8-mavzu. Maple tizimi. Matematik ifodalar va funksiyalar. Algebra va sonlar nazariyasi masalalarini yechish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/11
tarix17.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#88520
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maruzamatn 2 qism


8-mavzu. Maple tizimi. Matematik ifodalar va funksiyalar. Algebra va sonlar nazariyasi masalalarini yechish.

Maple kompyuterga o’rnatilgandan so’ng, uni standart 2 yo’l bilan ishga tushirish mumkin: 1) Windows OT ning bosh menyusi orqali yoki 2) Ish stolida yaratilgan yorliq orqali. Biz Maple 9.5 versiya bilan ishlaymiz. Maple oynasi Windows OT ning standart oynasiga o’xshash bo’lib, oynaning nomi satri, menyu satri, qurollar paneli, ishchi maydon, holat satri, lineyka va o’girish liftlaridan iborat:


Asosiy menyu punktlari:
File(Fayl)- fayllar bilan ishlaydigan standart buyruqlar, masalan, faylni saqlash, ochish, yangisini yaratish va hokazo, to’plamidan iborat.
Edit(Pravka)- fayllarni tahrirlovchi standart buyruqlar, masalan, nusxalash, ajratilgan matn qismini buferga olish, buyruqni bekor qilish va hokazo, to’plamidan iborat.
View (Vid)- oynani ko’rinishini o’zgartiruvchi standart buyruqlar to’plamidan iborat.
Insert (Vstavka)- oynaga matnli, buyruqli maydonlar, grafiklarni qo’yish uchun mo’ljallangan buyruqlar to’plamidan iborat.
Format (Format)- hujjatni bezash uchun ishlatiladigan buyruqlar to’plamidan iborat.
Options (Parametrы)- ma’lumotni ekoanga kiritish va chiqarish bilan bog’liq buyruqlar to’plamidan iborat.
Windows (Okno)- bir ishchi oynadan ikkinchi ishchi oynaga o’tish uchun mo’ljallangan buyruqlar to’plamidan iborat.
Help (Spravka)- Maple haqida batafsil ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Maple da ishlash muloqat (sessiya) tarzida olib boriladi: foydalanuvchi Maple ga ekranda buyruq bilan murojaat qiladi, Maple uni qayta ishlab ekranda buyruqdan keyingi satrga javob qaytaradi (quyidagi rasmga qarang). Shunga asoasn, ishchi maydon shartli ravishda uch qismga bo’linadi:
1)Kiritish (buyruq) maydoni-buyruqlardan iborat. Buyruqlar >sommand(p1,p2,…); (yoki :) ko’rinishga ega, qizil rangli, chapga tekislangan;
2)Chiqarish (javob ) maydoni- Maple ning kiritilgan buyruqga javobidan iborat bo’lib, analitik ifoda, sonli qiymat, to’plam, grafik obyekt, xatolik haqidagi xabardan iborat bo’lishi mumkin va ko’k rangda. Javob buyruqdan keyingi satrga chiqariladi, markazga tekislangan bo’ladi;
3)matn (komentariya) maydoni- foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan ixtiyoriy matndan iborat va u ma’lumotni qayta ishlashga ta’sir etmaydi, va uning mohiyatini tushuntirish uchun ishlatiladi, va qora rangli.

[>

Т
Matn va buyruq maydoniga o’tish qurollar panelidagi (yoki Insert (Vstavka) menyusidagi ularga mos buyruqlar orqali )
tugmalarni bosish orqali bajariladi.

Maple sonlar va arifmetik amallar





Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin