1 varyant Radioaktiv elementlar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/65
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#203388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
30 variant Kimyo

 
6
 
variant 
1 Valent bog‘lanishlar nazariyasiga muvofiq, koordinatsion birikmalarda markaziy ion bilan ligandlar orasida donor-akseptor 
bog‘lanish hosil bo‘ladi: markaziy ion akseptor, ligandlar donor vazifasini bajaradi, bu nazariyada markaziy ion orbitallarining 
gibridlanishi ham nazarda tutiladi. Nazarda tutiladigina emas, xatto muhim ahamiyatga ham ega. Gibridlanish konsepsiyasi 
koordinatsion birikmalar uchun L. Poling tomonidan rivojlantirildi. Bu konsepsiya, koordinatsion birikmalarning struktur 
formulalarini valent bog‘lanishlar usuli asosida izohlashga imkon beradi 
Misol tariqasida koordinatsion ion [Ag(NH3),]+ ni valent bog‘lanishlar nuqtai nazaridan qarab chiqaylik. Kumush ioni Ag+ ning 
faqat tashqi valent qavatni tasvirlasak. Misol tariqasida koordinatsion ion [Ag(NH3),]+ ni valent bog‘lanishlar nuqtai nazaridan 
qarab chiqaylik. Kumush ioni Ag+ ning faqat tashqi valent qavatni tasvirlasak: Ag+ Kumush ionining 5s- va bitga 5r- 
orbitallaridan ikkita gibridlangan sp orbital hosil bo‘ladi. ning bu ikkita gibrid orbitaliga ikkita ammiak molekulasi yaqin kelib, 
bu gibrid orbitallarni NH3 molekulalari o‘zining taqsimlanmagan elektron juftlari ishg‘ol etgan orbitallari bilan qoplaydi: 
Natijada ammiakning taqsimlanmagan elektron jufti kumush bilan azot atomi orasida umumlashadi, bu holat elektron jufti 
uchun energetik jihatdan afzalrok, bo‘ladi, bunday koordinatsion bog‘lanish oddiy kovalent bog‘- dan farq qilmaydi. 
Natijada ammiakning taqsimlanmagan elektron jufti kumush bilan azot atomi orasida umumlashadi, bu holat elektron jufti uchun 
energetik jihatdan afzalrok, bo‘ladi, bunday koordinatsion bog‘lanish oddiy kovalent bog‘dan farq qilmaydi. 
2 Analizda moddalar aralashmalarining tarkibi tekshirilganligi uchun bir tarkibiy qismiga mos keluvchi signal ikkinchisining signal 
qiymatiga tegishli ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa analizda xatolarga olib keladi. Analiz har qancha ehtiyotkorlik bilan bajarilganda ham, 
ayrim xatoliklar, albatta, bo‘ladi va olingan natija aniqlanayotgan moddaning haqiqiy miqdoridan farq qiladi. Aniqlanadigan 
qiymatni haqiqiy qiymatdan farqiga analizning xatosi deyiladi. Har qanday o‘lchashda u yokibu miqdordagi xatoga yo‘l qo‘yilishi 
va xatoning to‘liq oldini olish imkoni yo‘qligi sababli analizda xatolar hisobga olinishi kerak. Nisbiy xato Anisdeb, mutloqxatoning 
aniqlanayotgan kattalikka nisbatining foizifodasigaaytiladi. Tasodifiy xatolar deb, kattaligi va ishorasi doimiy bo‘lmasdan o‘zgarishi 
ma’lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunmaydigan xatolarga aytiladi. Tasodifiy xatolar analitikning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan tashqi 
faktorlar ta’sirida va analitikning ehtiyot bo‘lmasdan ishlashi natijasida ro‘y beradi. Qo‘pol xatolar analiz natijasini keskin 
o‘zgartirib yuboradi. Bunga ehtiyotsizlik natijasida moddaning to‘qilib ketishi yoki byuretka shkalasining yoxud tarozi toshlarini 
noto‘g‘ri hisoblashlari kiradi. O‘rtacha natijani hisoblayotganda ular hisobdan chiqarib tashlanadi. 
Sistematik xatolar deb, kattaligi doimiy bo‘lgan va ma’lum qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradigan xatolarga aytiladi. Sistematik xatolarga 
quyidagilarni kiritish mumkin. Sistematik xatolikbir me’yorda bo‘lib, natijani kamaytirib yoki ko‘paytirib yuboradi. Sistematik 
xatolarni oldindan bilish va ularning chorasini ko‘rib, xatoni kamaytirish mumkin. 
3 Atsetilen uglevodorodlariga galogenlarning birikishi olefinlarga nisbatan kichikroq tezlik bilan boradi. Bunda hosil 
bo’ladigan trans-digalogenalkillarni oson ajratib olish mumkin. Chunki galogen ikkinchi molekulasining birikishi qiyinchilik bilan 
boradi: 
Reaksiya xlor bilan olib boriladigan bo’lsa, erituvchi ishtirokida olib boriladi. Buning sababi, atsetilen xlor bilan portlovchi 
aralashma hosil qiladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin