Mavzu: O‘quv fanlari uchun mo‘ljallangan elektron ta’lim resurslarini yaratish (2 soat amaliy)
Reja:
Microsoft Excel dasturi haqida tushuncha va uning imkoniyatlari
Edraw Max dasturi imkoniyatlaridan foydalanib mashg‘ulotlar uchun didaktik tarqatma materiallar tayyorlang.
Microsoft Excel 2016 dasturi. MS Excel 2016 menyusi, uskunalar paneli, formatlash elementlari va ularning vazifalari haqida. YAcheykalarga ma’lumotlarni kiritish usullari, ular ustida har xil arifmetik va mantiqiy amallar bajarish, ma’lumotlarni saralash va tahrirlash. Jadvalli ma’lumotlar bilan ishlash, diagrammalar tashkil qilish va ularni o‘zgartirish. Ssenariylar tashkil etish, murakkab hisobotlar bilan ishlash texnologiyasi.
MS Excel 2016 dasturi. Elektron jadvallar bilan ishlovchi MS Excel 2016 dasturi hisoblash amallariga asoslangan xolda jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun, hamda xisoblashlar natijasi bo‘lgan sonli qiymatlar asosida turli ko‘rinishdagi diagrammalar yaratishga mo‘ljallangan. Kompyuterlar sonli ma’lumotlarni jadval shaklida ifodalanishi va uning ustida har xil hisoblash amallarini bajarishga imkon yaratib beradi.
Jadval ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturlari elektron jadvallar deb ataladi.
MS Excel 2016 dasturida xar xil jadval shaklidagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ekran yacheykalardan iborat va xar bir yacheyka shaxmat taxtasiga o‘xshagan o‘z adresiga ega. Bu ma’lumotlar bazasi bilan ishlaganda xar bir yacheykada joylashgan ma’lumotdan foydalanish va undan foydalanib, boshqa bir yangi ma’lumot xosil qilishga imkon beradi. Bu dastur asosan bank sistemasiga o‘xshagan ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar uchun mo‘ljallangan va juda ko‘p imkoniyatlariga ega.
Dasturni yuklash uchun Windowsning asosiy menyusidan Pusk→Vse programmi→ Microsoft Office 2016 → Microsoft Office MS Excel 2016 bandlari tanlanadi. MS Excel 2016 da har qanday hujjat ishchi kitob deb ataladi va .xlsx kengaytmali shablonlar bilan tasvirlanadi. Har bir ishchi kitobda boshlang‘ich holatda 3 tadan sahifa beriladi. Bu sahifalar sonini ko‘paytirish va kamaytirish ham mumkin. Birinchi ishchi kitobga Kniga1 degan nom beriladi.
MS Excel 2016 dasturining interfeysi sarlavhalar satri, menyular qatori, buyruqlar lentasi, formula qatori, ishchi varoq va holatlar satridan iborat.
MS Excel 2016 dasturi menyular satri.
“Glavnaya” menyu satri elementlari
“Vstavka” menyu satri elementlari
“Razmetka stranisi” menyu satri elementlari
“Formuli” menyular satri elementlari
“Dannie” menyular satri elementlari
“Rezensirovanie” menyular satri elementlari
“Vid” menyular satri elementlari
Matematik formulalar bilan ishlash. Elektron jadvallarda oddiygina jadval tuzish emas, balki yacheykalarga kiritilgan boshlangich qiymatlardan ma’lum formula asosida yangi qiymatlarni xosil qilish muximdir. Jadvalga ixtiyoriy formulani kiritish va hisoblashni bajarish mumkin.
Barcha formulalar (=) belgisi bilan boshlanadi. Formulalar dasturlash tillaridagi kabi bir qatorda yoziladi. Aks holda u oddiy matn singari tushuniladi. Formulalarni yozishda yacheykalar adresidan foydalanish mumkin. YAcheykalar adresi absolyut ko‘rinishda olingan xolatda formulani ko‘chirish paytida u o‘zgarmaydi.
Formula to‘g‘ridan-to‘g‘ri yacheykaga yoki formula kiritish joyiga yoziladi.
Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Excel yordamida jadvalga kiritilgan sonli ma’lumotlarning diagrammalari va grafiklari hosil qilinadi. Diagrammalar va grafiklarni chizish uchun Excelda juda katta imkoniyatli yordamchi «Master diagramm» majud. SHu yordamchi vositasida turli tuman diagrammalar quriladi. Diagrammani berilganlar joylashgan varaqda, boshqa varaqda xatto boshqa kitobda hosil qilish mumkin.
Edraw Max dasturida ishlash
Edraw Max dasturi didaktik tarqatma materiallar va flayer dizaynini yaratishga mo‘ljallangan professional dastur. Dastur interfeysi qulay va sodda. Funksiyalarni bajarish oson va tushunarli. Edraw Max dasturi professonal ko‘rinishga ega bo‘lgan, flayer, sertifikat va boshqa turdagi tarqatma materiallarni tayyor shablonlar yordamida yaratish imkoniyatini beruvchi uskunalar paneliga egadir. Dastur avtomatik ravishda gipermurojaatlar va tasvirlar qo‘shish imkoniyatiga egadir. Tayyor maxsulotlarni PDFga, MS PowerPoint formati, MS Word dasturi va boshqa grafik formatlarga eksport qilish imkoniyatiga ega.
Dastur yordamida pedagogik tarqatma materiallar va ular ustida turli qo‘shimcha amallar bajarish imkonini beradi.
Dasturni ishga tushirish:
1.Pusk-Vse programmi-Edraw Max
2. Pusk-Edraw Max
Edraw Max dasturning umumiy interfeysi quyidagicha:
Topshiriqlar:
MS Word dasturida matnli va jadvalli hujjatlar tayyorlang.
MS Word dasturida xujjatlarga rasmlar va shakllar o‘rnating.
MS Word dasturida yaratilgan hujjatlarni saqlash jarayonida ximoyalang.
MS Excel dasturidan foydalanib o‘z faningizdan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalari aks etgan monitoringni tayyorlang va chop eting.
Edraw Max dasturi imkoniyatlaridan foydalanib mashg‘ulotlar uchun didaktik tarqatma materiallar tayyorlang.
Dostları ilə paylaş: |