1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə21/48
tarix12.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#111840
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

Qurilish jarayonlari va ishlar
Qurilish texnologiyasini asosini qurilish (ishchi) jarayoni tashkil etadi. Jarayonning mohiyatini faoliyat (ta’sir) tashkil etadi. Jarayon – faoliyat (ta’sir)lar yig’indisidir. Faoliyat (ta’sir) xarakatdan ajralmasdir, u o’z navbatida, vaqt bilan uzluksiz bog’liqdir. Ta’sirlarning har biri dastlabki mexnat buyumlarini (materiallar, yarim tayyor maxsulotlar, buyumlar va h.k.) qayta ishlashga, ularning miqdoriy va sifat tavsiflarini o’zgartirishga yo’naltirilgan.Ta’sir ijrochi tomonidan maqsadga yo’naltirilgan holda asboblardan, moslamalardan, mexanizmlardan, mashinalardan (texnik vositalardan) foydalanib amalga oshiriladi. U kerakli bilim, malaka, axborot bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Bitta yoki bir nechta ketma-ket ta’sirlar operatsiyani – jarayonning texnologik jihatdan ajralmas elementini tashkil qiladi. Operatsiyaning natijasi dastlabki mexnat predmetining xossalaridan yoki tavsiflaridan kamida bittasini yoki ularning o’zaro joylashishini o’zgartirish hisoblanadi. Binoning loyihaviy konstruksiyasining konstruktiv elementini yaratishga yoki shakllantirishga olib keluvchi bir nechta operatsiya oddiy jarayonni tashkil etadi (masalan, kotlovanni yaratishda gruntni qazish). Oddiy jarayon ishchilar va texnik vositalarning ma’lum bir aniq tarkibi bilan bajariladi.
2.Monolit plitani qurish texnologiyasi.
Yaxlit poydevorlar (monolit plita) monolit temirbetondan tayyorlanadi. Bunday plitalarning qalinligi 0,2 dan 2 m gacha oraliqda bo’ladi. Ularni betonlash usullari plandagi o’lchamlar, qalinligi, armaturalash darajasi, ishlarni amalga oshirishda mavjud mexanizatsiya, beton aralashmasini yetkazib berishni hisobga olgan holda tanlanadi. Poydevor plitalari payvand to’rlari bilan ikki va undan ortiq qavatli qilib
armaturalanadi. Massivli poydevor plitalari ajratib olinmaydigan temirbeton qolip, bir xil shaklga keltirilgan elementlardan tashkil topgan ajratiluvchi-ko’chiriluvchi qolipdan foydalangan holda betonlanadi. Agar plitaning qalinligi 0,5 m dan kam bo’lsa, plitani bo’lish 3...4 m dan iborat bo’lgan xaritalarda betonlanadi. Plitaning qalinligi katta bo’lganda plitalar eni 5...10 m bo’lgan parallel xaritalarga bo’linadi.
Konus cho’kishi 2...6 sm bo’lgan beton aralashmasi xaritaga beton nasoslari bilan beton yotqizgich, estakadalar yordamida, shuningdek kranlar yordamida badyadalarda uzatiladi. Monolit poydevor plitalarini qurish ishlarini ishlarni oqim bo’yicha tashkil etish bilan uchta asosiy oqimga ajratgan holda olib borish kerak: poydevorlarni armaturalash, qolip o’rnatish betonlash.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin