1. tuproq namunalarini olish va analizga tayyorlash



Yüklə 46,71 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü46,71 Kb.
#176083
1. tuproq namunalarini olish va analizga tayyorlash-fayllar.org

1.TUPROQ NAMUNALARINI OLISh VA ANALIZGA TAYYoRLASh


Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga tuproq namunalarini olish va analizga tayyorlash bo’yicha tushinchalar berish va o’rgatish.
1.Kerakli asbob uskuna, jihoz va reaktivlar: Tuproq, namuna olish uchun xaltachalar, qog’oz o’ramlari, yetiketka, hovonchalar, uchi rezinali ezgich, monolit uchun yog’och yashiklar, texnik va analitik tarozi, yelaklar to’plami, metrli tasma, pichoq, belkurak.
1.1.Tuproq namunalarini olish Umumiy tushinchalar: Tuproqshunoslik fanidan nazariy bilim va ko’nikmalar hosil qilingandan so’ng har bir mavzu bo’yicha to’liq tushunchaga yega bo’lish va amaliy ko’nikma hosil qilish uchun tuproqni dala sharoitida tabiiy holatini ko’rib, ularning xossalarini o’rganish uchun namunalar olish muhim amaliy ahamiyatga yega. Tuproqning xossa va xususiyatlarini o’rganish uchun yeng avvalo ma‟lum tuproq uchun xarakterli bo’lgan joydan tuproq chuquri (kesmasi) uchun joy tanlash lozim. Tuproq chuquri uchun joy tanlash juda muhim ahamiyatga yega bo’lib, tuproq tipi haqida to’g’ri xulosaga yega bo’lishda asos bo’lib xizmat qiladi. Tuproq chuquri uchun tanlangan joy drenaj, kanal, trubaprovod o’tgan joylar hamda ko’l va botqoqliklardan uzoqda, dalaning chekka qismlariga, ariqlarning o’rniga, tekislash olib borilgan joylarga to’g’ri kelmasligi lozim. Dalaning relefi tekis bo’lsa uning o’rtasidan chuqur uchun joy tanlanadi. Dalaning chet qismlarida sug’orish ariqlarining bo’lishi, haydov va ishlov berish mexanizmlari tuproqni zichlashtirib yuborish tuproq bir xilligini ta‟minlashga salbiy ta‟sir qiladi. Tuproq chuquri tanlanayotganda dalaning relfi qiya bo’lsa, tuproq chuquri dalaning yuqori, o’rta va quyi qismlaridan kovlanadi. Tabiiy holati buzilmagan landshaftlardagi tuproq chuqurlarini tanlashda relefi va landshaftlar ko’rinishi va bir xilligiga alohida e‟tibor berish lozim. Tuproq chuqurini kovlashdan oldin kovlanadigan joy belgilab olinadi. Chuqurning uzunligi taxminan 200 sm atrofida, kengligi esa uning ichiga tushganda namuna olish va boshqa lozim bo’lgan ishlarni bajarish uchun qulay bo’lgan kenglikda bo’lishi lozim (taxminan 80-100 sm). Tuproq turiga bog’liq holda, chuqur tuproqning ona jinsigacha yoki yer osti suvi va shag’alli qatlamgacha chuqrlikda kovlanadi. Tuproq chuqurini kovlashda kesma (devori) ning yuzasini (devorini) quyosh radiasiyasi yaxshi yoritib turishi lozimligini ye‟tiborga olish kerak. Kesmaning yuzasi tik va silliq qilib tekislanadi. Kesmaning qarama-qarshi tomonidan chuqurga tushish uchun zinapoyalar yasaladi. Chuqurning kesma tomoniga tuproq tushmasligi uchun tuproqning chirindili (haydalma) gorizonti chuqurning bir tomoniga qolgan qismi ikkinchi tomonga chiqariladi. Chuqur tuprog’ini chiqarishda ularni shunday joylashtirish kerakki, chuqurni ko’mishda har qaysi gorizont tuprog’i o’zining asl joyiga tushishi kerak. Aslda bu masala ancha murakkab lekin hozirgi texnika va texnologiya imkoniyatlaridan foydalanib, har qaysi gorizont tuproqlarini chuqurdan chiqarishda alohida-alohida ajratib qo’yish mumkin. Tuproqning kesma 5 tomonining tabiiy holatini saqqlashga alohida ye‟tibor qaratish kerak. Shuni ta‟kidlash lozimki, tuproq turlari maqsad va vazifasiga ko’ra asosan chuqurdan tashqari yarim chuqur va chuqurcha shaklida ham kovlanadi. Yarim chuqur tuproqning tarqalish chegaralarini aniqlash va tuproqning nisbatan bo’lgan xossalarini dala bo’ylab tarqalishini belgilash uchun foydalaniladi. Yarim chuqur tuproqning barcha genetik gorizontlarni ochib berishi kerak. Shuning uchun uning chuqurligi genetik gorizontlarning joylashuviga bog’liq. Ko’pchilik holatlarda 75- 100 sm bo’ladi. Chuqurcha asosan tuproq tipiga xos bo’lgan tipchalarni (xillarini) chegeralarini aniqlash va tuproq ayrim xossalarining o’zgarishini aniqlash imkonini beradi. Odatda chuqurcha 40-75 sm chuqurlikda kovlanadi. Tuproqning asosiy chuqurini ta‟riflash uchun yeng avvalo uning qayerda joylashganligi relfi (qiyaligi gorizont tomonlariga nisbatan makrorelf, mezorelf, mikrorelf) ayniqsa mikrorelfga alohida ye‟tibor berish lozim. Tuproqqa ta‟rif berishda o’simliklar dunyosi muhim ahamiyatga yega. Tabiiy holdagi tuproqlar uchun o’simliklarning turlari, bo’yi, qalinligi va.h.k yoziladi. O’simliklar dunyosi tuproqning unumdorlik darajasini ko’rsatuvchi omil hisoblanadi. Agar tuproq chuquri qishloq xo’jalik yekinlari yekilgan dalda kovlangan bo’lsa, yekinning nomi, holati, bo’yi, qalinligi, zararlanganligi, kasalliklari, begona o’tlar bilan ifloslanganligi v.h.k lar qayd qilinidi. So’ngra o’simliklarning qoldiqlari, tuproq yuzasidagi qoldiqlarini tarqalishi (chimli, o’rmon to’shamasi v.h.k) toshlar, yoriqlar mavjudligi yozib qo’yiladi. Tuproq chuquri atrofini xarakterlash tugugandan so’ng, tuproqning morfologik belgilarni ta‟riflashga kirishiladi. Tuproq chuquriga to’liq ta‟rif berilgandan so’ng, shu ta‟rifga binoan tuproqning qaysi tip, tipcha, tur va xillarga bo’linishi aniqlanib, nomlari yozib qo’yiladi. Tuproq chuquriga to’liq ta‟rif berilgandan keyin tuproqni analiz qilish uchun namunalar olinadi. Namunalar fizik-mexanik, kimyoviy xossalarini aniqlash uchun tuproqning sochilma namunalari hamda tuproq gorizontlari yaxlitligi ta‟minlangan monolitlar shaklida olinadi. Monolitlarda suv-fizik xossalari va morfologik belgilari, xususiyatlari amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida o’rganiladi. Namuna olish. Tuproq chuquri kovlab bo’lingandan yeng pastki gorizontidan sochilma namuna olinadi (lozim hollarda ona jinsdan ham). So’ngra tuproqning morfologik belgilariga ko’ra tuproq chuquriga to’liq ta‟rif berligach, qolgan gorizontlardan ham namunalar olinadi. Namunalar pastki qatlamdan yuqori qatlamga qarab, ketma-ketlikda olinadi. Yeng ustki qatlamdan yeng oxirida boshqa qatlamlarga nisbatan qariyib 2 barobar ko’proq ya‟ni 300-400 g tuproq olinadi. Chirindili (eng yuqori) qatlamdan tuproq namunasi olishda tuproq pichog’i bilan qatlamning ham yeniga ham bo’yiga butun qatlam qalinligidan olinadi. Gorizont qalin bo’lsa, har 10 sm dan olinadi. Pastki qatlamlardan gorizontning eng uzunligining teng o’rtasidan 10 sm qalinlikdagi tuproq belgilab olinadi va shu qatlamdan o’rtacha aralash (sochilma) namuna olinadi.
Namuna olingan qog’oz xaltachaga tuproq chuquri nomeri, viloyat, tuman, fermer xo’jaligi, qishloq, dalaning maydoni, konturning nomeri, qatlam qalinligi, gorizont indekslari va talabaning familya ismi sharifi qalam bilan qog’oz yetiketkaga yozib qo’yiladi. Tuproqning yaxlit namunasini olish. Tuproqning tabiiy holati buzilmasdan barcha gorizontlari saqlangan holda, tikkasiga kesib olingan namunasiga monolit deb ataymiz. Monolit namunalarining ustunligi shundaki, ularda tuproqning tabiiy holdagi genetik gorizontlari, morfologiyasi, tuzilishi, ranggi, qatlamlarning joylanishi va belgilarni ko’rib, tuproqning tabiiy holdagi ko’rinishini oson yesda saqlab qolish mumkin. Qolaversa tuproqshunoslik muziyeyida ko’rgazma sifatida saqlab, amaliy darslarda foydalanish mumkin. Yaxlit namuna olish uchun yog’och yashiklar yasaladi. Yashikning bo’yi 100 sm va undan ortiq bo’lishi mumkin. Yeni 20 sm qalinligi 10 sm bo’lishi maqsadga muvofiq. Yaxlit namuna olish uchun tuproq chuqurining ichiga yashikning ochiq qismi bilan tuproq kesmasiga yopishtirib qo’yiladi. Yashikning tuproq kiradigan yuqori qismi tuproq yuzasi bilan teng bo’lishi mumkin. Yashikning har ikkala yon tomni va tagi tuproq pichog’i yoki belkurak bilan belgilab olinadi. Belgilangan joydan yashikni tuproq kesmasiga kiygizish uchun tuproqdan joy ochiladi va yashik 10 sm tuproqqa kirgandan keyin kesmaning teskari tomonidan yashik hajmiga mos tuproq kesib chiqiladi. Yaxlit tuproq kesmasi yashik bilan birga chuqurdan olinadi va ortiqcha tuproq yashik og’zi bilan birtekis qilib kesib chiqiladi. Yashikning old va orqa tomonidan qopqoqlari burama mix bilan mahkamlab chiqiladi. Tuproqning nomi, joyi, vaqti, kim tomonidan olingani yozib qo’yiladi. Tuproqni analizga tayyorlash. Analiz uchun olingan tuproq namunalari ko’pincha havoda quritiladi. Tuproq turli xil gazlar, chang va suv bug’laridan holi xonada quritiladi. 1000 gramm tuproq tarozida o’lchanib, qog’oz ustiga yupqa qatlam qilib tekis yoyib qo’yiladi. Tuproq namunalarini uzoq vaqt nam holda saqlashga yo’l qo’yilmasligi kerak. Chunki nam tuproq namunalarida mikrobiologik jarayonlar tufayli tuproq xossalarida o’zgarishlar ro’y beradi. Quritilgan tuproq 1 mm li yelakdan o’tkaziladi. Tuproq agregatlarini analiz qilish uchun tuproq mayin qilib ye‟zilmaydi (tuyilmaydi). Nitratlar analizi uchun daladan olingan tuproq quritilmasdan birdan analiz qilinishi kerak. Tuproq namunalarini quritish uchun zich, namga chidamli qog’oz ustiga yupqa qilib yoyib chiqiladi va undagi o’simlik qoldiqlari, qo’shilmalar, yangi yaralmalar va yirik kesakchalar terib olinadi. Xona havosi tarkibidagi turli changlar, ayerozollar tuproqqa o’tirmasligi uchun tuproq usti qog’oz bilan yopib qo’yiladi va 2-3 kun shu holda quritiladi. Havoda qurigan tuproqning o’simlik ildizlari va boshqa turli xil qo’shilmalar ajratib olinadi va og’irligi torozida o’lchab qo’yiladi.

Qog’ozda qolgan tuproqni tekis qilib yoyib, har-har joyidan aralash tupproq namunasi olinadi. Gumus va azot miqdorini aniqlash uchun olinadigan tuproq namunasini analizga tayyorlash uchun o’rtacha olingan namuna qog’ozga tekis yoyilib tuproqdagi yeng kichik razmerli ildizlar va boshqa organik qo’shilmalar pensit bilan terib olinadi. Keyinchalik turli kattalikdagi kesakchalar qo’l bilan yeziladi va yana lupa yordamida kichik tomirchalar, organik qoldiqlar terib olinadi. Shundan Uchi rezinali ezgich Tuproq maydalash uchun hovoncha 8 so’ng chinni kosada yezadigan qismi rezinali tuygich bilan tuproq yeziladi va 1 mm li yelakdan o’tkaziladi. So’ngra o’rtacha namunadan 10-15 g/sm tuproq olib, uni qog’oz ustiga yupqa qatlam qilib yoyib chiqiladi va junli mata bilan artilgan yelektr zaryadli shisha tayoqcha bilan mayda tomirlar va organik qoldiqlar terib olinadi. Shisha tayoqchani tuproqqa 3-5 sm uzoqlikda bir necha marta tuproq namunasi ustidan o’tkazish kerak. Tomirchalar terib olingandan so’ng yana tuproq namunasi chinni kosada tuygich bilan yeziladi va 0,25 mm li yelakdan o’tkaziladi. Yelakdan o’tmay qolgan tuproq namunasi yana yezg’ilanadi va yealakdan o’tkaziladi. Analizga tayyorlangan tuproq namunasi qog’oz xaltada yoki shisha idishda og’zi mahkamlangan holda saqlanadi.




O’simliklardan so’ng tuproq sirtining ta‟rifi beriladi. Bunda tuproq yuzasida o’simlik qoldiqlari qoplamining bor-yo’qligiga, ularning tarqalish xarakteriga (o’rmon to’shamasi, chim, o’simlik qoldiqlari namati) tuzlar va ohak bo’lishi, ildizlar tarqalishi, yoriqlarning bo’lishi, toshloqligi, suv bosish alomatlari borligi kabilarga ye‟tibor beriladi.
Yüklə 46,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin