20-variant 1. Yer po‘sti, yoki, boshqacha aytganda, Yer qobig‘ining qalinligi 60 km atrofida deb baholanadi. Insonning Yer, tuproq, qazilma konlari
kabilar bilan bog‘liq faoliyatining asosiy qismi aynan shu qatlamda kechadi.
Yerimiz po‘stlog‘ining deyarli qoq yarmi (47,4% qismi) - kisloroddan
{
O } iborat. Ha, odatiy tasavvurda, biz nafas oladigan ikki atomli gaz O
2
sifatida namoyon bo‘ladigan ushbu element, qobiqda ham salmoqli ulushni
tashkil qiladi. Albatta, kislorod Yer po‘stida asosan kremniy va boshqa metallar bilan birikkan holda, ruda shaklida uchraydi.Qobiqda tarqalganligi
bo‘yicha ikkinchi turuvchi element bu kremniydir {
Si }. Yuqori texnologiyalar, xususan kompyuterlar uchun kremniyning juda toza, oliy navi zarur
bo‘ladi. Qumloq sohilda sochilib yotgan oddiy tuproq tarkibidagi kremniydan esa shisha va oynalar tayyorlash mumkin. Qobiqda kremniy 27,7 %
atrofidagi ulushni tashkil qiladi.Kremniydan keyin alyuminiy {
Al }, temir {
Fe }, kalsiy {
Ca } va natriy {
Na } turadi. Yuqorida kisloroddan boshlab
natriygacha sanab o‘tilgan elementlar, bir tonna namunaning 90% qismini tashkil qiladi.Lekin, qolgan 10% tarkibiga kiruvchi noyob, nodir metallar
ham sanoat, tibbiyot va ayniqsa, texnika uchun juda-juda kerak. Masalan, biz bugungi kunda ko‘nikib qolgan smartfonlarimiz va planshetlarimizni
ishlashi nodir yer metallarining noyob xossalari bilan bog‘liq. o‘sha bir tonna qobiq namunasida atiga 38 gramm chiqadigan neodim {
Nd } va 32
gramm chiqadigan lantan {
La } shunday metallar turkumidandir. Ushbu metallarning jahon bo‘ylab zaxiralarining eng yirigi Xitoyda joylashgan.
Shunga ko‘ra, jahon nodir metallar qazib olish ko‘lamining 95% qismi Xitoy mamlakati ulushiga to‘g‘ri keladi. Uran {
U } ni ham ko‘pchilik kamyob
elementlar sirasidan deb o‘ylaydi. Lekin uran boshqa ayrim metallardan, xususan, kumush va oltindan ko‘ra ko‘proq uchraydi.Haqiqiy noyob
metall bu - oltindir {
Au }. U shunchalik kamki, hatto olimpiada medallari ham sof tilladan tayyorlanmaydi. Albatta, tog‘ konlarida va okean
suvlarida ham tonnalab tilla mavjud. Lekin uni ajratib olish oson ish emas.2. Ideal va real tizimlardagi moddalar holati ma'lum sharoitlarda
moddalarning o'zini tutishi va bir-biri bilan o'zaro ta'sirini bildiradi.Ideal tizimda moddalar ideal xulq-atvor qoidalariga amal qiladi, ya'ni ular
ma'lum ideallashtirilgan xususiyatlarni namoyon qiladi. Masalan, ideal gaz tizimida gaz zarralari hajmi va molekulalararo kuchlari yo'q deb
hisoblanadi. Bu soddalashtirilgan matematik hisoblar va modellashtirish imkonini beradi.
Ideal tizimda:1. Ideal gazlar: Gazlar ideal gaz qonuniga mos kelganda oʻzini ideal tutadi, bu esa gaz zarralari arzimas hajmga ega boʻlib, bir-biriga
tortish yoki itaruvchi kuchlar taʼsir qilmaydi.