1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


-variant 1.Kolonnalarni montaj qilish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə23/48
tarix12.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#111840
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta

12-variant
1.Kolonnalarni montaj qilish.
Stakan tipidagi poydevorlarni montaj qilish va umuman bino yer osti qismining
konstruksiyalarini barpo etish nol sikli ishlarga tegishli bo’ladi va mustaqil montaj
oqimi bilan bajariladi. Binoning yer usti qismi, odatda, aralash usul bilan montaj
qilinadi, mustaqil oqim bilan ustunlar montaj qilinadi va devor panellari o’rnatiladi,
kran osti va stropila fermalari hamda stropila osti fermalari, tom yopma plitalari
kompleks usul orqali amalga oshiriladi. Bir qavatli sanoat binolari uchun stakan tipidagi poydevorlarga montaj qilinadigan, balandligi 19,35 m gacha, massasi esa 26,4 t gacha bo’lgan yig’ma temirbeton ustunlar konstruksiyalarining nomenklaturasi ishlab chiqilgan. Ustunlarni montaj qilishga qadar quyidagi ishlarni bajarish kerak:
 poydevorlarning yon bo’shlig’ini grunt bilan to’ldirish;
 poydevorlarning to’rtta ustki qirralari sathida o’rnatish o’q belgisini chizish;
 poydevor stakanlarini ifloslanishdan himoya qilish uchun ularni shchitlar bilan yopish;
 montaj krani va avtomobillar yurishi uchun yo’llar qurish;
 ustunlarni ularning o’rnatish joylari yonida taxlash uchun maydoncha tayyorlash;
 montaj zonasiga zarur bo’lgan montaj vositalari, moslamalari va asboblarni yetkazish;
 ustunlardagi tutashtirish uchun mo’ljallangan hamma quyma detallarni tekshirish;
 o’rnatish o’q belgilarini ustunlarning yon qirralariga chizish.
Ustunlar montaj qilinadigan joy atrofiga qalinligi 25 mm dan kam bo’lmagan yog’och tagliklarga taxlanadi. Ustunlarni montaj qilishda poydevor stakanining tubi, ustun pastki qismini qirrasidagi o’q belgisi chizig’ining poydevorning yuqori qirrasidagi o’q chiziqlari bilan mos tushishi, ustunlarning vertikalligi, kran konsoli va ustun tepa qismining sath otmetkalari tekshirilishi shart.
2.Orayopma panellarini montaj qilish.
Orayopma panellari bikrlik devorlari va rigellar to’liq mahkamlangandan keyin montaj qilinadi. Rigellarni ustunlar konsollariga payvand qilingandan keyin bog’lovchi plitalar rigellarning tokchalariga yotqiziladi. Ko’p qavatli Ustunlarda dastlab pastki yarusdagi bog’lovchi plitalardan soʻng, yuqori qavat yaruslardagi
bog’lovchi plitalar o’rnatiladi. Ko’pincha plitalarni o’rnatilgan yuqori rigellar yacheykalariga kiritish kerak bo’ladi, shuning uchun ular o’rnatish joyiga qiya holatda uzatiladi.
Orayopma paneli bunday holatda uzatilganda rigelning konsoli ustiga plitaning pastki qismi yotqiziladi, keyin boshqa yon tomoni tushiriladi va to’g’irlanadi. Bog’lovchi plitani loyihaviy holatda o’rnatgandan keyin uni birdaniga to’rtta rigelga elektr payvandlagich yordamida vaqtinchalik mahkamlanadi va undan keyin stroplar
yechiladi. Nuqtaviy payvandlash bilan biriktirilgan to’rtta ustun, ikkita rigel va ikkita
bog’lovchi plitalardan tashkil topgan yacheyka yetarli darajadagi bikrlik va o’zgarmaslikka ega bo’ladi. Shu sababli hamma elementlarni oʻzaro yakunlovchi birlashtirishda uzunchoq payvand choklarni qo’llab, chok hamda tutashmalarni to’ldirishga ruxsat beriladi.
Oddiy orayopma plitalari dastlab birinchi qavatga to’liq, keyin esa navbatdagi qavatlarga qorishma yoki sement-qum pastasi ustiga yotqiziladi. Zarur bo’lgan hollarda tayanch yuzalarning sathlari oldindan sementli qorishma qatlami bilan tekislanadi. Panellar ilmoqlar yoki texnologik teshiklardan foydalangan holda ko’tariladi. Barcha oddiy plitalar yotqizilib loyihaviy holat bo’yicha o’rnatilgandan keyin ularning qo’yma detallari rigellarning qo’yma detallariga payvandlanadi. Ushbu plitalar orasidagi choklar qorishma bilan to’ldiriladi yoki beton aralashmasi yaxlitlanadi. Yuqori qavatlarning ora yopma plitalari ham pastki qavatning orayopma plitalari singari montaj qilinadi. Karkas-panelli binolarning zinapoya maydonchalari va marshlari xuddi yirik panelli binolarnikidek montaj qilinadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin