1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


-variant 1.Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari



Yüklə 156,74 Kb.
səhifə30/48
tarix21.12.2023
ölçüsü156,74 Kb.
#188543
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta-hozir.org

16-variant

1.Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari.
Amalda bir qavatli sanoat binolarining konstruksiyalarini montaj qilishning bir necha xil usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ishlarni talab qilingan ketma-ketlikda olib borish, barpo etilayotgan binoning konstruktiv sxemasi, montaj va texnologik uskunalarni turi, binoni ekspluatatsiya– foydalanishga topshirish muddati, va yig’ma konstruksiyalarni etkazib berish ketma-ketligiga qarab u yoki bu usul qo’llaniladi.
Engil turdagi bir qavatli sanoat binolari ko’pincha alohida usulda, og’ir tipdagilar kompleks (majmuali) usulda montaj qilinadi, ammo shu kabi binolarni montaj qilishning asosiy usuli aralash usuldir.
Engil turdagi binolar gusenitsali va pnevmog’ildirakli o’ziyurar strelali kranlar yordamida; o’rtacha turdagilar – o’ziyurar strelali, chorpoyali va minorali kranlar yordamida; og’ir turdagilar – yuk ko’tarish qobiliyati katta bo’lgan minorali kranlar, gusenitsali kranlar va yordamchi kran sifatidagi strelali – machtalar yordamida montaj qilinadi. Kransiz binolarni montaj qilishda, agar tomyopma plitasining uzunligi 12 m bo’lsa va fermalarni massasi og’ir bo’lsa, plitalarni montaj qilishda katta strela qulochi talab qilinganda quyidagi kranlar qo’llaniladi:
• YUk ko’tarish qobiliyati 40 t va undan ortiq, minorali-strela uskunali gusenitsali kranlar;
• Oraliq o’lchamlari 24 m dan va soni 3 ta dan oshmaganda o’rtadagi oraliqda bitta temir yo’l rels bo’ylab xarakatlanadigan minorali kranlar;
• Binoning eni 36 m gacha bo’lganda oddiy turdagi chorpoyali kranlar;
• Binoning eni 66 m gacha bo’lsa oldindan zo’riqtirilgan rigelli chorpoyali kranlar ishlatiladi, bu kranlar birdaniga ikkita – uchta yonma-yon oraliqlarda montaj ishlarini olib borish imkoniyatini beradi.


2.Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari.
Amalda ko’pincha to’liq yig’ma holatda maydoni 3...20 ming m2 gacha bo’lgan bir qavatli sanoat binolari ko’p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida ishlaydigan ko’priksimon kranlar bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo’ladi. Yig’ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo’ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalishlar bo’ylab katta o’lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik uskunalardan yukni to’g’ridan-to’g’ri gruntga uzatishi, ustunlar to’rini siyrak xillarini qo’llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda to’g’ri to’rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo’yicha bir xil, oraliqlari bir yo’nalishda bo’ladi. Binolarning universal hajmiy-rejaviy va konstruktiv echimlari ishlab chiqilgan bo’lib, ular industrial montaj qilish uslublarini qo’llash imkoniyatini beradi. Bino parametri va gabarit sxemalarining o’zaro bog’liqligi chegaralangan. Oraliq o’lchamlari o’zaro ma’lum balandlik va ustunlar qadami, kranlarni ustki gabaritlariga bog’liq bo’ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to’suvchi va tomyopma konstruksiyalarining o’lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo’lib reja bo’yicha – 6 m, balandlik bo’yicha – 1,2 m ni tashkil etadi.



Yüklə 156,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin