Mavzu: Yong'in xavfsizligi asoslari



Yüklə 20,29 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü20,29 Kb.
#198012
1.Yongin xavfsizligi asoslari.


Mavzu: Yong'in xavfsizligi asoslari.
Yong’inning oldini olish uni o’chirishdan oson!
Yong’inni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:
Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerak;
Nosoz elektr asboblaridan foydalanish mumkin emas;
Bir nechta elektr asboblari vilkalarini bir razetkaga birdaniga tiqma;
Gugurt o’yinchoq emas, buni doimo yodda tut;
Yong’in sodir bo’lib qolsa uydan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan xoli bo’lishi kerak;
Transport vositalarida ham yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qil;
Transport vositalarida yonuvchan moddalarni olib yurish taqiqlanadi, yengil alangalanuvchan suyuqliklarni yo’lovchilar ko’p vagonda tashish juda xavfli;
Uyda iloji bo’lsa ixcham o’t o’chirgich hamda telefon oldida avariya xizmatlari telefon raqamlari ko’rsatilgan qo’llanma osig’liq turishi lozim.
Yong’in chiqqan hollarda:
Darhol o’t o’chirish xizmati 101 raqamiga xabar bering;
Mavjud bo’lgan vositalar (o’t o’chirgich, suv, qum, qalin yopqichlar) yordamida yong’inni o’chirishga urinib ko’ring;
Yonayotgan xonaga havo kirishini chekla (derazalarni va eshiklarni zarurat bo’lmasa ochma), quyuq tutun bo’lganda zudlik bilan xonani tark et va eshikni mahkam yoping;
Xonadan chiqayotganingda ko’zlaringni va nafas olish organlarini tutundan respirator, paxta dokali niqob, ho’llangan latta yoki sochiq bilan himoya qiling.
Evakuatsiya qilish yo’llari:
Zinapoyalar, tutash balkonlardan;
Tashqi yong’in narvonlari;
Yo’laklar;
Baland imoratlarda balkonlardagi pastki qavatlarga tushadigan evakuatsiya lyuklaridan foydalanish mumkin.
Bularni bilish kerak!
Ho’l sochiq yoki qalin gazlama nafas olish organlarini tutundan saqlaydi;
Vaqtida (tez yordam kelguncha) qilingan sun’iy nafas jabrlangan kishining hayotini saqlab qoladi;
Sun’iy nafas oldirish ochiq havoda bo’lishi kerak;
Odamlar badanidagi kuygan joylarni vodoprovod suvida yuvish tavsiya etiladi.
Yong’in chiqsa, 101-raqamiga qo’ng’iroq qiling!
Yong’in sodir bo’lganda xavfsizlik qoidalari
Mumkin emas:
O’t o’chiruvchilarni chaqirmay yong’in bilan mustaqil kurashish;
Elektr asboblarini tokdan o’chirmay suv bilan o’chirish (tok urib olishi mumkin);
Tutunni chiqarib yuborish uchun deraza va eshiklarni ochish (yong’in toza havo kirishi natijasida kuchayadi);
Katta maydon yong’in ostida qolgan vaqtda liftdan foydalanish (odam liftda qamalib va tutundan bo’g’ilib qolishi mumkin);
Tutunli yo’lak yoki zinapoya orqali chiqishga harakat qilish (tutun zaharli, issiq havo esa o’pkani kuydirishi mumkin);
Tarnov quvurlaridan, arqon va boshqa narsalarga osilib tushish (qulab tushish ehtimoli katta);
Derazalardan sakrash (3 qavat va undan yuqorisidan sakrashning har ikkinchisi o’lim bilan tugaydi).
Birlamchi o`t o`chirish vositalari
Uglekislotali o’t o’chirgich
Kukunli o’t o’chirgich

Uglekislotali o’t o’chirish vositalari


O’t o’chirish vositasi havo kirmasa ham yonadigan moddalarni o’chirish uchun mo’ljallangan. Elektr yurgizgichlarni, elektr asbob uskunalarni, kimyoviy labaratoriyalarda, arxivlarda va muzeylarda yong’in o’chirishda tengi yo’q. Past haroratdan qo’rqmaydi.
Uglekislotali o’t o’chirish vositasini ishlatish tartibi
1. Plombasini buz va mixini chiqarib yuboring.
2. Olovga o’t o’chiruvchi modda chiqish jo’mragini yo’naltiring.
3. Richagni bosing. Kukunli o’t o’chirish vositalari
Qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, shuningdek 1kv gacha kuchlanishdagi elektr qurilmalardagi yong’inni o’chirish uchun mo’ljallangan.

O’t o’chirish vositalari bilan avtoulov, garaj, ombor, ofis va banklar, sanoat obyektlari, kasalxonalar, maktablar, shaxsiy uylar va h.k. ta’minlanadilar.


Ishlatish tartibi:
Mixini sug’urib tashlang;
Tugmachasini bosing;
Jo’mragini olovga yo’naltiring;
Qo’llanayotganda silkitib turish kerak;
O’t o’chirish vositasini tik holatda ishlat (teskarisiga o’girilmasin!).
Mumkin emas:
O’t o’chirish vositasini yotiq ushlash va teskari ya’ni boshini pastga qilish;
O’t o’chiruvchi modda chiqish jo’mragiga qo’l yoki badanning boshqa ochiq joyi bilan tegish (uning harorati –60-70°C gacha pasayib ketadi);
Jo’mragini kuchlanish ostidagi elektr uskunalariga 1m masofadan yaqinlashtirish.
Ichki o’t o’chirish jo’mraklari
Ishlatish tartibi:

Quti eshigini oching;


O’t o’chirish yengini olov yonayotgan tomonga yoying;
Kranni soat strelkasiga teskari yo’nalishda burab oching;
Dastakni olov yonayotgan tomonga qaratib, uni o’chiring. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda korxonalarda olib boriladigan ishlar.
Agar sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda, unda bajariladigan ishlarning mohiyatidan kelib chiqadigan talablardan, unga texnik mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari, unga yong‘in xavfi va yong‘inga qarshi tura olish talablari ham qo‘yiladi.
QMQ 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi bo‘yicha uch gruppaga bo‘linadi.

Yonmaydigan konstruksiyalar—bularga katta harorat ta'sirida yoki alanga ta'sirida yonib, kulga yoki ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari kiradi (masalan, metall konstruksiyalar va mineral materiallar).

Qiyin yonadigan konstruksiyalar—bunga katta harorat yoki ku-chli alanga doimiy ta'sir etganda tutab yonadigan, alanga ta'siri yo‘qolishi bilan uchadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (o‘tga qarshi vositalar bilan ishlov berilgan yog‘och konstalksiyalar va sanoat chiqindilardan tayyorlangan—yarim organik va yarim mineral mod-dalardan tayyorlangan konstruksiyalar).

Yonadigan konstruksiyalar—bularga alanga yoki katta harorat yondiruvchi vosita bo‘lib, keyin alanga olib ketilgandan keyin ham yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (yog‘och materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materiallari).

Bino qurilishida ishlatiladigan qurilish konstruksiyalarining yong‘inga chidamliligini yoki yonishi ularning qanday materialdan tayyorlanganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Ammo ba'zi bir hollardan konstruksiyalarning o‘tga chidamligiga uning tarkibiga kiradigan materiallarning o‘tga chidamligiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin (Masalan, issiq saqlovchi izolatsiya vositalarini metall tunuka bilan qoplab, uning o‘tga chidamligini oshirish mumkin).

Yong‘in sharoitida qurilish konstmksiyalariga katta harorat ta'siridan tashqari boshqa kuchlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, konstruksiyaning o‘z og‘irligi, u ko‘tarib turgan umumiy og‘irlikdan tashqari yana qo‘shimcha statik va dinamik kuchlar ta'sir ko‘rsatishi mumkin, bu sochilayotgan suvning, yig‘ilayotgan va bosim tushayot-gan bino qismlarining og‘irligi va hokazo. Shuning uchun ham bun-day kuchlar ta'sirida konstruksiyalar egilishi, bukilishi va mustah-kamligini yo‘qotib, ko‘tarish qobiliyatiga putur etishi mumkin.

Bundan tashqari yong‘in vaqtida qurilish konstruksiyalari xavfli darajadagi katta haroratda qizishi, erib yoki kuyib ketishi, shuningdek, yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin, bu yoriqlar orqali yong‘inning qo‘shni xonalarga tarqalish xavfi kuchayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat konstruksiyalarining ma'lum muddat o‘tgach chidash berish holatlari belgilanadi va bu ishlatish imkoniyati sifatida o‘tga chidamlilik deb yuritiladi.

Material va konstruksiyalarning o‘tga chidamliligi o‘tga chidamlilik chegarasi bilan belgilanadi. O‘tga chidamlilik chegarasi asosan tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Tajriba usulini qo‘llanganda asosan maxsus stendlardan foydalaniladi. Sinalayotgan konstruksiya sinash qurilmasiga o‘rnatilib uni ma'lum vaqtgacha, yong‘in vaqtida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan haroratda qizdiriladi. Qizdirish davomida qurilish konstruksiyasida ba'zi bir o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin:

1) konstruksiyada yoriq va teshiklar hosil bo‘lishi mumkin. Bu teshik va yoriqlar orqali yong‘in mahsulotlari muhofazalanayotgan tomonga o‘tib ketishi xavfi tug‘iladi;

2) qizdirilayotgan konstruksiya yuzasining qarama-qarshi tomonidagi yuzaning deyarli hammasi 100°C gacha qizisa yoki qizdirish boshlangan haroratga nisbatan ba'zi bir nuqtalarda 190°C harorat hosil bo‘lsa va qizdirish boshlangandagi haroratdan qat'i nazar 220 °C harorat hosil bo‘lsa;

3) konstruksiya o‘z ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotib buzilib tushsa, unda bu konstruksiya o‘z o‘tga chidamlilik darajasiga yetdi deb hisoblanadi.

O‘tga chidamlilik chegarasi soatlarda belgilanadi. Mana shu o‘tga chidamlilik chegara soatlarning kattaligiga qarab sanoat quri-lishi konstruksiyalarining o‘tga chidamlilik darajasi belgilanadi. Bu darajalar rim raqamlarida I, II, III, IV, V deb belgilanadi. I darajadagi o‘tga chidamlilikka ega bo‘lgan binolarning asosiy devorlari zinapoya maydonlari va kolonnalarining o‘tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatdan kam bo‘lmasligi, tashqi devor va oraliq devorlar 0,5 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. II darajadagi binolar esa yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2,1 va 0,25 soatlarni tashkil qilishi kerak.

V darajadagi binolar uchun esa o‘tga chidamlilikning minimal miqdori belgilanmaydi.

Qurilish konstruksiyalarining o‘tga chidamlilik darajasini oshirish imkoniyatlari mavjud. Maslan, metall konstruksiyalarning o‘tga chidamlilik darajasi nihoyatda past bo‘lib, taxminin 15—20 minut ichida o‘z ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotib, egilib bukilib ketadi. Agar bu konstruksiyani o‘tga chidamli bo‘yoqlar bilan moylasak uning o‘tga chidamliligi birmuncha ortishi, alebastr yoki sement aralashmalari bilan suvasak uning o‘tga chidamliligini 1 soatga yetkazishimiz mumkin. Agar metalldan qilingan kolonnalarni gips plitalar bilan qoplasak, plitalar qalinligini 6 sm dan kam bo‘lmasa, unda bu kolonnalarning o‘tga chidamlilik chegarasi 3 soatga yetadi.

Yog‘och konstruksiyalarning o‘tga chidamligini oshirish muhim ahamiyatga ega, chunki yog‘och konstruksiyalarni 270—280 °C gacha qizdirganda ular yonib ketadi. Agar yog‘ochdan qilingan konstruksiyalar yaxshilab suvalsa, ularning o‘tga chidamliligi ortadi. Suvoq qilish uchun asbosement va gips aralashmalaridan foydala-nish mumkin. Suvoqning qalinligi 20 mm bo‘lganda yogoch kons-truksiyasining o‘tga chidamliligi 20—25 minutga yetishi mumkin.

Yog‘och konstmksiyalarning o‘tga chidamliligini oshirishda antipirin deb ataluvchi moddani yog‘och konstmksiya ustiga sepish yoki shimdirish yaxshi natija beradi. Antipirin kimyoviy birikma bo‘lib, yog‘och tarkibiga singib borishi natijasida uning yonishini qiyinlashtiradi. Agar yog‘och materialiga antipirin 75 kg/m miqdorida shimdirilsa, yaxshi natijaga erishiladi. Bunday shimdirish, chuqur shimdirish deb ataladi va maxsus moslamalarda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari antipiilnni yuzani ishlov berish yo‘li bilan ham shimdirish mumkin. Bunda antipirin tejaladi, chunki 1 m2 yuzaga 100 g antipirin tuzi sarflanadi. Bunday ishlov berishlar yog‘och konstruksi-yasini butunlay yonmaydigan qilolmasa ham yonishini birmuncha qiy-inlashtirish hisobiga o‘tga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari yog‘och konstruksiyalariga yong‘inga qarshi bo‘yoqlar bilan ishlov berish ham birmuncha ijobiy natijalar beradi.

Sanoat korxonasi hududini zonalarga ajratish

Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong‘inga qarshi chora-tadbirlar belgilanadi. Bu chora-tadbirlar sanoat korxonasi bosh rejasiga kiritiladi. Ularning eng muhimlaridan biri sanoat korxonasi majmualarini va binolarini bajariladigan ishi va yong‘inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Bunda o‘ta yong‘inga xavfli majmualarni, albatta, hududning shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonida joylashtirish taisiya etiladi..

Sanoat korxonalarini zonalashtirishda korxona joylashgan joyning baland-pastligi, shamolning asosiy yunalishi va kuchi hisobga olinadi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni hududning quyiroq qismlariga joylashtirish tavsiya etiladi. Aks holda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda yengil alangalanuvchi suyuqlik past tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlariga tarqalib ketishi xavfi tug‘iladi. Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda ochiq alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqish mumkin bo‘lgan uchqunlar yong‘in xavfini tug‘diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda yengil alangalanuvchi suyuq-liklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning o‘rnini hisobga olgani holda joylashtiriladi.

Yong‘in xavfsizligini ta'minlashda zavod hududidagi avtomobils harakatlanish yo‘llarini to‘g‘ri ta'mirlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong‘in vaqtida o‘t o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz istalgan joygacha bora olishi muhimdir. Shuningdek, korxona hududidagi yong‘inga qarshi deponi joylashtirish ham ahamiyatlidir.

Sanoat korxonasining bir tomonidan kirish yo‘li, albatta, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘chaga chiqadigan bo‘lishi kerak.

Yong‘inga qarshi oraliqlar.Yong‘in bo‘lgan taqdirda alanga bir binodan ikkinchi binoga o‘tib ketmasligini ta'minlash maqsadida yong‘inga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi. Bunday oraliqlar belgilanganda asosan yonma-yon joylashishi mumkin bo‘lgan binolarning yong‘inga xavflilik darajasi, toifasi, konstruksiyalarining o‘tga chidamliligi, alangalanish may-doni, yong‘inga qarshi to‘siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi.

Yong‘inga qarshi oraliqlar tashkil qilishda binolarning o‘tga chidamliligi darajasini hisobga olish juda muhimdir.

Sanoat korxonalari asosiy binolari yordamchi xonalari, ombor qurilishlari orasidagi normalashtirilgan oraliqlarning binolarning o‘tga chidamlilik darajasiga nisbati quyidagi jalvalda keltirilgan. Shuningdek, G va D toifadagi sanoat korxonalari, ularning o‘tga chidamlilik darajasi I va II bo‘lsa va tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan, shuningdek, tashqi devorlari yong‘inga qarshi to‘siq sifatida qurilgan bo‘lsa, yong‘inga qarshi oraliq belgilanmasligi mumkin.

Yong‘inga qarshi to‘siq. Sanoat korxonalarini loyihalash-qurish jarayonida yong‘inga qarshi tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Bu tashkiliy ishlar qatoriga yong‘inga qarshi to‘siqlarni ko‘rsatish mumkin. Bularga yong‘inga qarshi devor, eshik darvoza, lyuk tambur-shlyuzlar va derazalar kiradi.


Yong‘inga qarshi to‘siq vositalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va quyidagicha o‘tga chidamlilik chegarasiga ega bo‘lishi kerak (soatlarda).

Yong‘inga qarshi asosiy devor-2,5 soat. Yong‘inga qarshi devorlarda bo‘lgan eshik, deraza va darvozalar-1,2 soat. Asosiy bo‘lmagan devor-0,75 soat. Asosiy bo‘lmagan devordagi eshik, derazalar, shuningdek, tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, tosh va boshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlar o‘tga chidamlilik chegarasi bo‘yicha qo‘yilgan yuqoridagi talablarni bajaradi. Agar devorlar mabodo sinchli bo‘lsa, uning asosiga ishlatilgan sinchning va orasiga urilgan devorlarning o‘tga chidamlilik chegarasi hisobga olinadi.

Evakuatsiya yo‘Ilari

Har bir sanoat korxonasi uchun mo‘ljallangan bino loyihalanayotganda albatta yong‘in vaqtida kishilarni u yerdan o‘z vaqtida chiqarib yuborish imkoniyatini yaratadigan evakuatsiya yo‘llari tashkil qilinadi. Evakuatsiya yo‘llari har qanday sanoat korxonasi uchun albatta eng kamida 2 ta bo‘lishi kerak. Yong‘in bo‘lgan taqdirda ishchilar sanoat korxonasi xonasidan eng qisqa yo‘l orqali belginlangan ma'lum vaqt ichida chiqib ketishlari zarur.

QMQ 2.01.02-92 ga asosan sanoat korxonalaridan tashqariga chiqib ketish yo‘llari, koridorlari va qavatlaridan tushish yo‘llari hisoblab chiqiladi.

Evakuatsiya yo‘llarining eni I m dan, eshiklarning eni 0,8, bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Evakuatsiya yo‘llari bo‘lgan koridorlar, zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.

Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan zinapoyalar va ularni joylashtirish mo‘ljallangan kataklar uchun ma'luni tartibda talablar qo‘yiladi. Masalan, zinapoya o‘rnatilgan kataklarda tutun to‘rejamaydigan bo‘lishi, ya'ni tutunni chiqarib yuborish uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta'minlovchi texnik vositalarga ega bo‘lishi kerak. Yoki zina kataklari ichkari tomonda yong‘in bo‘lishi mumkin bo‘lgan binodan ajratilgan bo‘lib, tashqi tomondan yoritiladigan bo‘lishi mumkin. Butunlay katak bilan to‘silmagan zinapoyalardan ham foydalanish imkoniyati bor, bu zinapoyalar tashqi ochiq tomonda bo‘lsa, evakuatsiya imkoniyati yanada ortadi. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong‘inga qarshi narvonlar o‘rnatilishi kerak.

Evakuatsiya yo‘llarining hisobi, shu joydagi barcha ishchilarning chiqib ketishi uchun kerak bo‘ladigan vaqtni belgilash bilan amalga oshiriladi.

Yong‘in bo‘lgan xonalardagi tutunni chiqarib yuborish vositalari
Ma'lumki, yong‘in bo‘lgan vaqtda undan hosil bo‘lgan tutun nihoyatda katta hajmni tashkil qiladi. Shuni aytish kerakki, yong‘inning inson uchun eng zararli omili ham mana shu tutun ta'siridan bukilish va zaharlanish, ayniqsa, ko‘proq uchraydi. Tutunning tarqalish va bukuvchi ta'siri natijasida binodagi odamlarni evakuastiya qilish qiyinlashadi va alangalanayotgan yerga yetib borishning qiyinlashishi o‘tni o‘chirishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Tutun, ayniqsa, ko‘p qavatli binolarda ko‘p qiyinchilik tug‘diradi.

Bu tutun va gazlarni eshik va derazalar orqali, shuningdek, aeratsiya fonarlari orqali, maxsus konstruksiyadagi tutun chiqarib yuborish oraliqlari ta'minlanadi), yengil qulaydigan devorlar (maxsus ishlangan) orqali ham chiqarib yuborilishi mumkin.

Tutun chiqarib yuborish oraliqlari hosil bo‘lgan tutunni yonidagi xonalarga o‘tkazmaslikni ta'minlashi, shuningdek, yong‘inni tartibga keltirishi, ya'ni yong‘inni kerakli yo‘nalishga yo‘naltirish imkoniyatini berishi kerak. Yerto‘la xonalarda, fonarsiz sanoat binolarida va omborlarda tutun chiqarib yuborish teshiklari qo‘llaniladi. Bu teshiklarning kesim maydonlari hisoblash yo‘li bilan topiladi. Yengil qulaydigan devorlar konstruksiyalari oldindan hisoblab o‘rnatilgan bo‘ladi va yong‘in natijasida hosil bo‘lgan gazlar bosimi xavfli vaziyat vujudga keltirsa, bu konstmksiyalar qulab, binoning asosiy konstruksiyalariga zarar yetkazmaslikni ta'minlaydi. Yengil qiluvchi konstruksiyalar asosan binoning tash-qariga chiqib turgan devorlariga yoki to‘siqlariga o‘rnatilgan bo‘ladi. Bular bosim ma'lum miqdordan oshib ketganda bu gazlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi.

Odamlarni yong’indan evakuatsiya qilish vaqtini hisoblash.


Berilgan: Ma’muriy bino - mehmonxona.

Yong’inga chidamlilik darajasi - II;

Bino balandligi - N=62m;

Qavatlar soni - T=24;

Bino uzunligi - L=40m;

Zinapoyalar soni - p=2;

Qavatlarning rejasi - koridorli namunaviy.

1-chizma. Evakuatsiya yo’lining shartli sxemada ko’rinishi.


Bosqichlar bo’yicha evakuatsiya vaqtini hisoblash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:


tp=t1+t2+t3+t4t

bunda: t1+t2+t3+t4 - bosqichlar bo’yicha evakuatsiya vaqti, min.

tt - talab etilgan me’yoriy evakuatsiya vaqti, min.

1-bosqich. Eng uzoq joylashgan 1-xonadan koridorgacha chiqish vaqti:


Odamlar soni - Ν=4.


Katalog: Majmualar -> Kasb%20ta'limi%20va%20metodikasi%20kafedrasi
Majmualar -> O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti amaliy matematika kaferdrasi
Kasb%20ta'limi%20va%20metodikasi%20kafedrasi -> Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari
Yüklə 20,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin