ning nazariy asoslari birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning «O‘zbekiston. Yangilanish va taraqqiyot yo‘lidan», «O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat», «O‘zbekistoning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lidan» kabi asarlarida keng yoritilgan.
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilayotgan «ochiq iqtisodiyot» tamoyili hamda innovatsion g‘oya va texnologiyalar asosida tezkor rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan bir qator asarlarida taraqqiyotimizning nazariy va amaliy asoslari yanada boyitib borilmoqda. Bu dasturiy asarlar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishiga va iqtisodiy savodxonlikning ortishiga katta hissa qo‘shadi.
Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi:
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin