7variant
1
Ionli bogʻlanish
kimyoviy bogʻlanishning bir turi boʻlib, u qarama-qarshi zaryadlangan ionlar yoki elektromanfiyligi keskin farq
qiluvchi ikki atom oʻrtasidagi elektrostatik tortishishni oʻz ichiga oladi
[1]
va ionli birikmalarda yuzaga keladigan asosiy oʻzaro
taʼsirdir. Kovalent bog'lanish va metall bog'lanish bilan birga bog'lanishning asosiy turlaridan biridir. Ionlar elektrostatik zaryadga
ega bo'lgan atomlar (yoki atomlar guruhlari). Elektron olgan atomlar manfiy zaryadlangan ionlarni (anionlar deb ataladi) hosil
qiladi. Elektronlarni yo'qotadigan atomlar musbat zaryadlangan ionlarni (kationlar deb ataladi) hosil qiladi. Elektronlarning bunday
uzatilishi kovalentlikdan farqli ravishda
elektrovalentlik
deb nomlanadi. Eng oddiy holatda, kation metall atomi, anion esa metall
bo'lmagan atomdir, lekin bu ionlar yanada murakkab tabiatga ega bo'lishi mumkin, masalan, NH+ kabi molekulyar ionlar.NH
NH yoki SO2− SO. Oddiyroq qilib aytganda, ion bog'lanish har ikkala atom uchun ham to'liq valentlik qobig'ini
olish uchun
elektronlarning metalldan metall bo'lmaganga o'tishi natijasida yuzaga keladi.
Metall bogʻ
— kimyoviy bogʻning bir turi,
metallning kristall panjara tugunlarida (uchlarida) joylashgan musbat zaryadli ionlar bilan elektron gaz (valent elektron)ning oʻzaro
taʼsiri natijasida yuzaga keladi. Metallar oʻziga xos eng muhim fizikkimyoviy xossalari bilan boshqa oddiy va murakkab
moddalardan farq qiladi. Bu xossalar faqat metallargagina mansub boʻlgan metall boglanish mavjudligi tufayli namoyon boʻladi.
Metall atomida valent
elektronlar soni oz, lekin elektronlar bilan toʻlmagan orbitallar koʻp. Valent elektronlar metall atomining
yadrosi bilan ancha boʻsh bogʻlanganligi sababli kristall panjara ichida erkin harakat qiladi. Bu elektronlar harakati gaz qonunlariga
boʻysunganligi uchun ularni elektron gaz deb ataladi.
2
Moddani analiz qilishdan oldinanalizdan ko‘zda tutilgan maqsad va buyurtmachining qo‘ygan vazifasi aniq bo‘lishi kerak.
Shu maqsad va vazifadan kelib chiqqan holda analitik o‘z ixtiyorida bo‘lgan usullarning eng qulay, aniq, sezuvchanligi va
selektivligi analiz o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan usulni tanlaydi.Tanlanadigan usulning sezuvchanligi moddaning
tekshiriladiganob’yektdagi miqdoridan yuqori bo‘lishi kerak.
Sezuvchanlik-aniqlanadigan moddaning berilgan usul yordamida topilishi mumkin bo‘lgan eng kam miqdoridir. Tanlangan usulga
asoslangan metodikalar yordamida analiz bajariladi. Tekshiriladigan moddaning tarkibi, qo‘yilgan vazifa, talab etilgan aniqlik,
tegishli laboratoriyada mavjud imkoniyatlar singari kattaliklarga asoslanib analiz usuli tanlanadi va analiz sxemasi tuzib chiqiladi.
Analiz bajarish jarayonini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin.
Analizni o‘tkazish bosqichlari:
1.analitik vazifani belgilab olish va analiz usulini tanlash,
2.namuna olish,
3.namunani
analizga tayyorlash,
4.signalni o‘lchash,
5.hisoblash va natijalarni rasmiylashtirish.
3. Oksikislotalarning tuzilishida gidroksil va karboksil guruhlari bo’ladi. Karboksil guruhi oksikislotaning asosligi (negizligi) ni,
gidroksil va karboksil guruhi yig’indisi esa uning atomliligini belgilaydi. Masalan: sut kislota CH3–CHOH–COOH- bir asosli 2
atomli oksikislota: olma kislota COOH–CHOH–CH2–COOH ning asosli 3 atomi : vino kislota HOOC–CHOH–CHOH–COOH- 2
asosli 4 atomli kislotaga misol bo’ladi.
Bir asosli ikki atomli oksikislotalar.
Izomeriyasi va nomlanishi. Oksikislotalarning dastlabki vakillari tarifli nomenklatura bo’yicha nomlanadi (masalan, sut kislota).
Qolganlarining nomi tegishli kislotalar nomiga oksi so’zini qo’shib hosil qilinadi. Gidroksil va karboksil guruhlarining o’zaro
joylashuviga qarab ular a-, b-, g- va boshqa oksikislotalarga bo’linadilar. Sistematik nomenklaturada gidroksil
guruhining holati
raqam bilan ko’rsatiladi. Oksikislotalarni nomlashga misollar keltiramiz
Olinish usullari. 1. Oksikislotalarni galogen almashgan kislotalarni gidroliz qilib olish mumkin. Bu usul a-oksikislotalrini olishning
eng qulay usuli hisoblanadi. a-galogen almashgan kislotalar kislotalarni bevosita galogenlab olingani va ulardagi galogenni
gidroksil
guruhiga oson almashganligi sababli bu usul muxim ahamiyatga ega:
2. Oksinitrillarni gidrolizlab oksikislotalar olinadi:
3.b-oksikislotalar to’yinmagan kislotalarga suv biriktirib olinadi.
4. Oksialdegidlar va glikollarni oksidlab ham oksikislotalar olinadi.
4
Dostları ilə paylaş: